Tibbiyot psixologiy asi
Miyadan ketmaydigan fikrlar
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
Miyadan ketmaydigan fikrlar
Nevrozning bu turi qadimdan ma’lum bo'lib, bu kasallik psixoasteniya deb ham atalgan. Psixasteniya atamasini fransuz olimi Per Jane taklif qilgan va miyadan ketmaydigan fikrlar bu kasallikning asosiy belgisi ekanligini aytgan. Agar tarixga bir nazar tashlaydigan bo'lsak nevrasteniya, isteriya va psixasteniyaning klinik belgilari to'g'risida Sharq olimlari (ayniqsa, Ibn Sino) risolalarida ko'p bor eslatib o'tilgan. Bir necha asrlardan so'ng deyarli barcha kasalliklar singari nevroz va psixasteniyalar ham Yevropa olimlari tomonidan sistemalashtirildi, ularga nom berildi va tasniflari yaratildi. Shuning uchun bo'lsa kerak, biz Yevropa olimlari tomonidan yaratilgan daxsliklarda Sharq (Markaziy Osiyo, Xitoy, Eron, Iroq va h.k) olimlarining nomlarini juda kam uchratamiz. 244 Miyadan ketmaydigan fikrlar nevrozning bir turi hisoblanib, uning uchun psixastenik belgilar xosdir, ya’ni doimiy shubha, qo'rquv, miyaga azob beruvchi tasawurlar va g‘oyalar, turli harakatlar va intilishlar. Bemor bu fikrlarning barchasidan qutulishga harakat qiladi, davo choralarini izlaydi, lekin bu urinishlar, ko‘pincha, zoye ketadi, uni miyaga o'mashib qolgan fikrlar qiynayveradi. Miyadan ketmaydigan fikrlarning doimiyligi, takrorlanuvchanligi va ulardan qutulishning o‘ta qiyinligi bemomi qiyin ahvolga solib qo'yadi. Bu holatlarga bemor tanqidiy nuqtai nazar bilan qaraydi, ularning asosli emasligi va g‘alati ekanligini tushunadi, ularga bardosh berishga intiladi, lekin fikrlar uning xohish-irodasiga bog'liq bo'lmagan holda paydo bo'laveradi. Bemor ularni mustaqil ravishda yenga olmaydi. Miyadan ketmaydigan fikrlarning yaqqol klinik ko'rinishlari, bular qo‘rquv (fobiyalar) va miyaga o'rnashgan turli g‘oyalardir (obsessiyalar). Fobiya xayoldan ketmaydigan qo'rquvdir. Uning quyidagi turlari farq qilinadi: Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling