Tibbiy bilim asoslari
Bintli bog‘lamning turlari
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshga qo`yiladigan “chepets” bog`lami.
Bintli bog‘lamning turlari.
Eng oddiy bog`lam aylanma (sirkulyar) bog`lamdir. Aylanma (sirkulyar) bog`lam qo`l panjasini, boldirning pastki qismini, peshonani bintlashda qo`llaniladi Spiral bog`lam qayrilgan va qayrilmagan bo`lishi mumkin. Gavdaning yo`g`on qismlari (yelka, son) ni bintlash uchun bintni qayirmasdan o`rash kerak. Gavdaning konussimon qismlari (boldir, bilak) ni bog`lashda bintni mahkamlab olgach, spiral shaklda avvalgi o`ramni 2/3 qismini qoplab o`raladi. Krestsimon yoki sakkizsimon bog`lam. Bunda bint sakkiz raqamiga o`xshatib o`raladi. Bu bog`lam bosh, bo`yin, boldir-tovon, bilak-qo`l panjasi bo`g`imi sohalariga, yelkaga, oraliqqa qo`yish uchun juda qulay hisoblanadi. Ensa sohasi va bo`yinning orqa qismiga sakkizsimon bog`lam quyidagicha qo`yiladi: bintni boshga aylantirib o`rab, mahkamlanadi, keyin chap quloq orqasidan qiyshiq yo`nalishda pastga tushirib bo`yinning pastki qismiga bo`yin sathining o`ng yoniga qarab olib boriladi va bo`yinning orqa tomonidan boshga qarab o`ng quloq ustidan o`raladi. Bint boshning oldidan aylantirib chap quloq ustidan o`tkaziladi va yuqoridagi yo`nalishda navbat bilan davom ettiriladi. Bintning oxirgi uchi bosh aylanasiga mahkamlanadi. Boshga qo`yiladigan “chepets” bog`lami. Uzunligi taxminan 1 metr bo`lgan ensiz bintni boshning tepa suyagi sohasi o`rtasiga oldidan pastga qarab tushiriladi, bint uchlarini bemorning o`zi yoki yordam beruvchi pastga tortib turadi. O`ng yoki chap quloq yonidan bint qo`shimcha bintga mahkamlanadi va bintni orqadan oldinga qarab o`raladi, qarama-qarshi tomondagi qo`shimcha bintga orqadan-oldinga qarab mahkamlanadi va ensa tomonga yo`naltiriladi. Bintni o`rashda har safar uni bog`ich atrofidan aylantirib tepa suyagi tomon o`ralaveradi (2/3 qismini bekitib turadigan qilib) va bosh gumbazi butunlay bekitiladi. Bint uchlari iyak ostida bog`lanadi. Boshni kosinka yordamida va bint bilan qalpoqcha shaklida bog`lash ham mumkin. Shuningdek, yuz va bosh sohasiga qo`yiladigan bog‘lamlarga ko`zga qo`yiladigan bog`lam, burun va iyakka qo`yiladigan sopqonsimon, yugancha shaklidagi bog`lamlar kiradi. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling