Tibbiy bilim asoslari


Download 156.32 Kb.
bet36/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

11-AMALIY MASHG’ULOT


Suyak sinishi, bo‘g‘im chiqishida tibbiy yordam.

1 – Ish. Suyaklar singanda immobilizatsiya qilish


Jihozlar: Shinalar, bint, gips, analgin, baralgin, sovuq suv, muzli xaltacha, sochiq, kosinka, mavzuga taaluqli jadvallar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Tashqi kuch ta’sirida suyak butunligining buzilishi suyak sinishi deyiladi.
Sababi: Suyak sinishlari urilish, yiqilish, sport mashg‘ulotlari, avtotransport hodisalarida sodir bo‘ladi. Bundan tashqari suyak sinishi tug`ma va turmushda orttirilgan bo`lishi mumkin.
Belgilari: Travmatik va patologik sinishlar farq qilinadi. Teri qoplamining butunligiga qarab yopiq va ochiq sinishlar tafovut qilinadi. Suyakning singan qismlari bir-biridan ajralmasa darz ketish deyiladi.
Suyak singanda og‘riq sezish, shu sohada harakatning yo‘qolishi yoki qiyinlashuvi, qo‘l-oyoqlar shaklini o‘zgarishi, ochiq sinish bo‘lsa qon oqishi xarakterlidir.
Suyaklar singanda quyidagi asoratlar kelib chiqishi mumkin:
- singan suyak uchlari yumshoq to‘qimalarni shikastlashi;
- qon oqishi;
- og‘riq zo‘rligi va ko‘p qon ketishidan travmatik shok holati yuzaga kelishi;
- suyaklar ochiq singanda jarohatga infeksiya tushishidan uni yiringlashi, to‘qima chirib gangrena yuzaga kelishi.
Suyak sinishlarining ko‘pi suyak surilishi bilan o‘tadi, bu asosan mexanik kuch yo‘nalishiga hamda suyakka yopishgan mushaklarning qisqarib tortilishiga bog‘liq. Suyak siniqlari burchak ostida, uzunasiga, yoniga siljishi mumkin.
Tibbiy yordam: Shikastlangan suyak sohasini o‘z vaqtida va to‘g‘ri immobilizatsiya qilish birinchi yordam ko‘rsatishning asosini tashkil qiladi:
Turli suyaklarning sinishida immobilizatsiya qilish qoidalari.
1.Umurtqa suyaklari singanda:
a) bemorni tekis yerga yoki tekis taxta ustiga chalqancha yotqiziladi.
b) tanani taxta bilan birgalikda boldir, son, qorin, ko‘krak sohalaridan mahkam bog‘lanadi.
2.Bilak suyagi singanda:
a) Kramer shinasi yoki tekis taxtani qo‘yib mahkam bog‘lanadi, bilak sohasidan bo‘yinga kosinka bilan osib qo‘yiladi.
3.Son va boldir suyagi singanda:
a) Kramer yoki Ditrixs shinasi (ular bo‘lmaganda tekis taxta yoki tayoq) qo`yilib bog`lanadi, yoki singan oyoq sog‘ oyoqqa qo‘shib bog‘lanad.
b)Og‘riq qoldiruvchi dorilar yuboriladi.
Turli suyaklarning sinishi tasvirlangan rasm va jadvallar ko‘rsatib tushuntiriladi.
2-Ish. Bo‘g‘imlar chiqqanda immobilizatsiya qilish.
Jihozlar: Shinalar, bint, analgin, baralgin, mavzuga taaluqli jadvallar, rasmlar.
Ishni bajarish tartibi:
1.Bo‘g‘im yuzalarining bir-biriga nisbatan siljishi va bo‘g‘im xaltalarining cho‘zilishiga bo‘g‘im chiqishi deyiladi.
Suyak bo‘g‘im chuqurchasi yuzasi bilan bo‘g‘im yuzasi bir-biriga jips tegmay qolsa to‘liq chiqish, bo‘g‘im sathlari oz bo‘lsada tegib tursa qisman chiqish deyiladi. Tug‘ma va patologik chiqishlar farq qilinadi.
Suyakni tug‘ma chiqishi homilada suyak bo‘g‘imlarining noto‘g‘ri rivojlanishi yoki yetarli rivojlanmasligi natijasida paydo bo‘ladi.
Kundalik hayotda shikastlanish natijasida suyak chiqishi tug‘ma chiqishga nisbatan ko‘p uchraydi. Patologik chiqish suyak va bo‘g‘imlarning sil, zaxm, osteomiyelit kasalliklari natijasida yuzaga keladi.
Suyak bo‘g‘imi chiqqanda shu sohada og‘riq, shish paydo bo‘ladi, oyoq va qo‘llar uzunligi o‘zgaradi, harakat qiyinlashadi.
2.Bo‘g‘im chiqishi tasvirlangan rasm va jadvallar ko`rsatib tushuntiriladi.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling