Tibbiy bilim asoslari


Miyelit kasalligida tibbiy yordam


Download 156.32 Kb.
bet30/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Miyelit kasalligida tibbiy yordam.
Miyelit – orqa miya to`qimasining yallig`lanishi.
Sababi. Polimiyelit, gripp, qizilcha, qizamiq, difteriya, tif, zotiljam, parotit, orqa miyaning yopiq va ochiq jarohati, har xil kimyoviy zaharli moddalar ta`siri.
Belgilari. Bosh og`rig`i darmonsizlik, uyqusirash, mushaklardagi, orqa miyaning zararlangan sohasidan pastda parez va falajliklar, sezuvchanlikning buzilishi. masalan, orqa miyaning bo`yin segmenti zararlanganda tananing bo`ynidan pastki sohalarida harakatlanish va sezuvchanlik pasayadi, yoki butunlay yuqoladi. Oyoq qo`llarining parezi, paralichi, siydik va najasni tuta olmaslik kabi asab buzilishlari vujudga keladi. Shuningdek, yotoq yaralar, qon tomirlar devori o`tkazuvchanligi oshishi tufayli shishlar paydo bo`ladi.
Tibbiy yordam.
1. Bemor issiq, tekis, qattiq to`shakka yotqiziladi.
2. Tez yordam chaqirilib shifoxonaning nevrologiya bo`limiga yuboriladi (nevropatolog vrach nazoratiga).
3. Antibiotiklar – penistillin 1 mln TB kuniga 4 marta muskul orasiga, ampitsillin 0,5 kuniga 4 marta muskul orasiga.
4. Urotropin 40 %-5-10 ml, 40 %-10 ml glyukoza bilan vena tomiriga.
5. Prozerin 1mln teri ostiga.
6. Vitaminlar B1, B12 – 1 ml, askorbin kislota 5 %-2,0 ml muskul orasiga.
7. Yotoq yaralar hosil bo`lganda kvars bilan nurlantirish, sintomitsin emulsiyasi bilan bog`lab qo`yish.
8. Parez va paralich bo`lgan qo`l-oyoqlar muskullarini massaj qilish.
Ensefalit kasalligida tibbiy yordam.
Ensefalit – bosh miya to‘qimasining yallig‘lanishi bo‘lib, juda og‘ir kechadigan kasallikdir.
Sababi. Gripp, tepki, zotiljam kabi kasalliklarning asorati va viruslarning yuqishi natijasida yuzaga chiqishi mumkin.
Belgilari. Tana harorati yuqori (39 - 41є C) bo‘lishi, boshni qattiq og‘rishi, vaqti-vaqti bilan tirishish, yuzni bir tomonining qiyshayishi, ko‘zni qisilishi, qo‘l-oyoq muskullarining tarangligi oshib, qotib qolishi, bemorni bezovtalanishi, alahlashi kabi belgilar kuzatiladi.
Tibbiy yordam.
1. Bemor shifoxonaga (yuqumli kasalliklar bo`limiga) yotqizib, davolanadi.
2. Bosh va tanadagi, qo`l-oyoqlardagi og`riqqa qarshi analgin 50 % - 2 ml yoki baralgin 5 ml muskul orasiga.
3. Tirishish paydo bo`lsa magneziy sulfat 25 %-5-10 ml, novokain 0,5 %-3 ml birga muskul orasiga.
4. Xloralgidrat 1 %-100 ml klizmaga;
5. Antibiotiklar: ampitsillin, oksatsillin, ampioks 0,5 gr.dan 4 mahal,sefazolin 1,0 dan 2 mahal muskul orasiga.
6. Tana harorati yuqori bo‘lsa:
- bemorning ust kiyimlari yechintirilib, uning badaniga spirt (aroq) surtiladi;
- boshiga, qo‘l-oyoqlarining ichki yuzasiga sochiq (ro‘mol)ni sovuq suvga namlab qo‘yiladi;
- aspirin yoki panadol ichiriladi;
- bular yordam bermasa, analgin 50 %-1-2 ml, dimedrol 1%-1ml, novokain 0,5 %-2 ml qo‘shib muskul orasiga yuboriladi.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling