Tibbiy bilim asoslari


Download 156.32 Kb.
bet3/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

3-AMALIY MASHG’ULOT


Banka, gorchichnik, isituvchi kompress, grelka, muz xalta, zuluk qo'yish. ME`DANI YUVISH, KLIZMA QILISH.
1-Ish. Banka qo'yish
Jihozlar: Bankalar, vazelin, spirt, gugurt, metall tayoqcha, iliq suv, sochiq, bint, paxta, bemor yoki tajriba olib boruvchi manba, mavzuga oid ko'rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Banka qo'llanishdan oldin iliq suvda yuviladi va quritiladi.
2.Uzunligi 12-13 sm tayoqchaga toza paxta o'raladi. U spirt yoki aroqqa botiriladi.
3.Bemorning qornini pastga qilib, tekis ko'rpaga yotqiziladi. Tananinig banka qo'yiladigan sohasi (terisi) iliq suvda namlangan sochiq bilan artiladi.
4.Bankani chap qo'l bilan ushlab, o'ng qo'ldagi paxta o'ralgan va spirt (aroq)ga botirilgan tayoqni yondirib, tezkorlik bilan banka ichiga 2-3 soniya tiqib olinadi. Havosi so'rib olingan banka bemor badani (ko'krakni oldi va orqa tomoni, bel) ga qo'yiladi, ustiga ko'rpa yopiladi.
5.Banka 10-15 daqiqa turadi. Uni olishda ko'rsatkich barmoqning uchi bilan bankani bir tomondan teri asta bosiladi, banka ichiga havo kiradi va osongina ko'chirib olinaveradi.
6.Banka olingandan keyin teriga vazelin surtib ro'mol (sochiq) yopiladi va bemor issiq o'ralib, 1 -2 soat yotishi kerak.
2-lsh. Gorchichnik qo'yish
Jihozlar: Gorchichnik, iliq suv, ro'mol (sochiq), vazelin, spirt (aroq), tog'ora, paxta (bint), ko'rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
1 .Bemor qulay vaziyatda yotqiziladi.
2.Bemorning gorchichnik qo'yiladigan sohasi terisiga spirt (aroq) surtiladi va quritiladi.
3.Gorchichnik surtilgan qog'ozni ikki qo'lda ushlab, tog'oradagi iliq suvga tezkorlik bilan botirib bemor tanasiga yopishtiriladi. Jami 6-8-12 tagacha gorchichnik qo'yish mumkin.
4.Gorchichnik 7-10 daqiqa (bolalarda 2-3 daqiqa) turishi mumkin. Gorchichnik yaxshi ta'sir qilganda bemoming badani achishib qiziy boshlaydi.
5.Gorchichnikning bir tomonini ko'chirib qaraladi, bemor terisi qizargan bo'lsa, uni olish mumkin. Gorchichnikning qisqa yoki uzoq muddatda turishi be'mor terisining sezuvchanligiga bogiiq.
6.Gorchichnik olingandan so'ng teri iliq suvda namlangan sochiq bilan artilib, vazelin surtiladi. Bemor issiq o'rab qo'yiladi.
3-lsh. Isituvchi kompress qo'yish
Jihozlar: Bint, paxta, spirt(aroq), qaynoq suv, odekalon, doka (marli), selofan, material, ko'rgazmali qurollar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Isituvchi kompress qo'yish uchun 4-5 qavat doka (bint) tayyorlanib, u qaynoq suvga botirilib siqiladi, so'ngra spirt (aroq, odekolon) sepilib, yengil siqiladi va tananing kerakli sohasiga qo'yiladi.
2.Ustidan selofan, uning ustidan paxta qo'yilib, bint yoki yumshoq ro'mol bilan o'raladi. Har bir qavat bir-biridan 2 sm kengroq bo'lishi lozim.
3.Qo'yish vaqti 6-8 soat.
4-lsh. Grelka qo'yish
Jihozlar: Rezinali grelka, qaynoq suv, ro'mol (sochiq), vazelin.
Ishni bajarish tartibi:
1.Bemor tinch va qulay holatda yotqiziladi.
2.Grelkani 3/4 qismiga 60° li issiq suv solinib, ichidagi havo siqib chiqariladi.
3.Uning germitikligi tekshirilib, quruq qilib artiladi va sochiq (material)ga o'rab, vazelin surtilgan teriga qo'yiladi
4.Grelka ostidan ten holati tekshirilib, sovuguncha ushlab turiladi.
5-Ish.Muzli xaltacha qo'yish
Jihozlar: Muz xalta, maydalangan muz bo'laklari, sochiq, bint, qisqich, latok, ko'rgazmali o'quv qurollari.
Ishni bajarish tartibi:
1.Muz mayda bo'laklarga bo'linib, muz xaltaning yarmigacha solinadi.
2.Muz xaltaning qopqog'i berkitiladi.
3.Muz xalta sochiq yoki ro'molga o'rab kerakli sohaga qo'yiladi.
6-Ish. Zuluk qo'yish
Jihozlar: Zuluk (shullik), paxta (bint), qisqich, menzurka (idish), namakobli suv, iliq suv, leykoplastir, formalin, shirin suv, sochiq, rasm, jadval.
Ishni bajarish tartibi:
1.Zuluk qo'yishdan oldin terming qon tomirlari yuzaki joylashgan joylari (chakka, bo'yin, boldirning ichki yuzasi, ko'krak qafasning yuqori sohasi) iliq suvda namlangan sochiq bilan artiladi.
2.Zuluk yaxshi yopishishi uchun terini shirin suv bilan namlanadi.
3.Qisqich bilan zuluk olinadi va teriga qo'yiladi.
4.Zuluk yopishganiga ishonch hosil qilingach, kuzatiladi. Agar o'zi tushmasa namakobli suv bilan teri namlanadi.
5.Zuluk tushgandan so'ng jarohatga infeksiya tushmasligi uchun toza salfetka, leykoplastr yordamida yopishtirib qo'yiladi.
6.Zuluk faqat bir marta ishlatilib, so'ngra namakobli suvga solib qo'yiladi. Oradan bir-ikki soat utgach kanalizatsiyaga oqizib yuboriladi.



Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling