Tibbiyot psixologiy asi
tibbiyot
8-jadval
Otasida ham, onasida ham ruhiy nuqsonlar aniqlangan buyuk shaxslar ro‘yxati Buyuk shaxslar |
Otasi | |||
Onasi | ||||
Iqtidor |
Nuqson |
Iqtidor |
Nuqson | |
Kepler |
+ |
+ |
|
+ |
Gyote |
+ |
+ |
+ |
+ |
Blok |
+ |
+ |
+ |
+ |
Mopassan |
|
+ |
+ |
+ |
Bayron |
+ |
+ |
|
+ |
Shopengaucr |
|
+ |
+ |
+ |
Balzak |
+ |
+ |
|
+ |
Bu jadvallardan ko'rinib turibdiki, buyuklik (aniqrog'i, iqtidor) va ruhiy nuqsonlar nasldan-naslga o'tishi mumkin. Ular orasida uzviy bog‘liqlik bor va ruhiy buzilishlar dunyo miqyosida nomi chiqqan buyuk shaxslar (Stendal, Nitshe, Eynshteyn, Russo, Gyote, Balzak va h.k) da aniqlangan. Muallifning fikricha, ruhiy sog'lom kishilarda iqtidor sogiom miya tomonidan «bosib» turiladi va talantning «otilib» chiqishiga yo‘l
143
qo'ymaydi. Ruhiy nosog'lom shaxslarda esa
bunday to‘siq yo'q va talant bemalol o'zini
to‘la namoyon qila oladi. Tadqiqotchi o'z
fikrini davom ettira turib, quyidagi xulosada
to'xtaladi: buyuk kishilarning genida ikkita
komponent mavjud bo‘lib, ulardan biri uning
ajdodlaridan o‘tgan iqtidor bo‘Isa, ikkinchisi
ruhiy nuqsondir. Bunday irsiy buzilishlar buyuk
shaxslarning o‘zida kuzatilmasa-da, ularning
yaqinlari (akasi, ukasi yoki singlisi)da
kuzatilgan. Masalan, Gegel, Didro va
«.cjuanicjii Shumanning singillarida, L.Tolstoy, Gyugo,
(1879-1955) Feyerbax va Uspenskiylarning ukalari ruhiy
kasal bo‘lgan.
G.V.Segalinning fikricha, buyuk shaxslarning farzandlari aksariyat hollarda aqli past va ruhiy nuqsonlarga boy bo'lishadi. Masalan, Bax, Shuman, Tatsit, Mendelson, Gyotening o‘g‘illari va Mark Tvenning qizi ruhiy kasal bo'lgan. Tadqiqotchilar yana bir qiziq, umuman olganda, hammaga ma’lum bo'lgan bir taxminni o'rtaga tashlashadi. Ba’zida buyuk shaxslar sog'lom bo'lgan taqdirda ham ular o'z talantlarini ro'yobga chiqarish uchun aroqxo'rlikka ruju qo'yishgan. Haqiqatan ham eng jozibali she’rlar va kashfiyotlar mast holda yaratilganligini ko'pchilik biladi. Go'yoki aroq talantni bosib turgan to'siqni olib tashlaydi va buyuk shaxsning miyasida paydo bo'lgan olamshumul fikrlarni ro'yobga chiqaradi. Bu flkrga qisman qo'shilish mumkin, albatta, lekin hech qachon aroqni yoki boshqa spirtli ichimliklami talantning yo'iboshchisi sifatida e’tirof etmaslik kerak. Bizningcha, buyuk shaxslarda uchraydigan aroqxo'rlik (ba’zan xotinbozlik) ruhiy yetishmovchiliklarni qondiruvchi bir omil, xolos. Bugungi kunda mutaxassislar talantni ro'yobga chiqaruvchi omillar ustida ish olib borishmoqda. Lekin maktabni zo'rg'a tamomlagan va doimo qoloq bo'lgan Albert Eynshteynning talantini ro'yobga chiqarish bilan hech kim alohida shug'ullanmagan. Shunday bo'lsa-da, u buyuk shaxs bo'lib yetishdi va olamshumul kashfiyotlari bilan Xalqaro Nobel mukofoti sovrindori bo'ldi.
Yuqorida keltirilgan ma’Iumotlarga qisman bo'lsa-da, tanqidiy ko'z bilan qarash kerak. Vaholanki, faqat ruhiy nuqsoni bo'lgan odamgina buyuk shaxs bo'lib yetishadi, deb xulosa qilish haqiqatga zid bo'lur edi. Chunki, Motsart, Shekspir, Dyuma, Shopen va Raxmaninov (bu ro'yxatni ko'plab davom ettirish mumkin) kabi buyuk shaxslarda ruhiy nuqsonlar bo'lmagan. Yana shuni ta’kidlash lozimki, yuqorida nomi tilga olingan shaxslar ruhiy shifoxonalarda davolanishmagan va aksariyat hollarda
144
ularning xulq-atvoridagi g‘alati o'zgarishlarga qarab baho berilgan, xolos. Bunday paytlarda ruhiy kasallik haqida emas, balki shaxs aksentuatsiyasi haqida fikr yuritish kerak.
Ko‘rib turganimizdek, iqtidor ham, ruhiy nuqsonlar ham go'yoki tug'ma alomatlardir. Buyuk shaxslardagi talantni rivojlantirib, ruhiy nuqsonlarni hech bo'lmasa kamaytirish mumkinmi? Psixogenetiklar bu muammo ustida bosh qotirmoqdalar, tarbiya va ta’limning buyuk shaxslami voyaga yetkazishga ta’sirini o'rganmoqdalar. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda bu muammoga katta e'tibor qaratish kerak. Zero, har bir buyuk shaxs yoki daho millionlab odamlarning taqdirini hal qiladi, chunki siyosat bilan shug'ullanadigan ba’zi «dohiylar» xalqlar ustiga kulfatlar yog‘dirgan va yog‘dirmoqdalar.
Download 0.96 Mb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling