Tibbiyot institutlаri tаlаbаlаri uchun o‘quv аdаbiyoti r. G‘. Sultоnоv, N. M. Хоlmuhаmmеdоvа, sh. F. Karimova, U. L. Sultonho‘jaev biоkimyodаn
Download 1.3 Mb. Pdf ko'rish
|
Biоkimyodаn аmаliy mаshg‘ulоtlаr doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. QONNING OQSILLI VA OQSILSIZ QISMLARI TARKIBINI ANIQLASH
- 121- ish. QON GEMOGLABININI ANIQLASH
Bo‘limning maqsadi
1. Qonning kislorod tashishi buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan kasalliklar sababini tushunish maqsadida qon tarkibidagi gemoglobin unumlarini topish usullari bilan tanishtirish. 2. Kelajakda kasalliklarni aniqlash maqsadida qonni biokimyoviy analiz qila olish uchun qon tarkibidagi mahsulotlarning miqdorini o‘lchash usullari bilan tanishtirish. 3. Qon tarkibidagi ayrim fermentlar faolligini o‘lchash usullarini o‘rganish va undan kelajakda kasalliklarni aniqlash va uni davolash foydalana olish. 4. Ayrim kasalliklarni kelib chiqish sabablarini tushunish maqsadida qonning mineral tarkibini o‘rganish usullari bilan tanishtirish. 1. QONNING OQSILLI VA OQSILSIZ QISMLARI TARKIBINI ANIQLASH Qonning oqsil bo‘lmagan qismi azot tutuvchi va azotsiz moddalarga bo‘linadi. Azotsiz moddalarga glyukoza, yog‘lar, yog‘ kislotalarining almanishinuv mahsulotlari, pirouzum va sut kislotalari kiradi. Azot tutuvchi moddalarga esa azot qodoqlarining fraksiyalari (oddiy va murakkab oqsillar almanishinuvining oraliq va oxirgi mahsulotlari, siydikchil, siydik kislota, kreatin, ammiak, indikan, bilirubin, polipeptidlar, aminokislotalar va hokazo kiradi. Ushbu moddalarning azoti azot qoldiqlari deyiladi, chunki ular oqsil cho‘ktirilgan filtrda qoladi. Shuningdek, qon tarkibida makro va mikroelementlar ham bo‘ladi. 121- ish. QON GEMOGLABININI ANIQLASH 160 Qonga rang beruvchi tanacha - eritrotsitkarning oqsilli gemoglobindir. Gemoglobin murakkab oqsillar - xromoproteidlar vakili hisoblanadi. U globin oqsili va oqsil bo‘lmagan qism - gemdan iborat. Yangi tug‘ilgan bolalar qonidagi gemoglobin miqdori kattalarnikiga nisbatan birmuncha yuqoriroq (170-180 g/l) bo‘ladi. Yashash davrining birinchi soatlarida bu ko‘rsatgich 200-250 g/l gacha ortadi. Hayotning 2-3 kunidan boshlab esa gemoglobinning miqdori sekin pasaya borodi va birinchi oyning oxiriga kelib kattalar qonining gemoglobini bilan tenglashadi (160 g/l). Gemoglobin miqdori pasayishi go‘dak bir yoshga yetguncha davom etadi va bu ko‘rsatgich 105-110 g/l ga yetadi. Ikki yoshdan boshlab bu ko‘rsatgich yanada orta boradi va voyaga yetish davrida kattalar gemoglobiniga o‘xshash bo‘ladi. Odamning gemoglobimi faqat miqdor o‘zgarishi bilan farqlanib qolmay, balki sifati bilan ham farqlanadi. Homila rivojlanishining 7 va 14-haftalarida embrion qonida juda oddiy - primitiv gemoglobin topiladi, u 2 ta fraksiyadan tuzilgan bo‘lib, tezda homila gemoglobini (fetal gemoglobin) bilan almashinadi. Bu gemoglobin odatda tug‘lish davriga kelib yo‘qoladi. Fetal Hb homilaning 3-oyida rifojlanadi va tug‘lish davriga kelib uning miqdori barcha gemoglobinning 80-90% ini tashkil qiladi. Bola rivojlanishining birinchi yilida fetal Hb keskin kamayadi va u bir yoshga yetganda 1-4% ni tashkil qiladi. Kattlar gemoglobiniesa homilaning dastlabki taraqqiyoti davrida paydo bo‘ladi va keyinchalik asosiy gemoglabin bo‘lib qoladi. Kattalar va homila gemoglabini miqdorining turli davrlardagi o‘zgarishi quydagi jadvalda berilgan. 68-jadval Kattalal va homila gemoglabini miqdorining turli yoshdagi o‘zrarishi Bolining yoshi Homila Hb Kattalar Eb A 2 gemoglobin Yangi tug‘ilgan bolada 1-7 kunlik 8-21 kunlik 22-30 kunlik 1-2 oylik 2-3 oylik 3-5 oylik 6-9 oylik 9-12 oylik 1-3 yoshda 3-7 yoshda 7-14 yoshda 75,0 71,0 65,0 60,0 56,1 38,3 22,5 9,1 4,3 1,6 0,8 0,7 25,0 29,0 34,6 40,0 43,4 60,9 75,3 88,2 92,8 94,9 94,9 94,9 0,00 0,00 0,00 0,00 0,50 0,80 2,20 2,7 2,9 3,5 4,3 4,4 Kattallar va homila gemoglobini tuzilishi bilan bir-biridan farqlanadi. Kattalar gemoglobini 2 alfa, 2 betta polipeptid zanjiridan iborat, homila gemoglobini esa 2 alfa, 2 gamma zanjiridan tashkil topgan. Ushbu gemoglobinlar eruvchanligi bilan farqlanadi. Bu ularning faoliyatida ahamiyatga ega. Ko‘pincha bolalar kasalligida gemoglobin biosintezi buzilishi kuzatiladi. Bunday o‘zgarish, gemoglobin 161 komponentlari muvozanatining o‘zagarishi ko‘pincha homila gemoglobining ortishi (yoki embrional gemoglobin sintezi tomonga so‘rilishi) ga olib keladi. Butunlay o‘zgargan anomal - gomotetramer gemoglabin (betta) va Barta gemoglobini (gamma 4 ) bo‘lishi mumkin. 69-jadval Karboksigemoglobin va metgemoglobin miqdorining yoshga qarab o‘zgarishi (umumiy gemoglobinga nisbatan protsent hisobida) Bolaning yoshi Karboksigemoglibin Metgemoglobin Yangi tug‘ilgan bolada 1-7 kunlik 8-21 kunlik 1-3 oylik 3-6 oylik 1-3 yoshda 3-7 yoshda 7-14 yoshda 1,50 1,65 1,60 1,50 1,38 1,27 1,21 1,17 6,22 2,93 2,86 2,21 1,47 1,13 1,10 1,08 Gemoglobin unumlari (met Hb, Hb - CO 2 ) bolaning yoshiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin. Download 1.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling