Tibbiy bilim asoslari
Profilaktik emlash kalendari
Download 156.32 Kb.
|
TBA Amaliy qo\'llanma
Profilaktik emlash kalendari.
Izoh: VGB – “B” gepatitga qarshi vaksina (Вакцина против гепатита “B”) OPV – poliomiyelit (shol) ga qarshi vaksina (Оральная полиомиелитная вакцина) BCG – silga qarshi vaksina (БЦЖ (Бацилла Кальмeта-Герeна, фр. Bacillus Calmette-Guérin,) AKDS – ko`kyo`tal, bo`g`ma (difteriya), qoqsholga qarshi vaksina (Адсорбированная коклюшно -дифтерийно-столбнячная вакцина) XIB – grippga qarshi vaksina (ХИБ - HIB (Sanofi Paster) Франция – это вакцина для профилактики гнойно-септических заболеваний, вызываемых Haemophilus influenzae тип b (гемофильная палочка), таких как менингит, сепсис , эпиглоттиты , пневмонии, у детей с трехмесячного возраста.) KPK – qizamiq, tepki, qizamiqqa, qarshi vaksina (Кор, Паротит, Краснуха) ADS M – bo`g`ma va qoqsholga qarshi vaksina (Адсорбированная дифтерийно-столбнячная вакцина малых дозах.) DEZINFEKSIYA. DEZINSEKSIYA. DERATIZATSIYA. Ish -1.Dezinfeksiya.Dezinfeksiyalovchi eritmalarni tayyorlash. Mashg’ulot uchun kerakli jihozlar va materiallar: Xlorli ohak, xloramin, kaliy permanganat, lizol, spirt, fenol, yuvish vositasi, kislotalar, ishqorlar, ampitsillin, shisha idish, sirli idish, suv, doka, mavzuga taalluqli rasmlar va jadvallar. Ishni bajarish tartibi: Dezinfeksiya – yuqumli kasalliklarni qo’zg’atuvchi mikroblarni yo’qotishga qaratilgan tadbirdir. Dezinfeksiyaning mexanik, fizik, kimyoviy va biologik usullari bor. Dezinfeksiyaning mexanik usulida supurish, qoqish, artish, yuvish yordamida buyum yuzalari chang va ifloslanishlar bilan birga mikroblardan ham halos bo’ladi. Xona havosi shamollatilganda xona havosidagi mikroblar soni kamayadi. Fizik usul qaynatish, kuydirish, dazmollash, quyosh va ultrabinafsha nurlar, suv bug’i mikroblarga halokatli ta’sir ko’rsatadi. Kimyoviy usulda har xil kimyoviy moddalar – galoidlar, oksidlovchilar, spirt, fenollar, yuvish vositalari, kislotalar, ishqorlar va boshqalar qo’llaniladi. Biologik usul mikrob kulturalarini o’stirishda amaliy sharoitida qo’llaniladi. Masalan, qizamiq qo’zg’atuvchilarini oziqli muhitda o’stirishda yoki flora o’sishini to`xtatish maqsadida oziq muhitiga ampitsillin qo’shiladi. Xlorli ohak oq rangli qumoq kukun bo’lib, unda xlorning o’tkir hidi bo’ladi. U gaz holatidagi xlorni so’ndirilgan ohak orqali o’tkazish yo’li bilan zavodlarda tayyorlanadi. Faol xlorli ohak uch turda (26% , 32% va 35% li ) chiqariladi. Xlorli ohakning ishchi eritmalari uning 10% li eritmalaridan tayyorlanadi.Tayyorlangan 10% li xlorli ohak eritmasi usti yaxshi berkitiladigan shisha idish yoki emalli idishda qorong’i joyda bir sutka davomida tindirish uchun qo’yiladi. Bir sutkadan so’ng, tindirilgan eritma dokaning bir necha qavatidan o’tkaziladi, qoldig’i tashlab yuboriladi. Tindirilgan xlorli ohak eritmasi qoraroq tusdagi berkitiladigan shisha idishlarga solinib, ko’pi bilan 6 kun saqlanadi. Download 156.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling