Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
Download 211.66 Kb.
|
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 622-modda) Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qaroriga 4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori 1-bandining o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilari hamda qarorga 6 va 7-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 175-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 44-modda): a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshi va 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin; b) 6-ilovada: 2-bo‘limga izohdan “2-banddagi kasalliklar holatida uchinchi guruh nogironi ikki yil mobaynida TMEK tomonidan kuzatilgandan keyin qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkazilmasdan belgilanadi” so‘zlari chiqarib tashlansin; 3-bo‘limga izohdan “1, 2, 3” va “5” raqamlari chiqarib tashlansin. 3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarori)” 2010-yil 11-noyabrdagi 250-son qaroriga ilova 3-bandning “g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 27-son, 283-modda; 2014-y., 52-son, 622-modda; 2015-y., 48-son, 605-modda; 2016-y., 24-son, 281-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 997-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son) Download 211.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling