Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
Zoloft (sertralin) depressiya va obsessiv-kompulsiv buzilishlarni davolashda keng qo‘llaniladi. Zoloft organizmga xolinolitik, kardiotokci к va sedativ ta’sir ko‘rsatmaydi va uni barcha yoshdagi bemorlarga tavsiya qilish mumkin, shu jumladan, o‘smirlarga ham. Dori timoanaleptik va yengil stimullovchi ta’sirga ega. Dori bir haftadan so‘ng ta’sir qila boshlaydi, biroq aniq ta’siri 3-4, ba’zan 6-8 haftalarda seziladi. Zoloft depressiyaning barcha turlarini davolashda ishlatiladi. Zoloft kam miqdorda (kundalik dozasi 50-100 mg) profilaktik maqsadda rekurrent depressiyalarda, obsessiv-kompulsiv buzilishlarda esa kuniga 150-200 mg. dan 2-4 oy mobaynida buyuriladi. Zoloft 50 mg. dan tabletka ko‘rinishida ishlab chiqariladi.
Zoloft alkogol, karbamazepin, galoperidolning ta’sirini kuchay- tirmaydi. Yurak qon-tomir kasalliklari zoloftni tavsiya qilishga monelik qilmaydi, shuning uchun ham uni infarktdan so‘ng kuzatiladigan xavotirli-depressiv buzilishlarni davolashda qo‘llash mumkin. Dorini uzoq vaqt qabul qilish unga bog‘lanib qolishni chaqirmaydi hamda sedativ ta’sirining yo'qligi bemorning jismoniy va ruhiy faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Fevarin (fluvoksamin) 50 mg, 100 mg. li tabletkalarda ishlab chiqariladi. Depressiya profilaktikasi va davolash uchun, ayniqsa, obsessiv-kompulsiv buzilishlarda ko‘p ishlatiladi. Fevarinni dastlab 50 mg yoki 100 mg miqdorida kechqurunlari kuniga mahaldan ichish tavsiya qilinadi. Bemorning doriga bo'lgan reaksiyasiga qarab dozasi sekin-asta oshiriladi. Aksariyat hollarda 100 mg. dan kuniga 1 mahal ichish depressiya belgilarini yo'qotish uchun yetarlidir. Zaruratga qarab dorining kundalik miqdorini 300 mg. gacha yetkazish mumkin. Fevarinning kundalik dozasi 150 mg. dan ortiq ichilishi lozim bo'lsa, uni 2 yoki 3 mahalga bo‘lib berish tavsiya qilinadi. Masalan, ertalab 50 mg, kechqurun 100 mg yoki 50 mg. dan 3 mahal. Jahon sog‘liqni saqlash tasnkilotining ko'rsatmasiga ko‘ra antidepressantlar bilan davolashni depressiya simptomlari to‘la yo‘qolgandan so‘ng yana kamida 4-6 oy davom ettirish zarur. Qaytalanishining oldini olish uchun fevarin kuniga 100 mg. dan kechqurun tavsiya etiladi. Obsessiv-kompulsiv buzilishlarni davolash uchun dorining dastlabki dozasi kuniga 50 mg. dan 3-4 kun beriladi. Har 3-5 kundan so‘ng dorining dozasi oshirib boriladi va 100-300 mg. gacha yetkazilishi Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling