Tibbiyot psixologiy asi
Es-hushning kirdi-chiqdi bo‘lib qolishi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ambulator avtomatizmlar holati.
- Somnambulizm
Es-hushning kirdi-chiqdi bo‘lib qolishi ongning ancha ko‘p uchrab turadigan buzilishlariga kiradi. Es-hushning kirdi-chiqdi bo'lishi ong torayishiga taalluqli, bunda tashqi taassurotlar ongga to‘la yetib kelmaydi. Bunday bemorlar o'z o'y-xayollariga cho'mib ketib, atrofdagi voqelikdan ajralib qolgandek bo'ladi. Bemorlar shifoxonada yotganlarini bila turib, o'zini xuddi uydagidek yoki ishxonadagidek tutishadi, haqiqatga to'g'ri kelmaydigan antiqa harakatlar qilishadi. Umuman, bunday bemorlar ongi ichki patologik kechinmalar bilan mashg'ul bo'ladi. Ularda birdan paydo bo'ladigan g'azab, qochish hissi, hamshira yoki doktorga hujum qilish kabi patologik holatlar kuzatilib turadi. Es-hushning kirdi-chiqdi bo'lishi bir necha soatdan bir necha kungacha davom etishi mumkin.
Ambulator avtomatizmlar holati. Bu holat ham xulq-atvorning buzilishi bilan kechadi. Bemorlar xuddi uyqusirab yurgan odamni eslatadi. Somnambuliya yoki lunatizm va trans holatlari ambulator avtomatizmlarga misol bo'la oladi. Somnambulizm (uyquda yurish yoki lunatizm), ayniqsa, bolalarda ko'p uchraydi. Somnambulizmda qisman yoki chala uyg'onishni kuzatish mumkin. Odamning harakat sistemasi go'yo uyqudan uyg'onadi, es-hushi esa paydo bo'lgandek bo'ladi, aslida ular uyqusida o'rnidan turib yurganini eslab qolmaydilar. Somnambulizmda bemor o'rnidan turib yura boshlaydi, xonadan chiqib ketishi ham mumkin, berilgan savollar va murojaatlarga javob qaytarmaydi yoki uyg'onib ketadi. Ongning bu buzilishlari lunatizm deyilsa-da, oyga aloqador emas. Deliriy - ong buzilishining ko'p uchraydigan turi bo'lib, bunda bemor o'z shaxsini anglay olsa-da, vaqt va atrof-muhitga bo'lgan idroki buziladi. Deliriy turli endogen va ekzogen zaharlanishlarda, bolalarda esa tana harorati oshgan paytlarda ko'p kuzatiladi. Ko'ruv va eshituv gallyutsinatsiyalarining moi-ko'l bo'lishi deliriy uchun juda xosdir. Bemorlar ruhiy qo'zg'algan holatda o'zlarini ta’qib etuvchi bunday tasavvurlardan himoya qiladilar. Ularga hamla qilayotgan hayvonlarni go'yoki ushlab oladilar, «dushmanlar» ovozi eshitiladigan eshikni yopib qo'yadilar va hokazo. Bemorning ongi tashqi ta’sirlarga uzviy bog'langan bo'ladi. Gallyutsinatsiyalar kamayganda, ong vaqtincha tiklanadi, ko'payganda, yana buziladi. Ongning bunday o'zgarishi deliriyga xos xususiyat hisoblanadi. Lekin es-hush vaqtincha tiklangan paytlarda ham uzuq-yuluq va chala fikrlash, yuzaki idrok etish va mo'ljal olish, narsa va hodisalarga tanqidiy ko‘z bilan qarashning keskin buzilishini qayd qilish mumkin. Deliriy, odatda. bir necha kun davom etadi. 131 Oneyroid uyqusimon, tushga o‘xshash holat bilan kechadigan ong buzilishi bo‘lib gallyutsinat-siyalarning ko‘p kuzatilishi bilan tavsiflanadi. Bunda bemorlarga koinotda murakkab sarguzashtlarni boshlaridan o‘tkazgandek, harbiy harakatlarda ishtirok etishgandek tuyuladi. Ularning kechinmalari fantastik tusda bo‘ladi. Deliriylardan farqli o'laroq, oneyroidlarda bemorlar kamroq qo‘zg‘aluvchan, ko‘pincha bo‘shashgan holatda boiadilar. Es-hush uncha buzilmagan bo‘lib, ularda kechinmalar kamroq kuzatiladi, delirioz holatlardagi kabi uzuq-yuluq bo'lmaydi. Amentiv holat ham ong buzilishi turlariga kiradi. Amensiyada es- hushning chalkashligi turli darajada bo‘ladi. Bemor o‘zini yo‘qotib qo‘yishi va atrofdagi odamlarni to‘la tushunmasligi amensiyaning asosiy belgisi hisoblanadi. Es-hush chalkashganligi sababli bemor joy, vaqt va vaziyatda adashib, atrufdagilarni tanimaslik darajasigacha yetadi. Amensiyada anglashning buzilishi haqiqiy bo‘lib, bemorlar ayrim narsalarni idrok etadilar, lekin ularni tahlil qila olmaydilar. Masalan, oq libos kiygan ayol bemoming tomirini ushlab, u bilan qisqa suhbat quradi, ammo biroz vaqtdan so‘ng bemor vrach bilan hozirgina nima haqda gaplashganini aytib bera olmaydi. Amentiv holatda, ko‘pincha, o‘zini-o‘zi anglashdan ko‘ra tevarak- atrofni idrok etish izdan chiqadi. Bemorlar bu xastalikda atrofda nimalar sodir boiayotganini tushunmay o‘zini yo‘qotib qo‘yib, xavotirlanib yoki qo‘rqib qoladilar. Amensiya - eng uzoq davom etadigan es-hush buzilishlariga mansub bo'lib, u bir necha hafta va oylarga cho‘zilib ketishi mumkin. 0‘tkir infeksiyalardan keyingi psixozlarda ham amentiv holatlar kuzatiladi. Es-hush buzilishlariga yuqorida biz ko'rib chiqqan shaxsiyatni idrok etishning buzilishi, ya’ni depersonalizatsiya ham kiradi. Bemorga 0*7 tanasining qismlari, masalan, boshi kattalashib, qo‘llari uzayayotgandek, ba’zan esa qo‘llari o‘ziniki emas, birovnikidek, tanasi ikki qismga bo‘linib, bir-biridan alohida harakat qilayotgandek tuyuladi. Depersonalizatsiya shizofreniya kasalligi va bosh miya o‘ng yarim sharining organik zararlanishlarida kuzatiladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling