Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash


O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV


Download 211.66 Kb.
bet2/19
Sana21.04.2023
Hajmi211.66 Kb.
#1373897
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYA

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 1-iyul,
195-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qaroriga
1-ILOVA
Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi o‘rinlarda TMEK deb ataladi) tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nogironlikni, shuningdek mehnatda mayib bo‘lish yoki kasbiy kasallik oqibatida kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Fuqarolarni TMEKda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:
hayot faoliyati, mehnatga layoqat cheklanganligi holatini, nogironlikning guruhlari, sabablari, boshlangan vaqti va muddatlarini aniqlash;
mehnat faoliyatini bajarish bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lgan yoki salomatligini boshqacha tarzda shikastlagan ishlovchilarning mehnatga layoqati yo‘qotilganligi darajasini, shuningdek ularning yordamning qo‘shimcha turlariga muhtojligini aniqlash;
nogironlarning salomatligi va mehnatga layoqati holatini hisobga olgan holda ularni tibbiy va ijtimoiy-mehnat bo‘yicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini belgilash;
nogironlarni ishga joylashtirish, o‘qitish va qayta o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar berish.
3. Fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish:
yashash joyidagi tumanlararo, tuman (shahar) TMEK;
fuqaroda mazkur TMEK sohasi bo‘yicha alohida kasalliklar mavjud bo‘lgan taqdirda davolash-profilaktika muassasasiga (keyingi o‘rinlarda DPM deb ataladi) biriktirish joyidagi ixtisoslashtirilgan TMEK tomonidan;
vrachlarni, TMEK xodimlarini va ularning yaqin qarindoshlarini, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, jinoyatlar sodir etganlikda gumon qilinayotgan, ayblanayotgan, sudlangan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hukm qilingan shaxslarni, shuningdek ixtisoslashtirilgan, tumanlararo va tumanlar (shaharlar) TMEK xulosasiga rozi bo‘lishmagan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish – bosh TMEK tomonidan amalga oshiriladi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
4. Fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tibbiyot odob-axloqiga va deontologiyaga asoslanadi.
5. TMEKda fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bepul amalga oshiriladi.

Download 211.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling