Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Izchilligi bo‘yicha
- Mantiq bo‘yicha
- Oligofreniya
Tezligi bo‘yicha:
fikrlar tezlashuvi; fikrlar sekinlashuvi; fikrlash jarayonining to'xtab qolishi; mentizm. Izchilligi bo‘yicha: fikrlar tarqoqligi; so'zlarning bog'lanmasligi: bo‘g‘inlar o'rtasida bog'lanish yo'qligi (inkogerensiya); so'zlarni bir xilda takrorlayverish (verbigerensiya); xulosalarning mantiqqa zid ravishda qurilishi (paralogik tafakkur). Mantiq bo‘yicha: nasihatgo'ylik; mulohazalilik; perseveratsiya; autistik fikrlash. Samaradorligi bo‘yicha: ipoxondrik g'oyalar; o‘ta qimmatli g'oyalar; d) neologizmlar (tushunarsiz so'zlarni gapirish). Tafakkur buzilishining klinikada ko‘p uchraydigan turlari bilan tanishib chiqamiz. Oligofreniya - tafakkurning tug'ma zaifligi bo'lib, og‘ir-yengilligi jihatdan turli darajaga bo‘linadi: debillik, imbetsillik, idiotiya. Oligofreniyaning yengil darajada rivojlangan turiga debillik deb ataladi. Bunda saboq olishga ayrim qobiliyatlar saqlanib qoladi, ular maxsus maktablarda ta’lim olishadi. Bu bolalarda nutq funksiyasi saqlangan bo'lib, ba’zi aqliy operatsiyalarni (masalan, hisob-kitob) amalga oshira olishadi, mexanik xotirasi saqlangan boMadi. Umumlashtirish va abstraksiyalash sust rivojlangan, yaratuvchilik qobiliyati ham past bo'ladi, ular faqat kam aqliy faoliyat talab qiladigan ishlarnigina bajara olishadi. 108 Imbetsillik - tafakkurning o‘rta darajada buzilishidir. Ularda ruhiy jarayonlarancha buzilgan bo'ladi. Imbetsil bolalarning nutq funksiyasi va xotirasi o‘ta sust bo'lib, ular biror narsani o'rganishda juda qiynalishadi. Ularni o'qitish ham juda qiyin. Bunday bolalarning harakatlari qo'pol va beo'xshovdir. Bir necha so'zni yozish va o'ngacha sanashni eplay olishadi, xolos. Ularda jismoniy zaiflik ham kuzatiladi. Idiotiya - tafakkurning o'ta og'ir darajada buzilishi bo'lib, chuqur ruhiy o'zgarishlardan tashqari, jismoniy nuqsonlar ham kuzatiladi. Nutq ham buzilgan bo'ladi. Bemor o'zini idora qila olmaydi va doimo birovning yordamiga muhtoj bo'ladi. Demensiya - tafakkur buzilishining orttirilgan turi. Uning asosiy sabablari ateroskleroz, alsgeymer kasalligi, og'ir ensefalopatiyalar, xuruj bilan kechuvchi xafaqon kasalligi, lakunar insultlar. Bu bemorlarning fikrlash doirasi o'ta tor bo'ladi, axloqi, xotirasi, o'z holatiga tanqidiy qarashi keskin buziladi. Yaqinlari bilan ham qiziqmay qo'yishadi. Demensiyaning yengilroq turida xotira qisman bo‘lsa-da, saqlanib qoladi, axloq doirasi, hissiy kechinmalari va tafakkur operatsiyalari o'zgarmaydi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling