Tibbiy bilim asoslari


Gastrit (o`tkir formasi) kasalligida tibbiy yordam


Download 156.32 Kb.
bet20/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Gastrit (o`tkir formasi) kasalligida tibbiy yordam.
Gastrit – Me`da shilliq qavatining o`tkir yallig`lanishidir.
Sababi. Eskirgan yoki aynigan, buzilgan taomlarni iste`mol qilish, zaharli, kimyoviy moddalar bilan zaharlanish.
Belgilari. Buzilgan taom iste`mol qilganda yoki zaharli kimyoviy modda bilib-bilmay qabul qilingandan so`ng 1-2 soat o`tgach ko`ngil ayniydi, qayt qiladi, qorinning yuqori sohasida og`riq paydo bo`ladi.
Tibbiy yordam. Zudlik bilan me`dani yuvish kerak. Buning uchun uy sharoitida bemorga margansovkaning och-pushti rangli eritmasi yoki 0,5-1 % sodali eritma yarim bir litr miqdorda ichiriladi. So`ngra, til ildizini barmoq yoki qoshiq bilan bosib bemorni qayt qildiriladi. Yuvish 2-3 marta takrorlanadi. Bu suyuqliklar og`iz yoki burundan zond orqali yuborilib me`dani yuvish ham mumkin. Me`da yuvilgach bemor to`shakka yotqiziladi, qorin sohasida issiq grelka yoki istuvchi kompress qo`yiladi.
Qorinda og`riq bo`lsa nos-pa, platifillin tabletkasidan birortasi beriladi yoki pipolfin 2,5 % - 1-2 ml muskul orqali yuboriladi. Qorinda og`riq va ko`ngil aynish davom etsa serukal (reglan) 1 tabletka ichiriladi, yoki droperidol 0,25 %-5-10 ml vena tomiriga yuboriladi.
Ovqat hazm qilish uchun mezim, mezim forte, alumag, galstena, ekzemin kabi preparatlardan birortasi qo`llaniladi. Shipovnik (namatak mevalari) 100 ml suvga 2 dona namatak solinib dimlanadi va 50 ml dan ichiladi.
Me`da va o`n ikki barmoq ichakning yara kasalligida tibbiy yordam.
Me`da va o`n ikki barmoq ichakning shilliq qavatida yara paydo bo`lishi bilan kechadigan kasallikdir.
Sababi. Keyingi yillarda bu kasallikni yuzaga keltiradigan maxsus mikrob borligi aniqlangan. Bundan tashqari ovqatlanish tartibini uzoq muddat davomida buzish, spirtli ichimliklar, chekish kabilar ham kasallikni yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.
Belgilari. Kasallik surunkali ya`ni oylar, yillar davomida davom etadi. Vaqti-vaqti bilan ya`ni ovqatlanish tartibi buzilganda xuruj qiladi. Kasallik xuruj qilmagan paytda bemorning ish faoliyati yaxshi bo`ladi, lekin zarda qiladi. Chunki me`da bezlarida xlorid kislotasi ishlab chiqarish ko`payadi. Shuningdek, hazm bo`lishi qiyin (qovurilgan go`sht, baliq, tuxum, tandir go`shti, palov) taomlar iste`mol qilganda, ayniqsa qorni sohasida og`riq, ko`ngil aynishi, ba`zida qusish kuzatiladi. Kasallik xuruj qilganida qorin sohasida kuchli og`riq paydo bo`ladi. Zarda qilish kuchayadi. taom iste`mol qilgandan keyin 2-3 soat o`tgach o`griq kuchayadi (o`n ikki barmoqli ichakda og`riq ovqatdan keyin 4-5 soatdan keyin boshlanadi), yaradan qon ketishi mumkin. Bunda bemor qon aralash qusadi, najasi qoramtir tusga kiradi.
Tibbiy yordam.
1. Ovqatlanish tartibiga rioya qilish, ya`ni har 3-4 soatda ovqat iste`mol qilish.
2. Me`dada hazm bo`ladigan taomlar (mastava, shovla, shirguruch, manniy krupa butqasi, dimlangan kotlet kabilar), qirilgan sabzi, maydalangan karam, dimlangan oshqovoq va sholg`om, meva suvlari, zardaga qarshi mineral suvlar beriladi. Ovqatning yaxshi hazm bo`lishi uchun mezim 1 tabletka ovqatdan keyin qabul qilinadi.
3. Og`riqqa qarshi dorilar: no-shpa, platifillin 0,2 % 10 ml teri ostiga, serukal tabletkalari yoki pipolfen 2,5 %-1-2 ml muskul orasiga, droperidol 0,25 % - 5-10 ml vena tomiriga yuboriladi. Espumizan, mezim birortasi ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun beriladi.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling