Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet48/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Ongsizlik

Z.Freyd yaratgan psixoanaliz to‘g‘risidagi nazariya inson ruhini bir muz tog‘iga qiyoslaydiki, go‘yo uning ustki, yani oltidan bir qismi ong bo‘lsa, suv ostida ko‘rinmay yotgan oltidan besh qismi ong ostidagi jarayonlardir, ya’ni ongsizlikdir (28-rasm).
Psixoanaliz fani o‘z oldiga ongdan yashirinib yotgan chuqur psixologik jarayonlarning sir-asrorini ochishni maqsad qilib qo‘yadi va


132




shu yo‘l bilan ncvrozni keltiribchiqaruvchi omillarni o'rganadi. Z.Freyd «yashirinib» yotgan psixologik jarayonlami ongsiz jarayonlar deb atadi. Rus psixologlari bu holatni turli atamalar bilan ta’riflashadi: «безсоз- нательное» (ongsizlik), «подсознательное» (ongostlilik), «подсозна­ние» (ong osti). Ba’zi o‘zbek psixologlari «ongostlilik» degan atamani raa’qul ko‘rishadi. Shunday qilib, hanuzgacha fanda katta shov- shuvlarga sabab bo'lib kelayotgan va mohiyati to'laligicha o'rganilmagan ushbu noaniq psixologik jarayonlaming atamasi ham noaniq bo'lib qolmoqda. Ularning ma’nosini o'zgartirmagan holda biz «ongsizlik» ataraasini ma’qul topdik.
Ongsizlik bu shunday holatki, bunda odam ixtiyorsiz tarzda, o'zi bilmasdan yoki anglamasdan turli xatti-harakatlarni amalga oshiradi. Bu xatti-harakatlar o'z-o'zidan kundalik hayotda, uyquda, ya’ni tush ko'rayotganda yoki gipnotik holatlarda kuzatilib turadi. Ongsizlik, tabiiyki, ongga bog'liq bo'lmagan holat.
Z. Freydning ta’biri bilan aytganda, ongdan siqib chiqarilgan odamning tabiiy instinktlari ong ostidan joy topadi. Ongsizlik tug'ma xususiyat bo'lib, insonning barcha xatti-harakatini belgilab beradi.
Ongsizlikni Z. Freydning psixoanaliz haqidagi ta’limoti o'rganadi. Psixoanaliz ta’limotining yaratilishiga, asosan, bolalar psixologiyasi, nevrozlar klinikasi va psixoterapiya usullari turtki bo'lgan. Psixoanaliz o'rganadigan asosiy yo'nalishlardan bin shaxsning jinsiy rivojlanishidir.





28-rasm. Psixoanalitiklar fikricha inson ruhiyatining modeli. Ular ong va ongsizlikni muz tog‘iga qiyoslashadi. Muz tog'ining suvdan chiqib ko'rinib turgan oltidan bir qismi ong bo'lsa, suvning tagida ko'rinmay yotgan oltidan bcsh qismi

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling