Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash


Download 211.66 Kb.
bet16/19
Sana21.04.2023
Hajmi211.66 Kb.
#1373897
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYA

7.4. Oshqozon raki
7.5. Leykozlar
7.6. Qovuq shishi (papillomalar, saraton)
7.7. Suyak shishi
Mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizomga
3-ILOVA
Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlashning klinik-funksional mezonlari

T/r

Klinik-funksional mezonlar

Mehnat layoqati yo‘qotilishi fondi

I. Markaziy va periferik asab tizimi

1.

Bosh suyagi (bosh miya) jarohatining og‘ir turg‘un asoratlari — pastki paraplegiya, kuchli ifodalangan tetraparez, triparez, mushaklar tonusining spastik tipda oshishi yoki gipotoniya bilan kechuvchi paraparez, oyoqlardagi barcha bo‘g‘imlarda faol harakatlar hajmining minimal darajada bo‘lishi bilan mushaklar kuchining keskin ifodalangan pasayishi (1 ballgacha), mustaqil harakat qila olmaslik, ikkala qo‘lning kuchli ifodalangan parezi barcha bo‘g‘imlarda faol harakatlar hajmining minimal darajada bo‘lishi bilan, vestibulyar-miyacha buzilishlari, barcha barmoqlar yo‘qligidan boshlab qo‘l cho‘ltoqliklari bilan birgalikdagi ikkala oyoq amputatsion cho‘ltoqliklari, nafas yetishmovchiligining
III darajasi, qon aylanish yetishmovchiligining
III darajasi, kuchli ifodalangan sensor buzilishlar (yagona yoki yaxshi ko‘ruvchi ko‘zning amaliy yoki absolyut ko‘rmasligi: ko‘rish o‘tkirligi korreksiya bilan 0,03-0, ko‘rish maydoni 0-10 gradusga teng);

100

2.

Bosh suyagi (bosh miya) jarohatining turg‘un, lekin uncha og‘ir bo‘lmagan asoratlari — qo‘l va oyoqlar kuchi va harakat hajmining buzilishi, koordinatsiya buzilishi, giperkinezlar, ifodalangan tonus buzilishi, epileptik xurujlar, xotira, intellektning ifodalangan pasayishi, ko‘ngilchanlik;

70 dan 90 gacha

3.

Bosh miya chayqalishi (kontuziyasi)dan keyingi qoldiq asoratlar — bosh miya nervlarining organik zararlanishi, davolanishdan keyingi turg‘un rezidual holatdagi postkommotsion nevroz, gormonal disfunksiya, moddalar almashinuvining buzilishi, siyrak paroksizmal sindromlar, vestibulyar krizlar, siyrak epileptik xurujlar, sezgi a’zolari faoliyatining buzilishlari — hid, ta’m bilish

40 dan 60 gacha

4.

Miya chayqalishidan keyingi qoldiq asoratlar (miya qutisi suyaklari butunligining buzilmaganligi bilan), yengil obyektiv belgilar bilan kechuvchi: burun-lab burmasining silliqlanishi, ko‘z yoriqlarining har xilligi va boshqalar

15 dan 25 gacha

5.

Qo‘l-oyoqlar funksiyasining buzilishi bilan kechuvchi orqa miya yoki uning pardalari jarohati asoratlari. Tos a’zolari faoliyatining buzilishi:







yengil darajada

20




o‘rtacha darajada

40




og‘ir darajada

60 dan 100 gacha

6.

Harakat faoliyatining buzilishi, teri sezuvchanligining o‘zgarishi, mushaklar atrofiyasi bilan kechuvchi periferik nervlar jarohati asoratlari:







yengil darajada

10 dan 20 gacha




o‘rtacha darajada

40




og‘ir darajada

60


Download 211.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling