Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash
Download 211.66 Kb.
|
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYA
III. Tibbiy ko‘rikni o‘tkazish
11. Tuman (shahar), tumanlararo va ixtisoslashtirilgan TMEK majlisida tibbiy ko‘rik to‘liq tarkibda o‘tkaziladi. 12. Shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish: shaxsni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish; TMEKga yo‘llanmani (088/u shaklini), kasallik tarixidan ko‘chirmalarni, ambulatoriya kartasini, shuningdek bemorni tibbiy ko‘rikka yuborish uchun asos bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi. 13. Tibbiy ko‘rik ma’lumotlari va TMEK qarori tibbiy ko‘rik dalolatnomasida va TMEK majlisi protokolida qayd etiladi, ular shu kunning o‘zida to‘ldiriladi, TMEK raisi va a’zolari tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi. 14. Tibbiy ko‘rik natijalari bo‘yicha TMEK quyidagi xulosalarni (keyingi o‘rinlarda TMEK xulosasi deb ataladi) chiqarishi mumkin: nogironlik guruhini aniqlash, uning sabablari va muddatlari to‘g‘risida; kasbiy mehnat layoqatining yo‘qotilganlik darajasi to‘g‘risida; qo‘shimcha ravishda tekshirish hamda klinik tashxisni aniqlashtirish uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchini biriktirilgan davolash-profilaktika muassasalariga, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga hamda nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuborish to‘g‘risida; tibbiy ko‘rikdan o‘tayotgan bemorni davolashni oxirigacha yetkazish zarurligi munosabati bilan uning vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi muddatini uzaytirish to‘g‘risida; protez-ortopediya buyumlari, nogironlik aravachalari va reabilitatsiya qilishning boshqa yordamchi texnik vositalari bilan ta’minlashga muhtojlik to‘g‘risida; mehnatga tavsiya etish, nogironning o‘qitishga yoki qayta o‘qitishga muhtojligi to‘g‘risida; o‘zgalar parvarishiga muhtojlik to‘g‘risida. 15. TMEK tomonidan nogironlik guruhlari, sabablari va muddatlarini belgilash to‘g‘risida xulosalar chiqarishda ushbu qaror qabul qilinadigan kunda: tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi varaqasida tegishli yozuv qayd etiladi; ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma to‘ldiriladi. “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan holatlarda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlash uchun, pensiyalarga ustamalar qo‘shish uchun, shuningdek bolalikdan nogironlarga va ish stajiga ega bo‘lmagan mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash uchun ayrim hollarda nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma nogironlik pensiyasi tayinlash uchun asos hisoblanadi. Nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma quyidagi ikki qismdan iborat bo‘ladi: nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning A qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kundan boshlab yetti kun muddatda, istisno hollarda esa, tumanning uzoqda joylashganini hisobga olgan holda, o‘n kun muddatda qonun hujjatlariga muvofiq pensiya va nafaqa tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi; nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnomaning B qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kunda tibbiy tekshiriluvchiga beriladi. 16. TMEK tomonidan mehnatda mayiblanish yoki kasbiy kasallik bilan bog‘liq holda kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilganligi darajasi to‘g‘risida xulosa chiqarilgan taqdirda kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilganligi darajasini belgilash va tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganning qo‘shimcha yordam turlariga muhtojligi to‘g‘risida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasidan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ko‘chirma (keyingi o‘rinlarda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasidan ko‘chirma deb ataladi) rasmiylashtiriladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasidan ko‘chirmaning ikki qismdan iborat bo‘ladi. Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasidan ko‘chirmaning A qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kundan boshlab uch kun muddatda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli to‘lovlarni amalga oshirish uchun ish beruvchiga yuboriladi; Tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasidan ko‘chirmaning B qismi TMEK tomonidan xulosa chiqarilgan kunda tibbiy tekshiriluvchiga beriladi. 17. TMEK xulosasi tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchiga TMEK raisi tomonidan tibbiy ko‘rikni o‘tkazishgan, zarurat bo‘lganda, qabul qilingan qaror bo‘yicha tushuntirish berishadigan barcha mutaxassislar ishtirokida, tibbiy ko‘rikdan o‘tuvchiga tegishli qaror qabul qilingandan keyin darhol e’lon qilinadi. Agar qayta tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishda nogironlik guruhi belgilanmasa, nogironlik guruhini olib tashlash to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ma’lumotnoma rasmiylashtiriladi. Nogironlik guruhini olib tashlash to‘g‘risidagi ma’lumotnoma TMEK xulosasi chiqarilgan kundan boshlab uch kun muddatda tegishli Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi. 18. TMEK xulosasi bemorni tibbiy ko‘rikka yuborgan DPMga uch kun muddatda yuboriladi. TMEK xulosasi belgilangan shakl bo‘yicha beriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganning klinik tashxisi; tibbiy tekshirish natijasi; tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganning mehnat faoliyati masalasi bo‘yicha tavsiyalar. 19. Murakkab ekspert holatlarida bemorlar va nogironlar klinik-ekspert tashxisini aniqlashtirish yoki tibbiy-mehnat ekspertizasi masalalarini hal etish uchun biriktirilgan DPMlarga, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markaziga hamda nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlariga yuboriladi, ularning xulosalari tavsiya va maslahat tusiga ega bo‘ladi. 20. Agar TMEKning raisi yoki ayrim a’zolari qabul qilingan qarorga rozi bo‘lishmasa, u holda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasiga ularning alohida fikri kiritiladi va ushbu dalolatnoma takroriy tibbiy tekshirish uchun uch kun muddatda tegishli bosh TMEKga yuboriladi. Bosh TMEKlarda qarorlar TMEK a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda TMEK raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi. 21. TMEK majlislarida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari, DPM, Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi, nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazlari, ish beruvchilar, nogironlar jamiyatlari vakillari qatnashishi mumkin. Download 211.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling