Tibbiy bilim asoslari


Jigar sanchig`ida tibbiy yordam


Download 156.32 Kb.
bet23/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Jigar sanchig`ida tibbiy yordam.
Jigar sanchig`i (xolango-gepatit, o`t tosh kasalligi) – xoletsistit surunkali shaklda uzoq davom etganida o`t pufagida o`t suyuqligi to`planib qolishi tufayli pufakda (uzoq vaqt davomida) mayda toshlar hosil bo`lishi mumkin. Bunda o`t tosh kasalligi yuzaga keladi. Bundan tashqari jigar to`qimasi ichidagi mayda o`t yo`llarida o`t suyuqligi to`planib qolisi natijasida xolangit kasalligi yuzaga keladi. Mayda o`t yo`llarini yallig`lanishiga xolangit deyiladi. Bu esa jigar to`qimasini yallig`lanishiga olib kelishi mumkin, ya`ni xolongogepatit kasalligi vujudga keladi.
Xolongogepatit – o`t dimlanishi natijasida jigar to`qimasini yallig`lanishiga aytiladi. O`t-tosh va xolangogepatit kasalliklarida ham xoletsistirga o`xshash belgilar kuzatiladi.
O`t-tosh kasalligida va xolangogepatitda - o`qtin-o`qtin o`ng qovurg`a osti sohasida kuchli sanchuvchi og`riq bo`lib, bemorning ko`ngli ayniydi, qusadi. Bu holat jigar sanchig`i deb nomlanadi. Jigar to`qimasining yallig`lanishi jigar to`qimasi orasidagi myda o`t yo`llarining yallig`lanishi va ularda top`lanib qolgan o`t suyuqligi tarkibidagi bilirubin moddasini qonga so`rilishi qon orqali tanaga tarqalishi natijasida ko`zning oq pardasi, tanglay quloq orqasi terisi sarg`ayishi mumkin.
Tibbiy yordam.
1. Xoletsistit, o`t tosh kasalligi, xolangogepatit kasalliklari xuruj qilganda ya`ni jigar sohasida kuchli og`riq, ko`ngil aynish, qusish yuzaga kelganida tez yordam chaqirilib, bemor shifoxonaning jarrohlik bo`limiga yotqizilishi kerak.
2. Tez yordam kelgunicha bemor tushagiga yotqiziladi. No-shpa, platifillin, papaverin tabletkasi, agar og`riq kuchli bo`lsa ukol qilinadi.
3. O`t qopi sohasiga issiq grelka, makkajo`xori popugi damlamasidan 200-300 ml iliq holda ichiriladi. Tubaj qilinadi (mineral suv 200-300 ml dan ilitib beriladi).
4. O`t haydovchi dorilardan xolaps, 1 qoshiqdan 2 marta, allaxol, xolenzim 1 tab. 2 marta. Xolagol flakonda 10 ml 5 tomchidan kuniga 2 marta, ksilit, sorbit, olimetin 0,5 gr kapsula holida 1-2 marta beriladi.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling