Tibbiy bilim asoslari
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy yordam.
- Hushdan ketish (obmorok) da tibbiy yordam.
Tibbiy yordam. Endokarditni davolashdan deyarli farq qilmaydi.
Miya insultida tibbiy yordam.Miya insulti - miyaning biror arteriya tomiri yorilishi tufayli miya to‘qimasiga qon quyilishi (gemorragiya), yoki biror arteriya tomirining o‘ta qisqarishi tufayli miya to‘qimasining ma‘lum qismi qonsizlanishi (ishemiya) natijasida vujudga keladigan hayot uchun xavfli kasallik holatidir. Sababi. Gipertoniya kasalligi bilan xastalangan bemorning o`ta hayajonlanishi, ruhiy aziyat chekishi, spirtli ichimlik va qiyin hazm bo`ladigan taomlarni (qovurilgan go`sht, tandir go`shti, yog`li sho`rva, palov, tuxum kabilar) iste`mol qilishi uzoq vaqt issiq hammomda cho`milish. Belgilari. Bemorda to‘satdan kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynish, qusish paydo bo‘lib, u hushini yo‘qotadi. Yuzi to‘q-qizil tusga kiradi, pastki labi osilib qoladi, nafas olishi tezlashadi, shovqinli bo‘ladi, sovuq ter bosadi, o‘ng yoki chap qo‘l-oyoqlari falajlanadi, yuzining o‘ng yoki chap tomoni qiyshayib qoladi. Tibbiy yordam. Bemor boshini baland qilib suyab yotqiziladi. Tez yordam chaqiriladi. U kelgunicha quyidagi tartibda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi: 1. Bemorning oyoqlariga grelka qo`yiladi. 2. Miya to`qimasida qon aylanishni yaxshilash uchun: - eufillin 2,4 % - 5-10 ml vena tomiriga; - magneziy sulfat 25 % - 5 ml vena tomiriga; - papaverin 2 %-1-2 ml vena tomirga yoki muskul orasiga. 3. Bemorning arterial qon bosimi normadan yuqori bo`lsa, klofelin 1 %-1 ml muskul orasiga (bemor hushsiz bo`lganligi tufayli dorilarni ichirib bo`lmaydi). 4. Yurak va tomir urishi kuchsiz bo`lsa kofein, kordiamin, 1 ml teri ostiga. 5. Yurak va tomir urishi minutiga 100 martadan ko`p bo`lsa strofantin 0,05 %-0,5 ml yoki korglyukon 0,06 %-0,5 ml, 20 %-20 ml glyukozaga 5 %-2 ml askorbin kislota 50 mg kokarbaksiloza qo`shib vena ichiga yuborish. Hushdan ketish (obmorok) da tibbiy yordam. Obmorok - bosh miya qon tomirlarining qisilishi natijasida qon aylanishning buzilishidir. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling