Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Depressiya etiologiyasi
Depressiya
Jahon sogMiqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra yer sharida depressiya bilan ro'yxatga olinganlar soni 160.000.000 dan oshgan. Biroq, aksariyat mutaxassislar fikricha, depressiya bilan kasallangan har uch bemorning biri vrach nazoratida turadi, xolos. Boshqa bir guruh mutaxassislaming fikricha esa depressiya bilan kasallanganlar sonini aniqlash mushkul, chunki u turli klinik ko'rinishda namoyon bo‘lmoqda va hammavaqt ham tashxis to‘g‘ri aniqlanayotgani yo'q. Chunki depressiya bilan og'rigan bemorlarning hammasi ham psixiatr yoki psixologlarga murojaat qilishmaydi. Yevropa davlatlari mutaxassislarining ma’lumotlariga ko'ra depressiyada somatik buzilishlar ko'p uchragani sababli bemorlarning deyarli 80 foizi umumiy amaliyot shifokoriga murojaat qilishadi. Biroq, ular tomondan 5 foiz holatlardagina «depressiya» tashxisi to'g'ri aniqlanadi. Boshqa bemorlar turli tashxislar bilan turli mutaxassislarga davolanib yurishadi. Kasallik avj olib, bemor og'ir depressiya holatiga tushgandan so'ng ular psixiatr yoki psixologga yuboriladi. Depressiyaning takrorlanishi, vaqti-vaqti bilan klinik belgilarining kuchayib turishi va surunkali kechishi bu kasallik bilan og'rigan bemorlarni doimiy nazoratga olishni taqozo etadi. Iqtisodiy jihatdan olganda ham depressiya «eng qimmat kasalliklardan» biridir. Masalan, AQSh da depressiyani davolash bilan bog'liq bo'lgan sarf-xarajatlar yiliga 48 mlrd. dollarga tengdir. Taqqoslash uchun: yurak qon-tomir kasalliklarini davolashga 43, o'pka kasalliklarini davolashga 18 mlrd. dollar sarf qilinadi. Barcha tibbiy kasalliklar ichida depressiyaning tarqalish darajasi 22-33 foizga teng bo'lib, eng ko'p tarqalgan kasallik bo'lmish arterial gipertenziyadan oshib ketadi (W. Katon, M. Sulliven, 2006). Depressiya rivojlangan davlatlarda ko'p uchragani uchun uning shakllanishida ijtimoiy omillarda ham e’tibor berishadi. XXI asr- stress asri deyilmoqda. Bu asr deyarli barcha davlatlarda kuchli ijtimoiy- inqilobiy burilishlar bilan boshlandi. Aksariyat mutaxassislar depressiyaning tarqalish darajasi davlatning egallab turgan iqtisodiy- ijtimoiy maqomiga bog'liq emas, deb hisoblashadi, boshqa birlari esa mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli depressiyaning tarqalish darajasiga ta’sir ko'rsatadi, deyishadi. Biroq, tan olish lozimki, hayot tarzining keskin o'zgarib borishi, vaqtning doimo tig'izligi, jamiyatdan orqada qolmaslik, individuumga talablarning kundan-kunga oshib borishi, turmushning poygaga o'xshab borayotganligi, muvaffaqiyatsizliklardan qo'rqib yashash kabi vaziyatlar ham depressiya shakllanishiga turtki bo'ladi. 247 Depressiya bilan og‘riganlar soni va ular orasida joniga qasd qilayotganlarning yildan-yilga ko‘payib borishi bu kasallikning katta tibbiy-ijtimoiy muammoga aylanganini ko‘rsatadi. Aksariyat xorij davlatlarida bu muammoning yechimini samarali hal qilish uchun umumiy amaliyot shifokorlari depressiya bo‘yicha maxsus dasturlar orqali o‘qitilib, bemorlarga yordam ko‘rsatish usullari o'rgatilmoqda. Ya’ni umumiy amaliyot shifokori depressiyani aniqlashi va uni mutaxassisga jo‘natishi, mutaxassis tavsiyalari bilan tanishib chiqqan holda bemorni nazoratga olishi va davolash jarayonida faol ishtirok etishi lozim. Diplomga ega tibbiy psixolog xuddi psixiatr kabi depressiyaning og‘ir turlarini o'zi mustaqil davolashga haqlidir. Depressiya insonning yashash tarziga salbiy ta’sir ko'rsatadi, bemorning atrof-muhitga moslashuvini susaytiradi, odamlar bilan munosabatini murakkablashtiradi. Depressiya - surunkali kechuvchi patologik holat bo'lib, aksariyat hollarda, somatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladi. Depressiya etiologiyasi Depressiya, asosan, o'tkir va surunkali ruhiy jarohatlardan so'ng paydo bo'ladi. Ba’zan hech qanday sababsiz rivojlanadi, bunday paytlarda depressiyaga nasliy moyillik haqida so'z ketadi. Depressiya og'ir va uzoq davom etuvchi somatik kasalliklar bilan og'riydigan bemorlarda ham rivojlanib, uning ahvolini og'irlashtiradi. Depressiya ba’zan uzoq vaqtli remissiyalardan so'ng takrorlanib turishi mumkin. Davolanishdan qat’i nazar, yillab davom etadigan depressiyalar ham bo'ladi, bunday paytlarda uning og'ir tun haqida so'z yuritiladi. Somatik simptomlar ustunlik qiluvchi yoki ruhiy-hissiy buzilishlarsiz faqat somatik simptomlar bilan kechuvchi depressiyalar ham mavjud. Bunday hollarda niqoblangan depressiya tashxisi qo'yiladi va uni to'g'ri aniqlash ancha vaqt talab qiladi, ba’zan u aniqlanmay qoladi. Depressiyaning kelib chiqishida tibbiy-psixologik omillardan tashqari, ijtimoiy va biologik omillarga ham katta e’tibor beriladi. Biologik omillardan, avvalambor, miyada mediatorlar (serotonin, noradrenalin, atsetilxolin va h.k.) almashinuvi buzilishiga katta e’tibor qaratiladi. Depressiyaning an’anaviy tasnifiga binoan uning kelib chiqishiga qarab psixogen, konstitutsional, endogen va somatogen (organik) turlari farq qilinadi. Ularning klinik ko'rinishlari ham bir-biridan biroz farq qiladi. Kasalliklarning X-halqaro tasnifiga binoan ruhiy va xulq-atvor buzilishlar sindromal prinsipga asoslanib tuzilgan. Bunda asosiy e’tibor kasallikning klinik ko'rinishiga qaratiladi. 248
Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling