Nazorat uchun savollar
Nevrozga ta’rif bering, uning qanday turlarini bilasiz?
Ruhiy jarohat deganda nimani tushunasiz?
Nevrasteniyaning klinik ko‘rinishlarini so‘zlab bering.
Qanday isterik holatlarni bilasiz?
Miyadan ketmaydigan fikrlarga ta’rif bering.
Depressiya nima va u qanday aniqlanadi?
Depressiyaning asosiy sabablari nimalardan iborat?
Depressiyani davolashda qanday psixoterapevtik usullar qo‘llaniIadi?
Depressiyani davolashda antidepressantlar qanday qo'Haniladi?
259
XIV BOB. ASAB SISTEMASI KASALLIKLARIDA BEMORLAR PSIXOLOGIYASI
Behalovat uyqu miya uchun zarardir, orom olib uxlash miya uchun darmondir.
Ibn Sino
Asab sistemasi kasalliklarida, ayniqsa bosh miyaning zararlanishi bilan kechuvchi patologik holatlarda paydo boiadigan falajliklar va shu kabi boshqa nevrologik buzilishlar bemorlar psixologiyasida og‘ir asoratlar qoldiradi. Shuningdek, markaziy asab sistemasi kasalliklarida nevrologik buzilishlardan tashqari, ruhiy-hissiy buzilishlar ham kuzatiladiki, bu belgilami aniqlash, davolash va reabilitatsiya jarayonlarida nevropatolog e’tiborga olishi zarur. Tibbiy amaliyotda eng ko‘p kuzatiladigan kasalliklar bo'lmish insultlar, bosh miya jarohatlari, meningoensefalitlar va epilepsiya kasalliklarida kuzatiladigan bemorlar psixologiyasidagi o‘zgarishlami ko'rib chiqamiz.
Miya insultlarida bemorlar psixologiyasi
Bosh miyada qon aylanishining o'tkir buzilishiga insult deb ataladi va bu kasallik nafaqat nevrologik buzilishlar, balki turli darajada ifodalangan neyropsixologik buzilishlar bilan ham namoyon bo'ladi. 0‘zbekistonda miya insultlarida kuzatiladigan neyropsixologik sindromlar Z.R. Ibodullayev tomonidan o‘rganilgan (1999-2009). Miya insultlari eng ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri bo‘lib, to‘satdan paydo bo'lgan nevrologik buzilishlar bemor ruhiyatida og4r asoratiar qoldiradi. Ushbu kasallikning kechagina sog'lom deb hisoblangan bemorda o'tkir boshlanishi, oyoq-qo'llarda to'satdan paydo bo'lgan falajliklar sababli bemorning to'shakka mixlanib qolishi, eng yaqinlarining gapiga tushunmay qolishi yoki o'zi bir og'iz so'zni ham eplab gapira olmasligi bemor uchun ham, uning yaqinlari uchun ham katta falokatdir.
Miya insultlarida kuzatiladigan patologik o'zgarishlar ushbu kasallik bosh miyaning qaysi sohasida rivojlanganligi, kasallik turi, zararlangan o'choqning hajmi va insult davriga bog'liq. Bu haqda batafsil ma’lumotlar nevrologiyaga oid darsliklar va o'quv qo'llanmalarida keltirilgan. Miya insultining deyarli 70 foizi bosh miya katta yarim sharlari tashqi yuzasining katta bir qismini qon bilan ta’minlovchi a.serebri media sohasida kuzatiladi. Chunki bu arteriya ichki uyqu arteriyasining bevosita davomchisi hisoblanadi. A.serebri media harakat, sezgi va nutq markazlarini qon bilan ta’minlaydi, shuning uchun ham ushbu arteriyada
260
Prefrontal
Do'stlaringiz bilan baham: |