Tibbiyot kаsbigа kirish (Хirurgik bеmоr bоlаlаrni pаrvаrish qilish)


Ko’rsatma. Har kuni siydik qopini yuvgandan so’ng. Kerakli anjomlar


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana13.05.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1455389
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
lf-1-uz Tibbiyot kаsbigа kirish (Хirurgik bеmоr bоlаlаrni pаrvаrish qilish) Amaliy mashg’ulot materiallari

Ko’rsatma. Har kuni siydik qopini yuvgandan so’ng.
Kerakli anjomlar. Furatsilinning 1:5 000 eritmasi, kumush nitratning 1:5 000
yoki kaliy permanganatning och-pushti rang eritmasi; 3 % vodorod peroksid
eritmasia; 96% spirt; Jane shpritsi; sterilpintset; steril paxta shariklar va doka
salfetkalar; siydik yig’gich; suvli hammom idishi; siydik yig’ish uchun
konteyner; leykoplastir yoki maxsus teshikli kamar; rezina qo’lqop.
Sistostomani parvarishlash bosqichlari:
Siydik qopiga oqma orqali Petsser yoki Maleko kateteri o’tkaziladi. Bu
kateterlar uchida kengayish bo’lib, tushib ketishini oldini oladi. Manipulyatsiya
rezina qo’lqopda bajariladi.
1. 
Furatsillin yoki kumush nitrat eritmasi idishdagi suvli hammomda Q38
°Sisitiladi va Jane shpritsiga 100-150 ml olinadi.
2. 
Petsser kateteri siydik yig’adigan konteynerdan uziladi.
3. 
Kateterga Jane shpritsi ulanadi va siydik qopi antiseptik eritma bilan
yuviladi, siydik yig’gichga chiqariladi.
4. 
Siydik yig’gich konteyner yuviladi yoki yangisiga almashtirib kateterga
ulanadi.
5. 
Kateter atrofi perikis vodorodga namlangan paxta bilan artiladi.

Tsistostoma atrof terisi spirt bilan artiladi.
7. 
Quruq aseptik bog’lam qo’yiladi. Bunda salfetka o’rtasigacha kesiladi va
kateter atrofidan aylantirib joylashtiriladi. Ustidan ikkinchi salfetkani ham
shunday kesib qarama-qarshi tomondan qilib joylashtiriladi.

Salfetkalar leykoplastir yoki bandaj bilan mahkamlanadi.


Izoh. Tsistostomadan (epitsistostoma) siydik yaxshi chiqishi uchun bemorni
yon tomonga aylantirib turish tavsiya etiladi.
Nazorat savollar
1. Operatsiyadan keyingi davr to’g’risida tushuncha.
2. Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni parvarishlash
qoidalariqanday?
3. Operatsiyadan keyingi davrda bemor bolalarni kuzatish.
4. Operatsiyadan keyingi yarani parvalishlash qoidalariqanday?
5. Kolostomiyani parvarishlash qoidalari qanday?
6. Sistostomiyani parvarishlash qoidalari qanday?
Adabiyotlar:
1. 
Sestrinskoye delo v xirurgii: uchebnoye posobiye., N.V.Barikina,
V.G.Zaryanskaya. - izd. 12-e. - Rostov-na-Donu, «Feniks», 2012.
2. 
Mazurin A.V., Zaprudnov A.M., Grigor’yev K.I. Obshiy uxod za det’mi:
Uchebnoye posobiye. - 3-e izd., pererab. i dop. - M.: Meditsina, 1998.
3. 
Yaromich I.V. Sestrinskoye delo i manipulyatsionnaya texnika. Uchebnik.
Minsk. Vish.shkola. 2011. -527 s.
Oxirgi o'zgartirish: Saturday, 6 November 2021, 9:49 AM

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling