Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet97/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

kanserofobiya - rakka chalinib qolishdan qo'rqish;
kardiofobiya - tuzatib bo'lmaydigan yurak kasaliga chalinishdan qo'rqish;
lisofobiya - ruhiy xastalikka chalinishdan qo'rqish;
klaustrofobiya - yopiq joydan qo'rqish (masalan, lift kabinasi, kichik xona);
agarofobiya - aksincha, ochiq joylardan qo'rqish va hokazo.
Balandlik, metroda yurish, biror yuqumli kasallik yuqib qolishi, iflos bo'lish va odamlar oldida so'zga chiqishdan qo'rqish kabi simptomlar ham fobiyalar uchun xosdir.
Dastlabki qo'rquv muayyan vaziyatlarda paydo bo'ladi va u miyaga o'mashib qoladi. Masalan, bemor hamma yoqni ko'rish uchun tomga chiqadi va pastga qaragan zahoti qattiq qo'rqib ketadi, boshi aylanadi, u go'yo pastga qulab tushayotgandek xavfsiraydi. Buning oqibatida bemorda balandlikdan qo'rqish miyaga o'mashib qoladi va keyinchalik u boshqa vaziyatlarda ham paydo bo'laveradi. Dastlab qo'rquv balandlikka ko'tarilish kerak bo'lganda, so'ng esa balandlikka ko'tarilish ehtimoli bo'lsa va ana shu balandlikka ko'tarilish kerak, degan xayolga borganda paydo bo'ladi. Bemorda balandlikdan qo'rqadigan vaziyatlar borgan sari ko'payadi. Endilikda u liftda yurish va derazadan qarashdan qo'rqadi, u hatto balandlik uncha katta bo'lmaganda ham cho'chib tushadi.
Fobiyalar paydo bo'lganda vegetativ simptomlar ham namoyon bo'ladi

  • bemorning yuzi qizaradi yoki rangi o'chadi, og'zi quriydi, yuragi tez- tez uradi, arterial bosim oshib ketadi, ter bosadi, ko'z qorachiqlari kengayadi va hokazo.


245




Birorta og'ir ichki a’zolar kasalligi paydo bo'lishidan qo'rqish, odatda, psixosomatik simptomlar bilan birga kechadi, ya’ni bemor salomatligiga haddan ortiq e’tibor beradi. Masalan, kardiofobiyada yurak urishini eshitib turadi, tomir urishini sanaydi yoki arterial qon bosimini o‘lchayveradi, har safar yuragi noto‘g‘ri ishlayotganidan gumonsirab, terapevtdan EKG qilishini va puxta tekshiruv o‘tkazishini iltimos qiladi.
Kasallik xuruji qo‘zg‘alib qolishidan qo‘rqqan aksariyat bemorlar yo‘lda odamlar bor joydan yuradilar, tibbiyot muassasalariga yaqin bo'lgan yo‘lni tanlaydilar, yo‘l-yo‘lakay dorixonaga kirib turadilar, u yerda yurak dorilari va tibbiy xodimlar borligini ko‘rib tinchlanadilar.
Obsessiyalar bu miyadan ketmaydigan shubhali xayollar, fikrlar bo‘lib, ketma-ket yog‘ilib kelaveradi. Ular bemorning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda quyilib kelaveradi va unga og‘ir botadi, aslida yoqmaydi va ulardan vrach yordamisiz qutula olmaydi.
Miyada o‘rnashib qolgan fikrlar bemorlarni uyidan chiqa turib, «Eshikni qulfladimmi, olovni o‘chirdimmi, suvni berkitdimmi?» kabi xayollar bezovta qilaveradi. Uyga qaytib kirib, qayta tekshiradi, hammasi tinchligiga ishonch hosil qiladi va yana ko‘chaga qaytib chiqadi. Uydan biroz uzoqlashgandan so‘ng yana haligi fikrlar yog‘ilib kelaveradi va yana uyiga qaytadi. Siqilib ketganidan yig‘lab yuboradi, hech qayoqqa chiqmay qo'yadi. 0‘zida kechayotgan bu alomatlarga, albatta, bemor tanqidiy ko‘z bilan qaraydi va ulardan qutulishni istaydi, lekin hech buning ilojini topa olmaydi.
Ba’zan bemorda mantiqan bir-biriga zid xayollar paydo bo‘ladi. Masalan, yaqinlashib kelayotgan mashina tagiga o‘zini tashlash istagi paydo bo‘ladi-yu, mashina yaqinlashganda, birdan qo‘rqib ketib, orqaga tisariladi. Ba’zi bemorlarning miyasiga o'ziga yoki boshqa birovga pichoq sanchishdek fikrlar keladi va shu ishni qilib qo‘ymay deb pichoqqa yaqin borishmaydi yoki uni berkitib qo'yishadi.
Miyadan ketmaydigan fikrlar nevrozi o‘z vaqtida davolanganda barham topadi. Ba’zi hollarda esa bir necha oy va hatto, bir necha yillargacha cho‘zilib ketishi mumkin. Remissiya bilan kuzatiladigan xom xayollar ham bo'ladi, ya’ni bemor bir necha oy yaxshi yuradi, so'ng miyadan ketmaydigan fikrlar yana paydo bo'ladi.
Nevrasteniya va isterik nevrozdan farqli o'laroq, miyadan ketmaydigan fikrlar surunkali kechishga moyil bo'ladi. Aksariyat bemorlar tuzalib ketganidan so'ng ham xursand bo'lish o'rniga, yana o'sha kasallik belgilari qachon paydo bo'lishini kutib yashashadi.


246



  1. Download 0.96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling