Tibbiy bilim asoslari


Download 156.32 Kb.
bet44/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Arterial qon ketishi - oqayotgan qon och qizil rangda bo‘lib, uzilib-uzilib, juda tez fontanga o‘xshab, yuqoriga qarab otilib oqishi.
Aseptika barcha tibbiy muolajalarda qo‘llaniladigan tibbiy asboblar, buyumlar va jihozlarni mikroorganizmlardan zararsizlantirsh.
Askaridoz - ingichka ichakda parazitlik qilib, tuxumlari meva va sabzavotlar, suv, oziq-ovqat mahsulotlari orqali yuqib, surunkali kechadigan gijja kasalligi.
Banka qo'yish - mahalliy ta'sir ko'rsatuvchi muolaja bo’lib, isituvchi xususiyatga ega.
Bemorni parvarish qilish - davolanishning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanib, bemor ahvolini yengillashtirishga, sog'ayishiga ishonch hosil bo`lishiga imkon beradi.
Bo‘g‘im chiqishi - ikki suyak bo‘g‘im yuzasining bir-biridan siljishidir.
Bosh miya chayqalishining o`rtacha darajasi - bir necha soatgacha hushini yo`qotishi, hushiga kelgach xotirasining yo`qolishi, qayt qilishi, boshi og‘rishi, boshi aylanishi, yurak va tomir urishi sekinlashishi, nafas olishi sekin, yuzaki, lablari ko`kargan, ranggi oqarishi kuzatiladigan holat.
Bosh miya chayqalishining og`ir darajasi - bemorda komatoz holati bo’lib, bir necha soatdan, bir necha kungacha hushini yo`qotishi, boshi og`rishii, boshi aylanishi, tik turganida muvozanatini yaxshi saqlay olmasligi, xotirasini uzoq vaqt (oy, yil) yo`qotishi kuzatiladigan holat.
Bosh miya chayqalishining yengil darajasi - bir necha minut hushini yo`qotishi, hushiga kelgach boshi og‘rishi, boshi aylanishi, darmonsizlanishi, ko`ngli ayniishi kuzatiladigan holat.
Bosh miya sholi - homilaning rivojlanishi davrida onaning kasallanishi, zaharlanishi, shikastlanishi, chaqaloqning tug‘ilish jarayonini qiyin kechishi tufayli chaqaloq bosh miyasining shikastlanishi natijasida yuzaga keladigan tug‘ma kasallik.
Botulizm - botulin mikrobi bilan zararlangan konserva, kolbasa, pishloq mahsulotlarini iste`mol qilish tufayli organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling