Tibbiy etika, bioetika, deontologiyani
Download 0.8 Mb.
|
Deontologiya va Tibbiy Etika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiboringiz uchun rahmat
Tibbiy etika, bioetika, deontologiyaniTibbiyot deontologiyasi - tibbiyot xodimlarining kasbga aloqador etikasi, doridarmon, umuman davoning taʼsirini oshirishga karatilgan xulqatvor taomillari. Deontologiya, yaʼni kishining xulqi, odobi haqidagi tushuncha 16-asrning boshlarida ingliz faylasufi va iqtisodchisi I. Bentam tomonidan taomilga kiritilgan. Tibbiyot deontologiyasiga oid maʼlumotlar uzoqtarixga ega. Aslida, Tibbiyot deontologiyasi keng falsafiy mazmunga ega boʻlib, bir qancha yoʻnalishlardan iborat:— shifokor bilan bemor oʻrtasidagi;— shifokor bilan bemorning yaqin kishilari oʻrtasidagi munosabat;— shifokorning hamkasblari bilan munosabati
Tibbiyot deontologiyasi shifokor bilan bemor oʻrtasidagi shifokor bilan bemorning yaqin kishilari oʻrtasidagi munosabat shifokorning hamkasblari bilan Tibbiyot deontologiyasiga vrachning sir saklashi, bemorning hayoti va sogʻligʻi uchun tibbiyot xodimining javobgarligi, tibbiyot xodimlarining oʻzaro munosabati masalalari va boshqa kiradi.
Tibbiyot deontologiyasiga muvofiq, tibbiyot xodimi bemorga katta eʼtibor berishi, uning sogʻligʻini tiklash yoki azobini yengillatish uchun butun bilimini sarflashi, bemorga uning sogʻligʻi haqidagi faqat foyda keltira oladigan maʼlumotlarni aytishi (qarang Psixoterapiya), bemorning vrach bilan sirdosh boʻlishiga erishuvi zarur. Bemorning kasalligi haqida uning ishtirokida hamkasblari bilan soʻzlashishi yaramaydi. Tibbiyot deontologiyasining tibbiyot amaliyotida toʻgʻri joriy qilinishi, shifokorning ongi, saviyasi, madaniyati, dunyoqarashi, bilim va qaysi jamiyatda yashayotganligi bilan chambarchas bogʻliq. Kishilik jamiyatining turli davrlarida deontologik munosabatlar turlicha kechgan, u zamon talabiga moye ravishda oʻzgarib borgan.
Tibbiyot etikasi umumiy etikaning bir qismi hisoblanadi. Tibbiyot etikasi qadimgi Gresiyada katta taraqqiyotga erishdi va Gippokrat qasamida yaqqol namoyon bo'ldi.
Gippokrat qasami tibbiyot etikasining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi.Keyinchalik tibbiyot o'quv yurtlarini bitirib chiquvchi talabalar «Fakultet va'dasi»ga imzo chekkanlar, unga Gippokratning ahloqIy nasixatlari asos qilib olingan.Vrach siri degan narsa ustida (Aniqrog'i tibbiyot siri degan narsa ustida) alohida to'xtalib o'tish kerak.Bu tibbiyot hodimi etikasiga ta'luqli masaladir. Tibbiyot hodimlarining ishini hususiyatiga ko'ra, bemor o'zining eng chuqUr kechinmalarini ularga izhor etadi, o'zlarining oilaviy va boshqa ishlari to'g'risidagi ma'lumotlarni, hech kimga aytmaydigan gaplarini tibbiyot hodimi bilan o'rtoqlashadi.
Etiboringiz uchun rahmatDownload 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling