Tibbiyot geografiyasi referat
Mavzu: Tibbiyot geografiyasi rivojiga katta hissa qo’shgan xorijiy olimlar
Download 56.71 Kb.
|
TIBBIYOT GEOGRAFIYASI MUSTAQIL ISH (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida aholi kasallanishi
Mavzu: Tibbiyot geografiyasi rivojiga katta hissa qo’shgan xorijiy olimlar
Tibbiyot tarixi XIX asrda alohida fan sifatida shakllandi. Lekin, tibbiyot tarixiga oid dastlabki asarlar ancha ilgari yozila boshlagan. Masalan, "Gippokrat to ‘plami", deb atalgan mashhur kitobga kiritilgan "Qadimgi tibbiyot haqida" nomli m aqola tibbiyot tarixiga oid birinchi asar deb taxm in qilinadi.Bu asarni Gippokratning o‘zi yozgan. AsardaGippokrat tibbiyot masalalarida, o ‘tmishdagi harxil fikrlarga sharh beradi. Sharq mamlakatlarida tibbiyot tarixiga oid birinchi asarlar 0 ‘rta asrlarda paydo b o ‘ldi. Bu sohada bir qancha olimlar ijod qildilar. Tibbiyot tarixi sohasida barakali ijod qilgan olimlardan Abul Hasan al-Bayhaqiy, Ibn al-Qiftiy, Ibn Abu Usaybia, Abu Bakr ibn al-Halliqon kabi mualliflarni ko'rsatish mumkin. Bu m ualliflarning asarlarida qadimgi zamonlarda yashagan mashhur hakimlarning hayoti va ijodiy faoliyati haqida qiziqarli m a’lum otlar bayon etilgan. M asalan, biz bu asarlarda Abu Bakr arRoziy, Abu Ali ibn Sino, Sharafutdin ibn Abdulloh Iloqiy, Najibuddin Sam arqandiy, Ismoil Jurjoniy kabi mashhur hakimlar haqida ancha to ‘liq m a’lum otlar topamiz. Tibbiyot tarixiga oid maxsus yozilgan asarlar XVIII-XIX asrlarda paydo bo‘la boshladi. Bu vaqtga kelib ayrim olimlar tibbiyot tarixi sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. Bu sohada Germaniyada K.Springel, V.R.Vunderlix, G.Pushman, Yu.Pagel, A.G irsh, Fransiyada E.L ittré, Sh.Darambir, Rossiyada F.G.Politkovskiy, Ya.M.Govarov, S.G.Kovner, R.Rixter shug‘ullandilar. R.Rixter "Rossiya tibbiyoti tarixi" nom li uch jildlik kitob yozdi. Shunday qilib, tibbiyot tarixi asta-sekin maxsus fan sifatida shakllana bordi. 1835-yildan boshlab, dorilfununlarning tibbiyot fakultetlarida tibbiyot tarixi fani o ‘qitila boshladi. Shu munosabat bilan tibbiyot tarixidan darsliklar va qo‘llanm alar chiqarildi. N .D .Lebedev, S.G.Kovner va L.Z.Moroxovets bu sohada dastlabki darsliklami yaratdilar. Tibbiyot tarixining bilimdonlari — mutaxassislari yetishib chiqdilar. Mavzu: O‘zbekiston Respublikasida aholi kasallanishi O‘zbekiston Respublikasida aholi salomatligi va sog‘liqni saqlash tizimi mustaqillikning birinchi kunlaridanoq davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning samaradorligi, sifati va qulayligini oshirish ta’minlandi, BMT Ming yillik rivojlanish maqsadlarining asosiy parametrlariga erishildi. Mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash sohasida mamlakatimiz erishgan yutuqlarga xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy baho berildi. Masalan, aholining umr ko‘rishi 4,6 yoshga - 1995-yildagi 69,1 yoshdan 2020-yilda 73,7 yoshga oshdi. Onalar o‘limi ko‘rsatkichi 3,1 baravarga kamayib, 100 ming nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 21 ta holatni tashkil etdi, chaqaloqlar o‘limi esa 3,1 baravarga kamayib, 1000 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 11,5 ta holatni tashkil etdi. Bolalarda eng ko‘p uchraydigan kasalliklarga qarshi emlash va profilaktika tadbirlari bilan qamrab olish darajasi 96 - 98 foizda qat’iy saqlanib turibdi. Yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks profilaktika, epidemiyaga qarshi va sanitariya-gigiyena tadbirlarining joriy etilishi o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (o‘lat, vabo), poliomiyelit, difteriya, chaqaloqlar qoqsholi, mahalliy kelib chiqqan bezgak, qizamiq va qizilcha yuzaga kelishidan to‘liq himoya qilish imkonini berdi. Poliomiyelitning yovvoyi shtammi (2002-yil), qizamiq va qizilcha (2017-yil), bezgak (2018-yil) yo‘q qilinganligi to‘g‘risida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sertifikatlari olindi. Respublikaning milliy sog‘liqni saqlash tizimida yagona axborot bazalarini yaratish bo‘yicha talaygina chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu bilan kasalliklarni barvaqt aniqlash darajasi oshadi va kasalliklarning masofali profilaktikasini joriy etish, bemor haqidagi tibbiy ma’lumotlarni darhol olish imkoni paydo bo‘lgan. Download 56.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling