Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet52/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

Shaxs tiplari

Leongard shaxsning 10 ta tipini ajratib o'rgandi. Quyida ularning ta’rifini keltiramiz:

  1. Namoyishkor shaxs. Bu tipga mansub shaxslarning xulq-atvorida namoyishkorlik doimo sezilib turadi, ular barcha xatti-harakatlarni namoyishkorona bajarishni xush ko'rishadi. Atrofdagilar bilan tez va osonlikcha muloqotga kirishadi, ishchan va harakatchan bo'lishadi. Hiyla va nayrangga usta, yolg'on gapirishga moyil, olifta, makkor, xayolparast, o'z shaxsini bo'rttirib ko'rsatuvchi va shu bilan birga boshqa birovlarni bir-biriga to'qnashtirib janjalli vaziyatlarni yuzaga keltirishni xush ko'rishadi. Maqtovtalab, manman bo'lishadi. Har qanday ishga tavakkal qilib qo'l urib ko'rishadi, rahbarchilikka intilishadi, atrofdagilarning e’tiborida bo'lishga intilib yashashadi. Odamlar bilan tez til topishib ketishadi, har qanday vaziyatga tez moslashib olishadi, agar ularning xatti-harakatlari atrofdagilar tomonidan tan olinmasa yoki e’tibor qilinmasa, ularning kayfiyati tez buziladi va suhbatni boshqa yo'nalishga o'zgartirib yuborishadi. Mana shunday paytlarda ular o'z foydasiga janjalli vaziyatlarni yuzaga keltirishga urinib ko'rishadi va bunga erishishadi ham. Ular judayam egoist bo'lishadi, doimo diqqat-e’tiborda bo'lishni xohlashadi, maqtovga chanqoq bo'lishadi, agar atrofdagilar uni maqtamasa, u o'zini maqtab boshlaydi, yonidagi suhbatdoshini hayratda qoldiradigan uydirmalaro'ylab topadi, o'zining so'zamolligidan faxrlanib yuradi. Uning oldida birovni maqtashning foydasi yo'q, chunki bu uning kayfiyatini tushirib yuboradi, bunday paytlarda u suhbatni yana o'z foydasiga burishga intilib ko'radi yoki dialogni to'xtatib qo'ya qoladi. Mabodo u bilan avval og'irroq vaziyatlar ro'y bergan bo'lsa, suhbat chog'ida bu voqeani bo'rttirib so'zlab beradi, atrofdagilarda unga


145




nisbatan hamdardlik va achinish hissini paydo qilishni xush ko'radi. Agar uning so‘zlariga e’tibor qilinmasa, tez jahli chiqadi,biroq buni sezdirmaslikka harakat qiladi. U doimo atrofida odamlarni to'plab va’zxonlik qilishni, jamoaga yetakchilik qilishni yoqtiradi va o‘zi alohida ko‘zga tashlanib turishni istaydi. U yolg‘izlikni yoqtirmaydi. Shuning uchun ham u doimo mansabga intiladi, ichki tuyg‘ularini ro'yobga chiqaruvchi, o'zini ko'z-ko'z qilishga katta imkoniyatlar yaratib beruvchi yagona vaziyat - bu mansabdir. Shuning uchun ham u qanday bo'lmasin biror bir mansabni egallashni orzu qilib yashaydi. Aslida uning xatti- harakatlari doimo ham haqiqatga mos kelavermaydi, agar kichikroq bir favqulodda vaziyat yuzaga kelsa, jamoani yig'ib juda katta shov-shuv ko'taradi, yig'in paytida ataylab ziddiyatli vaziyat yaratadi, jamoa a’zolari ichidan aybdorni izlay boshlaydi, topa olmasa birovni-birovga to'qnashtirib aybdorni topib oladi va uning obro'sini hammaning oldida yerga urib tashlaydi, o'zini esa faol himoya qilishga intiladi. Janjalni ham o'z foydasiga hal qilib, vaziyatdan «qahramon» bo'lib chiqishga urinadi va aksariyat hollarda bunga erishadi ham. Unda siqib chiqarish xususiyati (psixoanalizda Freyd tomonidan taklif qilingan
«siqib chiqarish» atamasi bor) kuchli bo'ladi, ya’ni o'ziga yoqmagan voqea va hodisalar tafsilotini xotirasidan o'chirib tashlash qobiliyatiga ega bo'lishadi. Yolg'on gapirish uning uchun odatiy holdir, uning hayot tarzida yolg'on va haqiqatlar shu darajada chalkashib ketadiki, keyinchalik gapirgan gaplarining qaysi biri yolg'onu, qaysi biri haqiqatligini o'zi ham anglay olmay qoladi. Shuning uchun ham ularga keyinchalik bo'lib o'tgan voqealar aytib berilsa eslay olishmaydi, biroq haqiqatdan ham eslay olmayaptimi yoki eslashni xohlamayaptimi, bilib olish o'ta mushkuldir. Bunday odamlarni psevdolog, ya’ni yolg‘onchi deb ham aiasnadi. Shu asnoaa ularning fikrlash doirasi kengligini alohida ta’kidlab o'tish lozim, ba’zan inson hayratda qoladigan ishlarga tavakkal qilib qo'l urishadi va ishchanlik qobiliyati yuqoriligi uchun ancha yutuqlarga erishishadi ham.

  1. Qotma shaxs. Muloqotga hadeb kirishib ketmaydigan, kamgap, takabbur odam. Kam gapirsada, nasihat qilishni xush ko'radi. Unga nisbatan aslida mavjud bo'lmagan adolatsizlikdan aziyat chekib yuradi. Shu sababli uning xatti-harakatida odamlarga nisbatan ishonchsizlik va ehtiyotkorlik ustun turadi. Gina va xafagarchilikka beriluvchan. tez ranjiydigan, voqea va hodisalarga shubha bilan qaraydigan shaxs. U bilan yuz bergan voqealardan uzoq vaqt siqilib yuradi, xafagarchilikdan oson chiqa olmaydi, qasoskor bo'ladi. Bunday odamlar janjal va kelishmovchiliklarni yuzaga keltirishda tashabbuskor bo'lib qolishlari mumkin. Izzattalab, o'ziga qattiq ishonadigan va o'z bilganidan qolmaydigan sobitqadam bu shaxs biror bir ishni qat’iyatlilik bilan


146




boshlab oxiriga yetkazadi ham. Ular o‘ta ishchan bo'lib, har qanday sharoitda ham yuqori ko'rsatgichlarga erishishga intilishadi, boshlagan ishini birov bilan baham ko'rmay yolg'iz o'zi bajarishni xush ko'rishadi. Qaysar, o'jar va tez-tez affekt holatlariga tushib turadigan bu shaxslarning xulq-atvorida haqiqatgo'ylik, ranjish, tez hafa bo'lish, gumonsirash, rashk kabi turli xislatlar birgalikda namoyon bo'ladi. Ular affekt holatiga tushishsa ham, buni darrov yuzaga chiqaraverishmaydi, ichida saqlab qo'yishadi va bu borada ularning fikrini tez bilib olish qiyin.

  1. Rasmiyatchi shaxs. Sinchkov, maydakash va o'ta rasmiyatchi shaxs. Janjal va kelishmovchiliklarga kam aralashadi, agar janjalli vaziyatlarda paydo bo'lib qolsa, o'zini chetga oladi yoki passiv ishtirokchiga aylanadi, xolos. Shunday bo'lsa-da, shakllanib qolgan tartib-qoidalaming buzilishiga tezda diqqatini jalb etadi. Ishda u haqiqiy byurokrat bo'lib, har bir ishda rasmiyatchilikka boradi, qo'l ostida ishlaydiganlarga juda ko'p talablar qo'yib tashlaydi. O'z ishiga puxta, o'ziga va boshqalarga o'ta talabchan, tartibni xush ko'radigan, g'oyatda sinchkov bo'lib, har bir ishni reja asosida bajarishni yoqtiradi. Biror bir ishni boshlashdan oldin uni sinchkovlik bilan o'rganadi, reja tuzadi, o'zi ham o'sha rejaga qattiq amal qilishga harakat qiladi, o'z oldiga qo'ygan ishlarni shoshmasdan, biroq yuqori darajada sifatli bajarishga intiladi. Xatoga yoi qo'yilmadimi deb, o'zini va boshqalarni tez-tez tekshirib turadi. Rasmiyatchilik uning hayot tarziga aylangan bo'ladi, vaziyat shuni taqozo etsa mansabdan osonlik bilan voz kechadi. Ruhiy jarohatlarni uzoq vaqt esida saqlab yuradigan, og'ir tabiatli va o'ch olishga moyil shaxs.

  2. Ta’sirchan (qo‘zg‘aIuvchan) shaxs. Jizzaki, o'z his-tuyg'ularini jilovlay olmaydigan, qo'pol, janjalkash va tez g'azablanadigan kishilardir. Ularning xulq-atvorida instinktiv intilishlar ustun turadi. Ular badqovoq va zaharxanda kishilar bo'lib, birov bilan osonlikcha murosaga borishmaydi, doimo janjalning o'rtasida bo'lishadi, odamlar orasida kelishmovchiliklarning yuzaga kelishida faol ishtirokchilaridir, aksariyat hollarda esa janjalning muallifi ularning o'zi bo'lib chiqishadi. Jamoada uzoq ishlay olishmaydi, tez-tez yuzaga keladigan kelishmovchiliklar sababli bir joyda ishlay olishmaydi. Ularda verbal va noverbal reaksiyalar ancha sust bo'ladi, shuning uchun ham odamlar bilan bemalol til topishib keta olishmaydi. U biror bir ishga ishtiyoq bilan kirishmaydi, ishga ham zarurat uchun boradi, biror bir sohani yoki ilmni o'zlashtirishga ham ishtiyoq bo'lmaydi. Kelajakka befarq, bugungi kun bilan yashaydi, ko'ngli o'yin-kulgi va vaqtichog'likni istaydi. Hamma bilan til topishavermagach o'zidan, o'zidan kuchsizroq odamlar bilan muloqot qilishga va ularni o'ziga bo'ysundirishga intiladi. Yuqori darajadagi qo'zg'aluvchan bu shaxslarni boshqarish qiyin bo'lib, ularning xatti-


147




harakatlari atrofdagilar va jamoa obro‘si uchun xavfli vaziyatni yuzaga keltirishi mumkin.

  1. Gipertim shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar yuqori darajada harakatchanligi, so'zamonligi, mimikalarga boy xatti-harakatlari, dilkashligi bilan ajralib turishadi. Ular har qanday odamlar bilan tezda muloqotga kirib keta oladi, ulfatchilikni xush ko‘rishadi, shum va sho‘x bo'lishadi. Suhbal chog‘ida dastlabki mavzudan tezda chetga chiqib ketishi mumkin, buni o‘zi ham sezmay qoladi. 0‘z tengdoshlari orasida e’tiborda boiishni, iloji bo‘lsa ularga yo‘Iboshchi bo'lishni va shovqin- suronli hayotni xush ko'radi. Deyarli doimo yaxshi kayfiyatda bo'lishadi, o'zlarini yaxshi his qilishadi, yuqori hayotiy quvvatga va ishtahaga ega bo'lishadi, yuzi-ko'zi kulib turadi, hayotdan quvonib yashashadi. Ular o'ziga yuqori baho berishadi, chaqqon va yengiltak bo'lishadi, quvnoq hayotni yoqtirishadi, ishbilarmonchiligi bilan ajralib turishadi, yuzaki ishlarni zudlik bilan bajarib tashlashadi. Ular juda ajoyib suhbatdosh bo'lib, atrofdagilaming ko'nglini chog' qilib o'tirishni xush ko'rishadi, ko'ngil yozar ishlarga yo'lboshchilik qilishadi, kerak bo'lsa turli xursandc’niliklarni o'zlari o'ylab topishadi va boshqalarni bunga jalb qilishadi. Bu ishlarga keragidan ortiqcha berilish janjalli vaziyatlarning kelib chiqishiga turtki bo'ladi. Agar ular qilayotgan ishlariga ochiq to'sqinlikni sezishsa yoki bu ishlarni amalga oshirayotganda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, asabiylashib ketishadi, g'azabi qo'zg'aydi. Ba’zan o'z majburiyatlariga yuzaki qarashadi, qattiq tartib intizomga ularning toqati yo'q. Hayot tarzida bir xillikni va yolg'izlikni yoqtirishmaydi, ba’zan axloqsiz ishlarga qo'l urib qo'yishadi.

  2. Distimik shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar o'zining jiddiyligi bilan ajralib turishadi, ular o'ta bosiq bo‘lib, kayfiyati past odamni eslatadi. Ularning harakatlari sust bo'lib, kelajakka pessimistik ruhda qarashadi, o'z imkoniyatlarini ham past baholashadi. Ular birovlar bilan kam muloqotga kirishadi, davralarda suhbatga aralashmay jim o'tirishni xush ko'rishadi. Bunday odamlar ko'cha-kuylarga chiqmay uyda o'tirishni afzal ko'rishadi, g'ala-g'ovur va shovqinli joylardan chetroq yurishadi, yolg'izlikni yoqtirishadi. Bundaylarni o'troq hayot kechiruvchilar deb atash mumkin, biroq ular bilan yaqinlashishga intilganlarni hurmat qilishadi, ularga bo'ysunishga ham tayyor turishadi, haqqoniy do'stlikning qadriga yetishishadi. To'g'rilik va haqiqatgo'ylikka intilishadi, biroq o'z fikrini bayon qilishda ancha sust bo'lishadi.

  3. Xavotirli shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlar birovlar bilan darrov muloqotga kirishib keta olishmaydi, doimo xavotirda bo'lishadi, qo'rqoq va uquvsiz bshlishadi, o'ziga ishonmaydi. Ular qorong'ulikdan, uyda yolg'iz qolishdan va hayvonlardan qo'rqishadi. O'z tengdoshlariga


148




qo‘shilib keta olmaydi, ulardan o‘zini chetga oladi, shovqinli, o'yin- kulguli joylarni yoqtirishmaydi, mabodo bunday joylarda paydo bo'lib qolishsa ham uyalib chetda tomoshabin bo'lib turishadi. Agar ularning mehnat yoki o'quv faoliyatini kimdir tekshirmoqchi bo'lsa yoki biror bir fandan imtihon topshirishga to'g'ri kelsa, bunday holatlami u juda og'ir qabul qiladi, o'ziga ishonchsizligi yana kuchayadi, juda bezovtalana boshlaydi. Agar biror bir masala bo'yicha nutq so'zlash kerak bo'lsa yoki auditoriyada ma’lumot berish zarurati tug'ilsa, u qattiq terga botadi, uyalib ketadi. Shuning uchun ham ular o'z xohishi bilan minbarga chiqishmaydi. Kattalar himoyasiga o'zini jon deb otadi, biroq ularning uzundan-uzoq pand-nasihatlari unda vijdon azobini qo'zg'aydi, o'zining uquvsizligidan va uyatchanligidan aziyat chekadi, shunday bo'lsa-da o'zini yupatib yuradi, shundayligidan siqilib ba’zan yig'lab ham oladi. Ularda burchga sadoqat, mas’uliyat hissi, yuqori darajadagi axloq va odob tamoyillari ancha erta shakllanadi. O'zida mavjud bo'lgan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qudrati yetadigan ishlar bilan shug'ullanishga intiladi, o'sha yerda o'z imkoniyatlarini to'la ochishga harakat qiladi.
Bolalik paytidan mavjud bo'lgan uyatchanligi va tortinchoqligi sababli katta bo'lganda ham o'zi xohlagan odamlar bilan tezda muloqotga kirishib keta olmaydi. Ko'p gap ko'tara olmaydi, agar uni nohaq ayblashsa, o'zini himoya qila olmaydi, o'sha yerda kuchliroq odamlarning himoyasini xohlab qoladi. Atrofdagilar bilan janjalli voqealarga kam aralashadi, agar kelishmovchiliklar orasiga tushib qolsa, passiv ishtirokchiga aylanadi, xolos. Ular bilan do'stona munosabatlarni boshlash oson, ular o'z imkoniyatlarini tanqidiy baholay olishadi, xulq- atvoridagi kamchiliklarni his etishadi, har qanday topshiriqni bajarishga tayyor shaxslardir. Ularni «Mehribonlik izlovchilar» deb atash mumkin. Ular o'zlarini-o'zlari himoya qila olmaganliklari sababli hamkasblari tomonidan kulguli voqealarning qahramonlariga aylanib qolishadi, shuning uchun biron bir nojo'ya voqea yuz bersa osonlikcha uning bo'yniga ag'darishadi.

  1. Xushchaqchaq shaxs. Bu toifaga kiruvchi odamlarning xulq- atvorida yaqqol ko'zga tashlanib turadigan xislatlar - bular o'ta baxtiyorlik, zavqlanish, xushchaqchaqlik, shodlanish, huzurlanish hissidir. Boshqalarga shodlanish, zavqlanish hissini yuzaga keltira olmaydigan vaziyatlar ularda shunday his-tuyg'ularni yuzaga keltira oladi. Ozgina bo'lsada, quvonchli voqealar darrov ularning e’tiborini tortadi va kayfiyatini ko'taradi, xuddi shunday g'amgin voqealar esa ularning kayfiyatini tushiradi. Ular muloqotga tez kirishib ketishi, so'zamonligi va yoqimliligi bilan boshqalardan ajralib turishadi, ular kulishsa yayrab


149




kulishadi. Shuning uchun ham ular ko'pchilikka yoqadi. Ular bahslashishni xush ko'rishadi, biroq bahsni janjalgacha yetkazishmaydi. Turli xil kelishmovchiliklar orasiga tushib qolishsa, vaziyatga qarab yo faol yo passiv ishtirokchiga aylanishadi. Ular do'stlariga va yaqinlariga juda bog‘lanib yashashadi, achinish va rahmdillik hissi yaxshi rivojlangan bo‘ladi, o‘z his-tuyg‘ularini hech yashirmay yaqqol namoyon qila olishadi. Agar suhbat chog'ida ularni yaqinroq bilishga biroz harakat qilinsa, bemalol buning uddasidan chiqish mumkin, ya’ni ular o'z dardini yoyib tashlashlari mumkin. Aksariyat hollarda vahimachi bo'lishadi, arzimagan vaqt ichida kayfiyati tez o'zgarib qolishi va birdan «portlab ketishi» mumkin. Ular beqaror ruhiyat egasi hisoblanishadi.


  1. Download 0.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling