soha Brok
Premotor
soha
a.ccrcbri
media
Umumiy sezgi markazi
Pariyetal
soha
Vernike
markazi
Ko'ruv
markazi
Gratsiole
tutami
— Mhacha
ustuni
36-rasm. Bosh miya chap yarim shari
Insult O‘choq
261
38-rasm. Qon tomirlar holati va insult rivojlanishi
qon aylanishining o‘tkir buzilishi oyoq-qo‘llar falajligi (gemiparez, monoparez), tananing bir tomonida sezgi buzilishlari (gemianesteziya, monoanesteziya) va nutq buzilishlari (motor va sensor afaziyalar) bilan namoyon bo'ladi.
Agar insult bosh miyaning chap yarim sharida rivojlansa tananing o‘ng tomonida kuzatiladigan falajliklar (gemiparez) va sezgi buzilishlari (gemianesteziya) nutq buzilishlari (afaziyalar) bilan namoyon bo'ladi (37-rasm). Agar insult bosh miyaning o'ng yarim sharida ro'y bersa, falajliklar va sezgi buzilishlari tananing chap tomonida kuzatiladi, biroq nutq buzilishlari bo'lmaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, nutq buzilishlari o'naqaylarda bosh miyaning chap yarim shari, chapaqaylarda o'ng yarim shar zararlanganda kuzatilsa, ambidekstrlarda ikkala yarim shar zararlanganda ham kuzatiladi. Biroq, chapaqay va ambidekstrlarda nutq buzilishlari o'naqaylarga qaraganda tezroq tiklanadi.
Miya insultlarida kuzatiladigan xulq-atvor buzilishlari miyaning chap va o'ng yarim sharlari zararlanganda turlicha bo'ladi.
262
Do'stlaringiz bilan baham: |