Tibbiy bilim asoslari


Sababi. Qo`rquv, kuchli og`riq, o`ta jismoniy charchash, havosi tarkibi buzilgan, dimiqqan xonada, hammomda uzoq vaqt bo`lish. Belgilari


Download 156.32 Kb.
bet18/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Sababi. Qo`rquv, kuchli og`riq, o`ta jismoniy charchash, havosi tarkibi buzilgan, dimiqqan xonada, hammomda uzoq vaqt bo`lish.
Belgilari. To'satdan bemorning rangi oqaradi, sovuq ter bosadi, ko`z oldi qorong`ilashadi, hushdan ketadi.
Tibbiy yordam. Bemorni boshini tanasiga nisbatan past, oyoqlarini baland qilib yotqiziladi, tugmalar bo`shatiladi, yuziga sovuq suv sepiladi, nashatir spirt bilan namlangan paxta hidlatiladi. Shuningdek, kordiamin, efedrin kabilardan birontasi teri ostiga yuboriladi va bemorni toza havo bilan ta`minlash lozim.
Kollapsda tibbiy yordam.Kollaps - qon tomirlarida aylanib turuvchi qon miqdorining to‘satdan kamayishi tufayli qon aylanishining o‘tkir buzilishidir.
Sababi. Qon yuqotish, ich terlama, gepatit, gripp, miokardit, ekssudatli perikardit, bo`g`ma kabi kasalliklarning asorati sifatida yuzaga keladi.
Belgilari. Bemor holsizlanadi, karaxt holda bo‘ladi, boshi aylanadi, yuzi oqaradi, lablari ko‘karadi, qo‘l-oyoqlari soviydi, nafasi tezlashadi, yurak va tomir urishi kuchsizlanadi, arterial qon bosimi me`yordan past bo`ladi.
Tibbiy yordam. Bemorning boshini pastroq qilib yotqiziladi, toza havo bilan ta`minlanadi. Bemorga issiq shirin choy ichiriladi, oyog`iga issiq grelka qo`yiladi, kofein, kordiamin, kamforadan birortasi 1 ml teri ostiga arterial qon bosimi 80/ 40 mm simob ustunidan pasaygan bo`lsa, mezaton 0,5-1 ml, yoki noradrenalin 0,1 %-0,2-0,5 ml teri ostiga yuboriladi.


7-AMALIY MASHG’ULOT


OVQAT HAZM VA SIYDIK - TANOSIL A'ZOLARI KASALLIKLARIDA TIBBIY YORDAM.
Mashg`ulotning maqsadi:
1. Ovqat hazm qilish a`zolarining qisqacha anatomiya, fiziologiyasi va kasalliklari haqida tushuncha berish.
2. Amaliy mashg`ulotni bajarish.
3. Mavzuga taalluqli jadvallar, tablitsa, plakat, rasm, mulyajlar, dori-darmonlar (furatsilin eritmasi, oksalin mazi, metronidazol-gel, no-shpa, platifillin, raglan, mezim, almagel, alumag) va yordamchi jihozlarni ko`rsatib tushuntirish.



Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling