Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Hb-CO ning spektr yutishi.
- Olingan natijalarni rasmiylashtirish
- 125- ish. QON ZARDOBI BILIRUBINNI YENDRASHEK VA KLEGGORN USULI BO‘YICHA ANIQLASH
3. Met-Hb ning spektr yutishi. Oksigemoglobin eritmsiga 5-7 tomchi yangi
tayyorlangan qizil qon tuzining 5% li eritmasidan solib chayqatiladi. Eritma qo‘ng‘ir 163 rangga kiradi. Spektrda uchta yutish yo‘li ko‘rinadi: ikkitasi D va E chiziqlarning sarg‘ish yashil qismi orasidagi ingichka yo‘l, uchinchisi esa S va D chiziqlar orasidagi spektrning qizil qismida, ya’ni 630 nm to‘lqin uzunligida ko‘rinadi. 4. Hb-CO ning spektr yutishi. Suyultirilgan qon solingan probirkaga gaz gorelkasiga ulangan rezina nay bilan biriktirilgan pipetka tushiriladi va havo tortuvchi shkafda (ishlab turgan holatida) 5-10 daqiqagaz yuboriladi. Gaz tarkibidagi is gazi ta’sirida eritmada karboksigemoglobin(HbCO) hosil bo‘ladi. Uning spektri ikki yo‘ldan iborat bo‘lib, ular D va E ( 572, 573 nm to‘lqin uzunligida) chiziqlarning binafsha qismida ko‘rinadi. Olingan natijalarni rasmiylashtirish: olingan natijalarni quydagi jadvalga muvofiq rasmiylashtiring va tegishli xulosa chiqaring. Hb ga o‘tkazilgan sifat reaksiyalarning asosini ham daftarga yozing. 70- jadval Tekshirilgan birikmalar Spektr hosil yo‘llari Spektrdagi yutish yo‘llari 125- ish. QON ZARDOBI BILIRUBINNI YENDRASHEK VA KLEGGORN USULI BO‘YICHA ANIQLASH Eritrotsit gemoglobinining yashash davri 110-130 kunni tashkil qiladi. Vaqt o‘tgach suyak iligi, jigar, qora taloqning retikuloendotelial sistemasida gemoglobin parchalanadi. Unung parchalanish jarayonidaundan temir va globin oqsili ajraladi va yashil rangli o‘t pigmenti (biliverdin) hosil bo‘ladi. Bileverdin qaytarilib sariq- qizg‘ish rangli bilirubinga aylanadi. Bilirubin gemning parchalanish mahsulotidir. Bilirubin qonga quyiladi va qon albuminlari bilan bog‘lanib jigarga yetkaziladi. Qon zardobi tarkibida ikki xil bilirubin mavjud: 1. Erkin bilirubin. Suvda erimaydi, zaharli, buyrak filtidan o‘ta olmaydi. O‘t va siydik orqali chiqa olmaydi. Erkin bilirubin xloroform va boshqa organik eritmalarda eritlgandan keyin diazoreaktiv bilan o‘zaro ta’sirlashadi (to‘g‘ri bo‘lmagan diazoreaksiya). Shuning uchun bunday bilirubin to‘g‘ri bo‘lmagan bilirubin deb nomlanadi. Zaharli, erkin, to‘g‘ri bo‘lmagan bilirubin jigarda glyukuron kislota bilan bog‘lanib zaharsizlantiriladi. Glyukuron kislota faol UDF glyukuron kislota holida uchraydi. Glyukuron kislota bilirubinga glukuron transferaza fermmenti orqali o‘tkaziladi. Bunday bog‘langan bilirubin diglyukuronid ancha zaharsiz, suvda yaxshi eriydi. U buyrak filtrdan, hujayra membranasidan o‘t kapillariga, undan ingichka ichakka o‘ta oladi. Ichakdagi qaytarilish jarayoni natijasida bog‘langan bilirubin mezobilirubin, urobilinogen, sterokobilinogenlarga hosil bo‘ladi. Odam axlati bilan bir sutkada 300 mg sterkobilin ajratadi. Sterkoilinogenning bir qismi gemoroidal venalar orqali jigarga o‘tadi. U erda urobilinogen sirrol birikmalarigacha parchalanadi va qisman o‘t tarkibiga liradi. Jigar faoliyatining buzilishi natijasida urobilinogen umumiy qon oqimiga tushaddi va siydik bilan uning patologik elementi sifatida chiqariladi. 164 Yangi tug‘ilgan, ayniqsa chala tug‘ilgan bolalar qonida bilirubin miqdori yuqori bo‘lishi kuzatiladi. Fisiologik sariq kasalligida bilirubin miqdori erkin bilirubin hisobiga bir necha marta ortganligi kuzatiladi. 71- jadval Qon bilirubinining yoshga qarab o‘zgarishi Yoshi Umumiy bilirubin, mg% Bog‘langan bilirubin (glyukuronid), mg% Erkin bilirubin, mg% Yangi tug‘ilgan bolalarda Ikkinchi kuni To‘rtinchi kuni Oltinchi kuni To‘qqizinchi kuni Birinchi oyda Kattalarda 1,35 3,17 5,27 4,21 3,1 0,65 0,65 0,51 0,51 0,46 0,51 0,51 0,15 0,15 0,84 2,66 4,81 3,70 2,59 0,50 0,50 Bu jigar UDF-glyukuriniltransferaza fermentining yetarli emasligidan, bilirubin bog‘langan diglyukuronidga aylana olmasligidan darak beradi. Sog‘lom odamlar siydigida bilirubin bo‘lmaydi. Bilirubin almashinuvining buzilishi ko‘pincha sariq kasalligini rivojlanishi bilan bog‘liq. Shu jihatdan qon zardobi bilirubinning turi va miqdorini aniqlash sariq kasalligini farqlashda muhim ahamiyatga ega. Sog‘lom odamlar qon zardobidagi umumiy bilirubin miqdori 1,7-20,5 mk mol/l (0,1-1,2 mg 100 ml), erkin bilirubin 1,7-17,1 mk mol/l (0,1 -1,0 mg 100 ml), bog‘langan bilirubin 0,86-4,3 mk mol/l (0,05 -0,25 mg 100 ml). Yosh bolalardagi bilirubin miqdori jadvalda keltirilgan. Usul: bilirubinning diazoreaktiv bilan hosil qilgan rangli mahsulotini kolorimetrlashga asoslangan. Bu mahsulot to‘q qizil rangga bo‘yalgan. Diglyukuronidbilrubin diazoreaktiv bilan to‘g‘ridan -to‘g‘ri ta’sirlanadi. Erkin oqsillar bilan bog‘langan bilirubin esa oqsil dissotsilangandan so‘nggina diazoaralshma bilan reaksiyaga kirishadi. Oqsilni dissotsilash qon zardobiga kofein reaktivi qo‘shish bilan amalga oshadi. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling