Tibbiy bilim asoslari


Download 156.32 Kb.
bet37/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

12-AMALIY MASHG’ULOT


Bog‘lam qo‘yish, turlari, ahamiyati.
Tananing turli sohalariga bog`lam qo`yish.


Mashg`ulotning maqsadi:
1. Bog‘lam qo‘yish, turlari, ahamiyati.Tananing turli sohalariga bog`lam qo`yish haqida tushuncha berish.
2. Mashg`ulotni bajarish tartibi bilan tanishtirish.
3.Mavzuga taalluqli jadvallar, rasmlar, mulyajlar, asboblar, yordamchi materiallarni ko`rsatib tushuntirish.


Ishni bajarish tartibi:
Bog‘lam qo‘yish, turlari, ahamiyati.Tananing turli sohalariga bog`lam qo`yish.
Bog‘lam qo`yishning ahamiyati juda katta bo`lib, ular jarohatni ifloslanishdan saqlaydi, qon oqishini to`xtatadi, shikastlangan a`zoga orom beradi, bo`shliqlarni jips yopib turadi, natijada kollaps, shok kabi og`ir asoratlarning oldi olinadi.
Bog‘lam qo`yish deganda bemor tanasining shikastlangan joyiga tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida bint (doka, ro`mol), kosinka, taxtakach bilan bog‘lash tushuniladi.
Bog‘lam qo‘yishda qo‘llaniladigan materiallar turiga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
1. Yumshoq bog‘lamlar.
2. Qattiq bog‘lamlar.
Yumshoq bog‘lamlar.
Yumshoq bog‘lamlarga - bintli, kosinkali, yelimli, leykoplastirli bog‘lamlar kiradi.
Leykoplastirli yoki yelimli bog‘lam uncha katta bo‘lmagan jarohatlarga qo‘yiladi (yopishtiriladi).
Kosinkali bog‘lam uchun uchburchak shakldagi bog‘lov materiali (surp, doka, ro`mol) ishlatiladi. Bu bog‘lamni boshga, yelkaga, sut bezi sohasiga, qo‘lga va oyoqqa qo‘yiladi.
Kosinkalar ko`pincha yelka va bilak suyaklari singanda, yelka va tirsak bo`g`imlari shikastlanganda, o`mrov suyagi singanda qo`lni osib qo`yish uchun ishlatiladi.
Tibbiyot amaliyotida bintli bog`lamlar eng ko`p ishlatiladi. Bog`lam bintlangan qismni qismasligi lozim. Bintli bog‘lamni gavdani hamma joyiga qo‘yish mumkin.
Bintni o‘rash qoidasi:
- bemor o`tirgan holatda bo‘lishi kerak;
- bint o‘raladigan joy qimirlamay turishi kerak;
- bintni pastdan yuqoriga qarab o‘raladi;.
- bint bir yo‘nalishda (chapdan o‘ngga qarab) o‘raladi;
- har bir yangi o‘ram avvalgi o‘ramni uchdan ikki qismini qoplashi lozim.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling