Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn


Olingan natijalarni rasmiylashtirish


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/233
Sana04.02.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1164752
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   233
Bog'liq
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc

Olingan natijalarni rasmiylashtirish: Daftarga usulning asosini, natijasini
yozing. Olingan natijalar sog‘lom ko‘rsatkichlar bilan solishtiriladi va tegishli xulosa
chiqariladi.
Tayorlanish uchun savollar
1. Qon zardobidagi umumiy yog‘ miqqdori qanday aniqlanadi?
2. Qon zardobidagi umumiy yog‘ miqdorini aniqlashning diagnostik ahamiyati nimadan iborat.
3. Giperlipoproteinemiya nima va u qanday kasalliklarda kelib chiqadi?
4. Yog‘ almashinuvida fosfatidlarning ahamiyati nimadan iborat?
5. Qon zardobidagi fosfatidlarni aniqlash usulning asosi nimadan iborat?
6. Qon zardobidagi fosfatidlar miqdorini aniqlash qanday diagnostik ahamiyatga ega?
7. Qon zardobida xolesterin miqdorini aniqlash usulning asosi nimadan iborat?
8. Xolesterin miqdorini aniqlashning diagnostik ahamiyati.
9. Qon zardobida qanday lipoproteinlar bor?
10. Qon zardobidagi lipoproteinlarni qanday usil bilan fraksiyalarga ajratish mumkin? Bu usulning asosi
nimadan iborat?
11. Lipoprotein fraksiyalarining yog‘ almashunividagi ahamiyati qanday?
12. Qon zardobidagi lipoprotein fraksiyalari miqdorini aniqlash qanday diagnostik ahamiyati ega?
13. Organizmda yog‘ almashinuvini aniqlaydigan qanday zamonaviy usullarini bilasiz?
Quydagi vaziyat masalalarni yeching
1. Nima sabbadan o‘t pufagi yallig‘langan bemorga yog‘siz ovqat ist’mol qilish tavsiya etiladi?
2. O‘t pufagi va o‘t yo‘llarida tosh hosil bo‘lishiga sabab nima? Bunday bemorlarga qanday dori-
darmonlar tavsiya qilinadi?
3. Qanday holatlarda bemor ahlati bilan yog‘ ajraladi? Bunday jarayonni qanday izihlash mumkin?
4. Yog‘li ovqat ist’emol qilingandan 1-2 soat o‘tgach qon zardobining xiralashgani kuzatiladi. Ammo
bir oz vaqt o‘tgach, qon qaytadan tiniqlashadi. Bunday jarayonda qanday ferment ishtirok etadi?
5. Yog‘ning parchalanishi va so‘rilishining buzilishi bilan vitamin E, K, D, A lar yetishmovchiligi
orasida qanday bog‘liqlik bor?
6. Ateroskelroz kasalligi bor deb gumon qilayotgan vrach bemor qonida qanday ko‘rsatkichlarni
aniqlomog‘i lozm? Javobingizni izohlang.
7. Oilaviy ateroskleroz kasalligini kelib chiqishga sabab nima?
8. Letsetinxolesterinatsiltransferaza (LXAT) fermentining kasallikni aniqlashdagi ahamiyati qanday?
Javobingizni izohlang.
9. Bemorning qonidagi erkin, efirlangan va umumiy xolesterinni aniqlashda maqsad nima?
Xolesterinnig organizmda tutgan o‘rni qanday?
10. Qon tarkibida umumiy lipoproteinlar, fosfolipidlarni aniqlash sababini tushuntirib bering.
11. Bola ovqat tarkibidagi yog‘ miqdorini o‘zgartirmagan holda uglevodlar miqdori kamaytiriladi.
Bunday tadbir qanday o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin?
12. Uglevodlar va yog‘ balansining buzilishi ularning almashinuvi buzilishiga olib keladi. Bunday
holatda ketonemiya va atsidoz kuzatiladi. Bunday biokimyoviy o‘zgarishlarni tushuntiring va
izohlang.
13. Ateroskleroz bilan og‘rigan bemorga past kaloriyali parhez tavsiya qilinadi. Bunda uglevodlar va
hayvon yog‘lar miqdori kamaytiriladi, ammo vitamin va kletchatka miqdori orttiriladi. Bunga sabab
nima? Javobingizni izhlang.
14. Ateroskleroz kasalligida organizmdan xolesterinni chiqarish tadbirlari ko‘riladi. Buning sababini
tushuntiring.
15. Yosh ulg‘aygan sari odam semirishga moyil bo‘ladi. Nima uchun, sababini tushuntiring.
16. Xolesterin, yuqori zichlikka ega bo‘lgan lipoproteinlar va jinsiy gormonlar, orasida qanday
bog‘liqlik bor? Javobingizni izohlang.
17. Atsetil-S-KoA karbonsuv almashinuvi va xolesterin sitezining oraliq mahsulotlaridir. Energiya
ehtiyoj pasayganda va ortganda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
18. Nima sababdan ateroskleroz kasalligida vrachni alfa- va betta lipoproteinlar miqdori qiziqririladi?


127
IX BO‘LIM

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling