Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
VII. Ijtimoiy yordam turlari hamda ijtimoiy yordam berish zarurligiga olib keladigan kasalliklar, jarohatlar va nuqsonlar oqibatlari ro‘yxati
Download 211.66 Kb.
|
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYA
VII. Ijtimoiy yordam turlari hamda ijtimoiy yordam berish zarurligiga olib keladigan kasalliklar, jarohatlar va nuqsonlar oqibatlari ro‘yxati
38. Nogironlarga ijtimoiy yordam pul to‘lovlari (pensiyalar, nafaqalar, biryo‘la to‘lanadigan to‘lovlar), reabilitatsiyaning texnik vositalari, kreslo-aravachalar, protez-ortopediya buyumlari, maxsus shriftli bosma buyumlar, ovoz kuchaytirgich apparatlar va signalizatorlar, shuningdek tibbiy-ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya qilish va maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar shaklida ko‘rsatiladi. (38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-noyabrdagi 344-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 48-son, 605-modda) 39. O‘zgalarning doimiy parvarishi, yordami yoki nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatda nazarda tutilgan hollarda tavsiya qilinadi. 40. Reabilitatsiyaning texnik vositalari (buzilgan funksiyalar, oyoq-qo‘llar va his etish organlari kompensatsiyasi uchun qo‘llaniladigan maxsus asbob-uskunalar, priborlar, moslamalar) quyidagi holatlarda tavsiya qilinadi: ifodalangan monoparez, gemiparez, triparez, tetraparez, ifodalangan giperkinetik sindrom, karlik, cho‘ltoq panja va amputatsiyaning yuqoriroq darajasi, oyoq-qo‘l bo‘g‘imlarining ifodalangan kontrakturasi, shalvirab turgan yelka, tirsak, tizza bo‘g‘ini Sharp bo‘yicha tovon kultiyasi va ikkala ko‘zning xira ko‘rishi yoki yaxshi ko‘radigan ko‘z) korreksiya bilan yoki ko‘rish maydonining 20 gradusgacha konsentrik torayishli 0,1 korreksiyagacha ko‘rish o‘tkirligi). 41. Harakatlanish vositalari bilan ta’minlash quyidagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra amalga oshiriladi: a) xonaga mo‘ljallangan kreslo-aravacha quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi: NYNA bo‘yicha III daraja/IV funksional klassdagi surunkali yurak yetishmovchiligi; III daraja nafas olish yetishmovchiligi bilan asoratlangan nafas olish organlari kasalliklari, har qanday darajadagi qon aylanishi yetishmovchiligi bilan uyg‘unlikda; jigar funksiyalarining namoyon bo‘lgan buzilishi, portal gipertenziya va assit bilan birgalikdagi jigar kasalliklari; IV daraja (terminal bosqich)dagi surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib keladigan buyrak kasalliklari; gemiplegiya, namoyon bo‘lgan gemiparez, namoyon bo‘lgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon bo‘lgan triparez, triplegiya, namoyon bo‘lgan tetraparez, tetraplegiya; akinetik-rigid sindromi; keskin namoyon bo‘lgan ataksiya, shu jumladan namoyon bo‘lgan vestibulyar-miyacha buzilishlari; yaqqol namoyon bo‘lgan giperkinetik buzilishlar; ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya cho‘ltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya cho‘ltoqligi; ikkala tizza va bilak-kaft bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi; oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari) oqibatida yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari; namoyon bo‘lgan og‘riq sindromi, keskin namoyon bo‘lgan kontraktura, yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari bilan birga ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi artrozi; ikkala tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarini endoprotezlashdan keyingi og‘ir asoratlar; b) sayr qilish kreslo-aravachasi quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi: gemiplegiya, namoyon bo‘lgan gemiparez, namoyon bo‘lgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon bo‘lgan triparez, triplegiya, namoyon bo‘lgan tetraparez, tetraplegiya; aqliy zaiflikning, ruhiy kasalliklar (demensiya)ning og‘ir darajasi oqibatida yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari; ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya cho‘ltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya cho‘ltoqligi; ikkala tizza va bilak-kaft bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi; oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tug‘ma anomaliyasi (rivojlanish poroklari) oqibatida yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari; ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarining deformatsiyalovchi artrozi, namoyon bo‘lgan og‘riq sindromi, keskin namoyon bo‘lgan kontraktura, yurish va turishning namoyon bo‘lgan buzilishlari bilan birga; ikkala tos-bel va (yoki) tizza bo‘g‘imlarini endoprotezlashdan keyingi og‘ir asoratlar. (41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-noyabrdagi 344-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 48-son, 605-modda) 42. Muhtoj shaxslarni, shu jumladan nogironlik guruhiga ega bo‘lmagan pensiya yoshidagi shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari hamda kreslo-aravachalar bilan ta’minlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. (42-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda) Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ILOVA
Download 211.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling