Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash


Download 211.66 Kb.
bet19/19
Sana21.04.2023
Hajmi211.66 Kb.
#1373897
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYA

Oyoq panjasi




118.

Oyoq panjasining har xil qismidan yo‘qligi — boldir-oshiq bo‘g‘imidan kaft-kaftoldi bo‘g‘imigacha

60

119.

Oyoq panjasining kaft-kaftoldi bo‘g‘imi sohasidan yo‘qligi

40

120.

Boldir-oshiq bo‘g‘imining funksional qulay holatdagi (to‘g‘ri burchak ostida) harakatsizligi

30

121.

Boldir-oshiq bo‘g‘imining boshqa holatdagi harakatsizligi

45

122.

Boldir-oshiq bo‘g‘imining o‘ynoqiligi

45

123.

Boldir-oshiq bo‘g‘imida harakat cheklanganligi:







yengil darajada

10




o‘rtacha darajada

15




og‘ir darajada

20

124.

Kaftoldi suyaklari hamda tovon suyagi sinishi asoratlari:







yengil darajada

10




o‘rtacha darajada

20




og‘ir darajada

40

125.

Kaft suyaklari sinishi oqibatida, statikaning buzilishi yoki doimiy og‘riqli sindrom bilan

5 dan 15 gacha




Boldir




126.

Boldir yo‘qligi

70

127.

Tizza bo‘g‘imining yozilgan holatdagi (180 gradus burchak ostida) harakatsizligi

45

128.

Tizza bo‘g‘imining bukilgan holatdagi harakatsizligi

50

129.

Tizza bo‘g‘imi o‘ynoqiligi

60

130.

Tizza bo‘g‘imida harakat cheklanganligi:







yengil darajada

10




o‘rtacha darajada

20




og‘ir darajada

40

131.

Boldir suyaklari sinishi oqibatida oyoq funksiyasining turg‘un buzilishi







yengil darajada

10




o‘rtacha darajada

20




og‘ir darajada

40

132.

Boldirning surunkali yiringli jarayoni oqibatida bitmayotgan oqma yoki yaralar borligi:







yengil darajada

10




o‘rtacha darajada

20




og‘ir darajada

40

133.

Boldir suyaklarining bitmayotgan sinig‘i (soxta bo‘g‘imi)

60

134.

Katta boldir suyagining bitmayotgan sinig‘i (soxta bo‘g‘imi)

50




Son suyagi




135.

Son yuqori uchligidan yo‘qligi

90

136.

Son o‘rta yoki pastki uchligidan yo‘qligi

80

137.

Chanoq — son bo‘g‘imining yozilgan holatdagi (180 gradus burchak ostida) harakatsizligi

50

138.

Chanoq-son bo‘g‘imining bukilgan holatdagi harakatsizligi

60

139.

Chanoq — son bo‘g‘imida harakat cheklanganligi:







yengil darajada

30




o‘rtacha darajada

40

140.

Son suyagi sinishi oqibatida oyoq funksiyasining buzilishi







yengil darajada

20




o‘rtacha darajada

30




og‘ir darajada

40

141.

Son suyagining bitmayotgan sinig‘i (soxta bo‘g‘imi)

70

142.

Oyoq jarohatidan keyingi tromboflebit, limfa aylanishining buzilishi va boshqalar







yengil darajada

10




o‘rtacha darajada

30




og‘ir darajada

50




Izoh: oyoq-qo‘llarning to‘liq falajligi ularning yo‘qligiga tenglashtiriladi. Shuningdek, oyoq-qo‘llardagi bo‘g‘imlarda ko‘plab jarohatlar (ankilozlar, keskin ifodalangan kontrakturalar), surunkali yaralar oqibatida jarohatlangan oyoq-qo‘lni ishlata olmaslik, amputatsiyadan keyin suyakning to‘liq yopilmaganligi uning to‘liq yo‘qligiga tenglashtiriladi.







(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 622-modda)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qaroriga
4-ilova
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunini ro‘yobga chiqarish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida” 1994-yil 11-maydagi 249-son qarori 1-bandining o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilari hamda qarorga 6 va 7-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati boshqarish tuzilmasini va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 8-avgustdagi 175-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 44-modda):
a) 1-bandning to‘rtinchi xatboshi va 3-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
b) 6-ilovada:
2-bo‘limga izohdan “2-banddagi kasalliklar holatida uchinchi guruh nogironi ikki yil mobaynida TMEK tomonidan kuzatilgandan keyin qayta tibbiy tekshirishdan o‘tkazilmasdan belgilanadi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
3-bo‘limga izohdan “1, 2, 3” va “5” raqamlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarori)” 2010-yil 11-noyabrdagi 250-son qaroriga ilova 3-bandning “g” kichik bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.


(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 27-son, 283-modda; 2014-y., 52-son, 622-modda; 2015-y., 48-son, 605-modda; 2016-y., 24-son, 281-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 997-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
Download 211.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling