Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
255
Fevarinni 8 yoshdan so'ng tavsiya etish mumkin va uning dastlabki kundalik dozasi 25 mg bo'lib, asta-sekin oshirib boriladi va zaruratga qarab o'smirlar uchun 50-150 mg. ga yetkaziladi. Agar 100 mg. dan oshsa, u 2-3 mahalga bo'lib beriladi. Dorining terapevtik dozasi vrach tomonidan individual tarzda aniqlanadi va uni asossiz yuqori miqdorda berish mumkin emas. Shuning uchun bemor doimo vrach nazoratida turishi zarur. Uning ta’siri 7 kundan so'ng sezila boshlaydi, agar 10 hafta mobaynida ko'zlangan ijobiy maqsadga erishilmasa, fevarin qabul qilishni to'xtatish zarur. Albatta, psixofarmakoterapiya psixoterapiya bilan birgalikda olib borilsa, ko'zlangan natijaga oldinroq erishish mumkin. Fevarin tabletkasini chaynamasdan suv bilan ichish lozim. Nojo‘ya ta’sirlari: ko'ngil aynish, ba’zan qayd qilish (odatda, davo- lashning dastlabki haftasida kuzatiladi), qabziyat, anoreksiya, dispepsiya, diareya, epigastral sohada noxush sezgilar, og'iz qurishi, jigar fermentlari faollashuvi. Kam hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uxlay olmaslik, xavotirga tushish, psixomotor qo'zg'alishlar, vahima, tremor, taxikardiya, terlash. Biroq, bu belgilarning aksariyati depressiya uchun xos bo'lganligi uchun fevarinni tavsiya qilishga mon’elik qilmaydi. Fevarinni to'satdan to'xtatganda, bosh og'rig'i, bosh aylanishi, ko'ngil aynish, vahimaga tushish paydo bo'lishi mumkin. Fevarin qariyalarga tavsiya qilinganda, oz miqdordan boshlanib, dozasi sekin-asta oshirib boriladi. Fevarinni tavsiya qilishga monelik qiluvchi holatlar va alohida ko'rsatmalar: MAO ingibitorlarini qabul qilayotganda, tavsiya etilmaydi. Ularni to'xtatgach, 2 haftadan so'ng fevarinni boshlash mumkin; 8 yoshgacha bo'lgan bolalar; epilepsiya va tutqanoq xurujlari (zaruratga qarab tavsiya etiladi, agar tutqanoq xurujlari kuzatilsa, dorini qabul qilish to'xtatiladi); jigar va buyrak yetishmovchiligi (zaruratga qarab tavsiya etiladi, agar jigar fermentlari faolligi oshsa, dorini qabul qilish to'xtatiladi); homilaga zararli ta’siri aniqlanmagan bo'lsa-da, fevarin homilador ayollarga ehtiyotkorlik bilan tavsiya qilinadi. Fluvoksamin ko'krak suti orqali oz miqdorda ajralib chiqishi mumkin, shuning uchun laktatsiya davrida buyurilmaydi; fevarin qabul qilayotganda spirtli ichimliklar ichish man etiladi; 256 yallig'lanishga qarshi nosteroid dorilar va aspirin qabul qilib yurgan hamda anamnezida qon ketishga moyilligi bor bemorlarga ham fevarin ehtiyotkorlik bilan tavsiya etiladi. Fevarinni kuniga 150 mg. gacha miqdorda qabul qilish bemorning avtomobil haydashi va zavodlarda turli mashinalar bilan ishlashida xavfli vaziyat keltirib chiqarmaydi. Reksetin (paroksetin) 20 mg.li tabletkalarda ishlab chiqariladi. Reksetin depressiyaning barcha turlarida tavsiya qilinadi, shu jumladan, xavotir-depressiv va obsessiv-kompulsiv buzilishlar, fobik sindromlar, turli jarohatlardan keyingi stress holatlari va h.k. Reksetinning dastlabki kundalik dozasi 20 mg. Dorining ta’siri sekin-asta namoyon bo‘la boshlaydi. Dorining dozasi har haftada 10 mg. ga oshirib boriladi, tavsiya qilish mumkin bo'lgan eng yuqori doza kuniga 60 mg. Depressiya belgilari yo'qolgandan so'ng ham reksetinni kuniga 20 mg. dan 4-6 oy mobaynida qabul qilish tavsiya etiladi. Dori qabul qilishni to'satdan to'xtatib qo'yish mumkin emas, buning uchun uning dozasini asta-sekin kamaytira borish lozim. Reksetin kuniga 1 mahal, odatda, ertalab ovqat paytida qabul qilinadi va chaynamay yutiladi. Ojiz bemorlar va qariyalar uchun dorining dastlabki dozasi kuniga 10 mg bo'lishi kerak. Bemorning ahvoliga qarab, dorining dozasi har haftada 10 mg. ga oshirib boriladi. Masalan, dorining kundalik dozasini 40 mg. ga yetkazish uchun 4 hafta zarur bo'ladi. Reksetinning kundalik dozasi asossiz oshirilmasligi kerak va kutilgan natijaga erishilsa, kam miqdorda berib boriladi. Nojo‘ya ta’sirlari: ko'ngil aynish, ba’zan qayd qilish (odatda, davolashning dastlabki haftasida kuzatiladi), qabziyat, anoreksiya, dispepsiya, diareya, epigastral sohada noxush sezgilar, og'iz qurishi, jigar fermentlari faollashuvi. Ayrim hollarda uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uxlay olmaslik, xavotir bo'lish, psixomotor qo'zg'alishlar, tutqanoq xurujlari, tremor, taxikardiya, arterial qon bosimning o'zgarib turishi, sinkope, somnambuliya, libidoning o'zgarishi, siyishga qiynalish, terlash, ko'rish qobiliyatining buzilishi, o'tkir glaukoma xurujlari, bronxospazm, angionevrotik shish, qichima. Monelik qiluvchi holatlar: MAO ingibitorlarini qabul qilayotganda tavsiya etilmaydi. Ularni to'xtatgach, 2 haftadan so'ng reksetinni qabul qilish tavsiya etiladi; homiladorlik va laktatsiya davri; 18 yoshgacha bo'lgan davr; epilepsiya, glaukoma, jigar va buyrak funksiyalari yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan tavsiya qilinadi; yurak qon-tomir faoliyatining buzilishlari; 257
peroral antikoagulyantlar va neyroleptiklar bilan birgalikda qabul qilinmaydi; davolanishning dastlabki haftasida suitsidal fikrlarni kuchaytirib yuborishi mumkin; spirtli ichimliklar ichish tavsiya etilmaydi; davolanishning dastlabki davrida avtomobil haydash tavsiya etilmaydi. Fluoksetin (sinonimlari: prozak, portal, fluval, prodel) 20 mg. li tabletkalarda ishlab chiqariladi. Depressiyaning barcha turlarida tavsiya qilinadi, shu jumladan, obsessiv-kompulsiv buzilishlar, bulimiyalar, fobiyalarda samarali antidepressantdir. Sedativ ta’sirga ega emas. O'rtacha terapevtik dozasi yurak qon-tomir sistemasi faoliyatiga nojo‘ya ta’sir ko‘rsatmaydi. Dastlab 20 mg. dan kunning birinchi yarmida bir mahal ichish tavsiya qilinadi. Dorining keyingi dozasi 3-4 hafta o'tgach oshirib boriladi va kuniga 2-3 mahal qabul qilish buyuriladi. Fluoksetinning eng yuqori kundalik dozasi 80 mg. gacha. Nojo‘ya ta’sirlari: yengil xavotir va uyquchanlik, tremor, bosh og'rig'i, uyqu buzilishi, ko'ngil aynishi, diareya, terlash, gipoglikemiya, libidoning pasayishi, toshmalar toshishi, qichima, artralgiyalar. Monelik qiluvchi holatlar: glaukoma, siydik pufagi atoniyasi, buyrak funksiyasining buzilishi, prostata giperplaziyasi, MAO ingibitorlari bilan birga tavsiya qilmaslik, epilepsiya va tutqanoq sindromlari, homiladorlik, laktatsiya. Shuningdek, spirtli ichimliklar ichish mumkin emas. Fluoksetin qabul qilishning dastlabki haftalarida avtomobil haydash va aniq mexanizmli mashinalarda ishlash tavsiya etilmaydi. Mutaxassislar fikricha, depressiyani aniqlash qiyinchilik tug'dirmaydi, qiyinchilik uni davolash bilan bog'liqdir. Umumiy amaliyot shifokorlari somatik, vegetativ va nevrotik buzilishlar bilan kechuvchi depressiyalarni, ya’ni niqoblangan depressiyalarni to'g'ri aniqlay olishlari zarur. Biroq hammavaqt ham buning uddasidan chiqilmaydi, chunki niqoblangan depressiyani umumiy tibbiyot yo'nalishida faoliyat ko'rsatayotgan barcha mutaxassislar ham o'z vaqtida aniqlayvermaydi. Ba’zan tashxisni to'g'ri aniqlash uchun bir necha oylar ketadi. Turli ma’lumotlarga ko'ra 10-55 foiz holatlard;igina to'g'ri tashxis aniqlanadi va ularning 13 foiziga antidepressantlar tavsiya etiladi (D. Mischoulon yet al., 2001). Aksariyat mutaxassislar buning asosiy sababi vrachlarning depressiya klinik ko'rinishlarini mukammal bilmasligi va to'g'ri baholay olmasligi, deb hisoblashmoqda. Xulosa qilib aytganda, depressiya bilan tibbiyot sohasida faoliyat ko'rsatuvchi barcha mutaxassislar ro'baro' kelishi mumkin. Tibbiyot oliy o'quv yurtlarining barcha fakultetlari, shu jumladan, oliy ma’lumotli 258 hamshiralar tayyorlash fakultetida ham «Tibbiy psixologiya» fani chuqur o‘rgatiladi. Demak, hamshiralardan tortib, umumiy amaliyot shifokorlarining barchasi eng ko‘p tarqalgan va yildan-yilga ko'payib borayotgan depressiya kasalligi belgilaridan voqif boMishlari va tashxisni to‘g‘ri aniqlay olishlari lozim. Albatta, davolash jarayonida muammolar paydo bo'lishi mumkin. Agar suitsidal fikrlar yoki urinishlar paydo bo‘lgan bemorlar murojaat qilishsa, tor mutaxassislarga (psixiatr, psixolog) ko‘rinishini tavsiya qilish zarur. Depressiyaning yengil, ayniqsa, somatik buzilishlari namoyon bo‘lgan turlari bilan murojaat qilgan bemorlarni esa umumiy amaliyot shifokori ham psixolog maslahatidan keyin davolashi mumkin. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling