Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet49/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

ongsiz jarayonlardir.


]

->->




Z. Freyd nevrozlarning kelib chiqishini o‘zi yaratgan psixoseksual nazariyaga asoslanib tushuntirib berdi.
Z. Freyd kuzatuvlariga asoslanib, odam shaxsi va ruhiyatining yangi bir modelini yaratdi. Unga asosan, bir-biriga uzviy bog'liq boMgan 3 ta psixologik tuzilma mavjud. Bular id, ego
va super-ego. «Id» - bu instinktlar. U ongdan xolis. «Ego» - bu Men. Uning ongi bor. «Super­ego», ya’ni Super-men - bu odamni o‘rab turgan muhit, jamiyat. U odamning xulq-atvorini «yuqoridan» nazorat qilib turadi. Bu tushunchalaming har biriga ta’rif berib chiqamiz.
Id yoki instinktlar. Z. Freydning fikricha, evolyutsiyaning dastlabki bosqichida o‘z-o‘zini saqlash, ya’ni ovqat izlash instinkti odamning xulq- atvorini belgilab bergan, shu bilan parallel holda yoki biroz so‘ng bu funksiyani ко‘pay ish instinkti, ya’ni seksual instinkt bajara boshlagan. Bu instinktlar «id» ning o'zginasidir. «Id» ongda aks etmaydi, u ong ostida joylashgan, to‘g‘rirog‘i, ong ostiga tiqishtirilgan. «Id» qoniqish prinsiplariga asoslanib faoliyat ko'rsatadi. Bu yerda jinsiy qoniqish alohida o‘rin tutadi. Z. Freyd jinsiy mayl tushunchasini bag'oyat kengaytirib yuboradi. Ya’ni Z. Freyd ta’limoti bo'yicha jinsiy mayl odamning xatti- harakatini tug'ilganidan buyon boshqarib keladi. Z.Freyd «Qondirilmagan his-tuyg‘u yoki mciylning ruhiy quvvati ong ostida to'planib boradi va o'z





29-rasm. Psixoanalitiklar «Men», «Super-men» va «Id» orasidagi munosabatlarni qaitis joyda otni boshqarayotgan chavandozga o‘xshatishadi; «Men» - bu chavandoz, «Super-тсп» - atrof-muhit, «Id» - katta kuchga ega ot.


134


ifodasini topishga urinadi», deb fikr yuritadi. Mayllar ichida u libidoni asosiy o‘ringa qo'ygan.


«Id» doimo «men» va «super-men» bilan murosasiz jang olib boradi, chunki ular «id» ni doimo nazorat qilishga intiladi. «И» kuchli energiyaga ega bo‘lsa-da, «men» uni ong ostidan suzib chiqishiga yo‘l qo'ymaydi. Shuning uchun ham «id» tajovuzkordir.
«Men» nazoratni to‘la qo‘lga olgunga qadar instinktlar go‘yoki odamning hayot tarzini, ya’ni xulq-atvorini belgilab bergan.
«Men»ning rivojlanishi odamning hayot tarzini o‘zgartirib yubordi va uning xulq-atvorini nazorat ostiga oldi. Shunga qaramay, psixoanalitiklar «id» ga odamning hayot tarzini belgilab beruvchi asosiy manba sifatida qarashadi.
«Id» o‘zgarmas, «men» esa rivojlanib boradi. Odam boshqa jonzotlardan aql-zakovatning, ya’ni ongning borligi bilan farq qiladi. Demak, ong «men» demakdir. Agar odam faqat «id» ga bo'ysunib yashaganida edi, uning hayot tarzi hayvonlarnikiga o'xshab qolardi. Vaholanki, odam faoliyati ongli jarayondir va u o'z xatti-harakatlarida ham asosan ongga tayanadi.
Psixoanalitiklar odamni, aniqrog'i uning ruhini tirik hujayraga o'xshatishadi. Bunda hujayraning tashqi pardasi «men» bo‘lsa, uning ichki tarkibi «id» dir. Hujayraning ichida moddalaralmashinuvi natijasida katta energiya to'planadi va kuchli energiyaga ega bo'lgan «id» tashqariga yorib chiqqisi keladi. Bunga esa hujayraning tashqi pardasi, ya’ni «men» yo'l qo'ymaydi. Xo'sh unda «Super-men» nima? Ma’lumki, hujayralar to'plami to'qimani, to'qimalar a’zolami, a’zolar esa organizmni tashkil qiladi. Demak, «Super-men» barcha «men»larning yig'indisidir. Hujayra organizmda hayot kechirgani kabi organizm ham hujayrasiz yashay olmaydi. Organizm - bu «super-men». «Super-men» - bu jamiyat, madaniyat, axloq va dinning talablari. «Super-men» «men» bilan birgalikda seksual xususiyatlarga boy bo'lgan «id» ni nazorat qiladi va ular orasidagi ziddiyatlami kuchaytiradi.
Z.Freydning fikriga ko'ra, nevrozlarning kelib chiqishiga «Super-men» va «men» sababchi. Psixoanalitiklar nevrozlami psixoterapevtik yo'l bilan davolashda aynan mana shu nazoratni kamaytirish yoki to'xtatishga va shu yo'l bilan «id» ning ongga suzib chiqishiga yordam berishadi. Buning natijasida «id» ning tajovuzkorligi pasayib, nevroz belgilari chekinadi.
Z. Freyd «men» va «id» orasidagi munosabatlarni chavandoz bilan ot orasidagi munosabatlarga qiyoslab ham tushuntirib bergan (29-rasm). Freydgacha A.Shopengauer xuddi shunday qiyoslashni iroda va tafakkur orasidagi munosabatlarni o'rganish uchun ishlatgan edi. Chavandoz otni o'zi boshqarsa-da, faqat uning quvvati hisobiga harakatlanadi. Kerak


135




paytda chavandoz o'zanni qattiq ushlab otni to‘xtatishi va o‘zi istagan tomonga yo'naltira olishi zarur, aks holda u yiqilib qattiq jarohat oladi yoki halok bo'ladi. Ba’zi vaziyatlarda qachon to'xtash va qaysi tomonga yurish kerakligini chavandoz emas, balki otning o'zi tanlaydi. Masalan, chavandoz uxlab qoladi, charchaydi yoki kasal bo'lib qoladi.
«Men» (chavandoz) ning ahvoli «id» (ot) ning ahvoliga qaraganda biroz murakkabroq. Chunki «men» bir tomondan atrof-muhitning, ya’ni tashqi olamning qonun-qoidalariga amal qilishi, ikkinchi tomondan esa kuchli ot («id») ni boshqarishi kerak. «Men» ham tashqi olamning, ya’ni «super-men»ning talablarini, ham «id»ning ehtiyojlarini qondirishi uchun doim xavotirda yashaydi. Bu talablarni bajarish uchun «men» doim sergak turishi kerak, ular bajarilmasa, aybdorlik hissi aynan uning bo'yniga tushadi. Demak, «men» doimo o'zini himoya qilish yo'llarini izlaydi. Z. Freyd nevrozlarning kelib chiqishini ushbu ziddiyatli munosabatlardan izlagan.
Keyinchalik Z. Freyd yaralangan harbiy xizmatchilarda ham nevroz va isteriya holatlarini kuzatadi. Bu kasalliklarni jinsiy mayl bilan izohlab bo'lmasdi, albatta. Endi Z.Freyd ong ostiga qamalgan va qondirilmagan ehtiyojlarni boshqacha yo‘1 bilan qondirish yo'llarini izladi, ya’ni u seksual faoliyatni boshqa faoliyat bilan almashtirish (sublimatsiya) mumkinligini ilgari surdi. Bu faoliyat nima? Unda axloq qonunlariga zid kelmaydigan faoliyatlar (fan, madaniyat, sport, ijod va h.k) kiradi. Bu nazariyani Z. Freydgacha ham o'rganishgan. Biroq Z. Freyd insoniyat yaratgan madaniy boyliklarni ana shu xil evrilish (sublimatsiya) mahsuli deb bildi.
Umuman olganda, psixoanaiitik yo'l bilan davolash nimaga asoslangan? Oddiyroq qilib tushuntirganda, psixoanaiitik bilan yolg'iz qolgan mijoz o'zini erkin qo'yib, ko'zlarini yarim yumgan holda yotadi yoki bemalol o'tiradi va xayoliga kelgan barcha fikrlarini oqizmay- tomizmay so'zlab beradi. Bu yerda birorta ham sir qolmasligi va bemor uyalmasligi kerak. Ma’noli so'zlarmi, ma’nosizmi, bemor ularni psixoanalitikka ochib tashlashi kerak, zarur bo'lsa, bu maqsadga erishish uchun gipnoz ham qo'llaniladi. Ana shundagina, Z. Freyd ta’biri bilan aytganda, ruhiy poklanish, ya’ni «katarsis» ro'y beradi va tuzalishjarayoni jadal kechadi. Z. Freydning fikricha, eng muhimi mazkur assotsiatsiyalar ong tomonidan boshqarilmasligi kerak va bemor fikrini erkin ifodalashi zarur. Psixoanalitiklarning ta’kidlashicha, ana shundagina ong ostiga qamalgan xohish-istaklar va ong tomonidan taqiqlangan ziddiyatli muammolar o'z yechimini topadi va natijada nevroz chekinadi.


136


  1. Freyddan keyingi psixoanaliz


Z. Freyd ta’limotining tarafdorlari ham, tanqidchilari ham ko'p bo'lgan. Uning engyaqin safdoshlari va shogirdlari bo'lmish Alfred Adler va Karl Gustav Yung uning ta’limotini avvaliga qo'llab-quvvatlashdi, keyinchalik undan qisman voz kechishdi. A. Adler individual psixologiya, K.G. Yung analitik psixologiya to'g'risidagi o'zlarining ta’limotlarini yaratishdi. Bu ta’limotlarida Z. Freydni tanqid qilishsa-da, aslida ular tanlagan yo'nalish psixoanalizning davomi edi.
A. Adler fanga «yetishmovchilik hissi»
degan tushunchani kiritdi. Uning fikricha, bu tuyg'u tabiiy va tug'ma bo'lib, har birimiz uchun xosdir va shaxsning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Adlerning fikricha, har bir inson umri mobaynida o'zidagi ushbu yetishmovchilikdan qutulish uchun boshqalar ustidan hukmronlik qilish va ularning faolligini bostirishga inlilib yashaydi. Buning uchun u o'zidagi barcha imkoniyat- lami ishga soladi va jamiyatda o'z o'rnini topishga intiladi. Adler bu jarayonni kompensatsiya yoki superkompensatsiya deb atadi. Superkom- pensatsiya yetishmovchilik hissiga bo'lgan tug'ma reaksiyalarning ijtimoiy bir ko'rinishidir. Adlerning fikricha, ana shu tug'ma instinktlar odamni atrofdagilarga nisbatan tajovuzkor qilib qo'yadi. Shu sababli odamda nevroz rivojlanishining oldini olish uchun undagi yetishmovchilik hissini bartaraf etish zarur. Demak, A.Adler ham o'z ta’limotida inson ruhiyatining rivojlanishida instinktiv reaksiyalarga urg'u bergan.
K.G. Yungning ta’limoti biroz boshqacha edi. U «jamoa ongsizligi» degan tushunchani taklif qildi. Yung individual ongsizlik va jamoa ongsizligi orasida aniq bir chegara chizig'i o'tkazdi. Uning fikricha, jamoa ongsizligi individual ongsizlikdan farqli o'laroq, avloddan-avlodga uzatiladi va «men» jamoa ongsizligi ta’siri ostida rivojlanadi.
Yungning fikricha, individual ongsizlik odamning shaxsiy tajribasida aks etadi. Bu tajribalar, albatta, qachonlardir ongda aks etgan, lekin undan siqib chiqarilishi natijasida unut bo'lib ketgan. Jamoa ongsizligi

  • bu umuminsoniy tajribalar bo'lib, har bir millat va elatlar uchun xos, u o'tmishimizning yashiringan xotira izlari. U mifologiya, xalq dostonlari va diniy qarashlarda aks etgan bo'lib, hozirgi zamon kishilarining ongida tushlar ko'rish orqali namoyon bo'lib turadi. Yung Freydning seksual nazariyasini tan olmadi va nevrozlar rivojlanishining boshqa bir qancha sabablarini ko'rsatib, ularni isbot qilib berdi. Ularning ichida ijtimoiy kelishmovchiliklar va inson hayotidagi fojiali davrlarni ham asosiy omil sifatida ko'rsatdi.

Z. Freyd nazariyasini talqin va tanqid qiluvchilar safi yana kengaya bordi. O'tgan asrning 30-yillari oxirida neofreydizm shakllana boshladi.


137




Bu yo‘nalishning eng ko'zga ko‘ringan tarafdorlari E. Fromm va K.Xomi edi. Ular psixoanalizni o‘rganishda sotsiologik yo‘nalishdagi nazariyalardan ham foydalanishdi. Ular instinktiv jarayonlarni inkor qilmagan holda insonning yashash faoliyatida odamlar orasidagi munosabatlarni ustun qo‘yishdi. Ular nevrozlarning kelib chiqish sababini quyidagicha yoritishadi: odam bolasi tug‘ilgandan xavotirda yashaydi, chunki uning qarshisida adovatli dunyo paydo boMadi va bu xavotir e’tibor va mehribonlikning yo‘qligidan kuchayib boradi. Keyinchalik esa individ sotsial omillarning qaqshatqich zarbasiga duch keladi va jamiyatda yolg‘izlanib qoladi, u o‘zining jamiyatga nisbatan begonaligini anglaydi. Demak, ularning fikricha, jamiyat shaxsning sinxron rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun ham nevrozning asosiy sababchisi jamiyatdir va aynan individni sog‘lomlashtirish orqali jamiyatni sog‘lomlashtirish mumkin.
E. Fromm shaxsning rivojlanishida tug‘ma omillarning ahamiyatini, ya’ni bolaning seksual rivojlanishi, Edip komleksi va jinsiy munosabatlarning ahamiyatini bo'rttirib ko'rsatmaslikni aytadi. U har bir odamdagi ruhiy kechinmalarni ijtimoiy muhitga sho‘ng‘ib ketganligida deb biladi. Demak, seksual instinktlar shaxsni shakllantirmas ekan, balki shaxsning o‘zi ularni belgilab beradi.
K. Xorni ta’limotida ham ijtimoiy omillarning ahamiyati yuqori ekanligini ko‘rish mumkin. U insonning xulq-atvorida uni o‘rab turgan jamiyatga nisbatan quyidagi uchta yo‘nalishni ajratdi: odamlarga intilish, ya’ni mehribonlik izlash, odamlardan yiroqlashish, ya’ni yolg‘izlikka intilish, odamlarga qarshi turish, ya’ni hukmronlikka intilish. Ushbu xususiyatlarning qaysi biri ustun kelishiga qarab 3 xil nevrotik shaxs shakllanarkan:

  1. itoatkor, qanday bo‘lmasin boshqalaming muhabbati va e’tiborini qozonishni istovchi;

  2. jamiyatga qarshi chiquvchi, undan yiroqlashishga intiluvchi;

  3. davlatparast va odamlar ustidan hukmronlikka intiluvchi. K. Xorni fikricha, bu reaksiyalarning barchasi insonni qoniqtirmas ekan, xavotir hech qachon yo‘qolmaydi, aksincha, kuchaya borib, yangi va yangi kelishmovchiliklarni yuzaga keltiraveradi.

Shunday qilib, K. Xomining nevroz haqidagi ta’limotini quyidagicha sharhlash mumkin: nevroz kurtaklari bola tug‘ilgandan keyingi xavotirdan boshlanadi va unga dushman bo‘lgan adovatli dunyo bilan kurashish natijasida davom etadi. Buning natijasida yuqorida qayd qilingan uchta himoya strategiyasi ishlab chiqiladi.
Psixoanaliz falsafiy fan sifatida ham o‘rganib kelinmoqda. Bu yo'nalish nafaqat ongsiz jarayonlarni, balki ongli jarayonlarni ham chuqur


138




o‘rganishga zamin yaratdi. Shuningdek, psixoanaliz etika, estetika va boshqa madaniy fanlar rivojiga ham o'z ta’sirini ko‘rsatdi. Ayniqsa, tibbiy psixologiyaga uning ta’siri o‘ta kuchli bo‘ldi. Bugungi kunda psixoana­litiklar eng og‘ir psixopatologik sindromlami davolashda katta muvaf- faqiyatlarga erishib kelmoqdalar. Psixoanaliz inson tabiatini o‘rganish va psixoterapevtik muolajalar o‘tkazishda keng qo‘llanib kelinmoqda. Psixogen kasalliklarning kelib chiqishida ijtimoiy va madaniy omillar chuqurroq tahlil qilinmoqda.
0‘z faoliyatini aynan nevrozlarning mohiyatini o‘rganishdan boshlagan nevrolog olim Zigmund Freyd, keyinchalik mashhur psixiatr, psixoanalitik va faylasuf bo'lib yetishdi. Bugungi kunda uning ta’limoti tibbiy va ijtimoiy fanlarga chuqur kirib kelgan. Bular nevrologiya, psixiatriya, psixologiya, seksologiya, falsafa, etika, estetika va shu kabilardir.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling