Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 30-rasm. Bu rasmda 4 vaziyat aks ettirilgan (X.Bidstrup bovicha). Vaziyatni diqqat bilan organing va kim qaysi temperament cgasi ekanligini aniqlang.
Sangviniklar - chaqqon, tirishqoq, mehribon, ta’sirchan kishilardir.
Ular tevarak-atrofga tez moslashadi. Reaksiyalari yetarlicha kuchli yoki o'ltamiyona bo'ladi. Ular bilimni tez va osongina o'zlashtirsalar-da, hammavaqt ham puxta egallamaydilar. Muomalada ular ko'proq shirinsuxan, gapdon odamlardir. Sangviniklar ishga osongina berilib ketib, jadal ishlashga qodir bo'lishadi, lekin muntazam ravishda mehnat qilishga ancha qiynaladilar. Shu bilan birga ular tirishqoq va faol bo'ladilar, boshqalar bilan osongina muloqotga kirishadilar. Sangvinik temperament, ayniqsa, bolalarda yaqqol namoyon bo'ladi. Flegmatiklar sangviniklarga qaraganda birmuncha vazmin kishilardir. Ularda shoshmaslik, vazminlik ancha barqaror bo'ladi, murakkab hayotiy vaziyatlarda kamharakatlilik kuzatilsa-da, qo'yilgan maqsadga erishishda 155 birmuncha barqaror, bir so‘zli va dadil bo'lishadi. Bilimlarni sekinroq o‘zlashtirsalar ham, lekin puxta egallaydilar. Agar sangvinik alangaga o‘xshatilsa (u tez yonib, tezda so‘nadi), flegmatikka sekin va uzoq yonadigan alanga xos bo'ladi. Biror narsaga tez javob qilish kerak bo'lsa, flegmatiklar, ko'pincha, vaqtni boy beradilar. Bunda sangviniklar ulardan ustun keladi. Qat’iylik, iroda va sabr-toqat talab qilinadigan ishlarda esa flegmatiklar ustun keladi. Xoleriklar kuchli, chaqqon, vazmin bo'lmagan odamlardir. Ularning o'ziga xos xususiyati jizzakilik va beqarorlikdir. Xoleriklar faol, ishchan 30-rasm. Bu rasmda 4 vaziyat aks ettirilgan (X.Bidstrup bo'vicha). Vaziyatni diqqat bilan o'rganing va kim qaysi temperament cgasi ekanligini aniqlang. 156 va to'xtovsiz reaksiyali odamlardir. Ular bir maromda ishlay olishmaydi, goh g'ayrat bilan, goh imillab ishlashadi. Shuning uchun ham ehtiyot- korlik, sabr-toqat va chidam talab qilinadigan vaziyatlarda xoleriklar qiyin ahvolga tushib qolishlari mumkin. Melanxoliklar g'amgin, jur’atsiz va ma’yus kishilardir. Saiga charchash, biror ishga yetarlicha jur’at etmaslik, o'z fikrlari va istaklarini qondira olmaslik ular uchun xosdir. Melanxoliklar, ko'pincha, arzimagan qiyinchiliklarga bardosh bera olmaydilar, ularga qarshi kurashdan voz kechadilar. Sangviniklar va flegmatiklar esa qiyinchiliklarni oson yengishadi, xoleriklar ularni hatto yo'q qilib yuboradi. Melanxoliklarda ijobiy his-tuyg'ulardan salbiy his-tuyg'ular ustunlik qiladi. Baxtli voqealarga qaraganda, ularga noxush voqealar ko'proq ta’sir qiladi. Shuning uchun ham ular doimo tushkun kayfiyatda yurishadi. Ular zaif va sust kishilardir. 30-rasmdagi vaziyatlarni tahlil qilib, kim qaysi temperament egasi ekanligini aniqlashga urinib ko'ring. Ikki temperament vakillari - sangvinik va flegmatiklar turmush qiyinchiliklariga juda turg'un moslasha oladilar. Sangvinik va xoleriklar ko'p tarqalgan temperamentlar sirasiga kiradi. Hayvon va inson uchun umumiy bo'lgan oliy nerv faoliyati yoki temperamentlar tipiga qo'shimcha ravishda I.P. Pavlov odamlarni fikrlovchi, shoirtabiat va aralash tiplarga ajratgan. Fikrlovchilarda ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasidan ustun turadi. Bunday kishilar borliqni vositali, fikrlash orqali idrok etadi. Ulardan farqli o'laroq, shoirtabiatlarda bevosita idrok etish va his etish yaqqol ifodalangan bo'ladi va ularda birinchi signal sistemasi katta ahamiyatga ega bo'ladi. Shunga muvofiq «fikrlovchilar» intellektual faoliyat, tahlil va abstraksiyaga, shoirtabiat kishilar esa san’at bilan shug'ullanishga ko'proq moyil bo'lishadi (artistlar, aktyorlar, shoirlar). Aralash tipga kiruvchilarning faoliyati aniq bir yo'nalishga ega bo'lmaydi. Shuni ta’kidlab o'tish joizki, I.P. Pavlov odamlarni «shoirtabiatlilar» va «fikrlovchilar» tiplariga uzil-kesil bo'lishga urinmasdan, balki kishilarda uchrab turadigan ana shu tiplarni ajratgan, xolos. Xarakter «Temperament» va «xarakter» tushunchalari bir-biriga yaqin turadi. Xarakter shaxsning muhim va o'ziga xos sifatiy tomonidir. Ayni paytda, shaxsning ayrim xususiyatlari ham xarakterga, ham temperamentga aloqador bo'lishi mumkin. Xulq-atvor shaxsning yo'nalganligi, irodasi va faoliyati bilan uzviy bog'langandir. Xarakteming ko'p sonli tasniflari mavjudligiga qaramasdan, uning umum qabul qilingan tasnifi hanuzgacha yo'q. 157 Xarakterning xususiyatlari juda ko‘pdir. Uning uchun qat’iyatlilik, shijoatlilik, tirishqoqlik, vazminlik, dovyuraklik, jasorat va aksincha, jur’atsizlik, qo'rqoqlik, qat’iyatsizlik, gumonsirash kabi xususiyatlar xosdir. Insonning individual xususiyatlarini yetarlicha aks ettiruvchi xarakterning umum qabul qilingan tasnifi yo‘qligidan, odatda, xarakterga baho berish uchun unga xos bo'lgan eng muhim belgilami shunchaki sanab o‘tishdan foydalaniladi. Masalan, saxiy, maqtanchoq, quvnoq, yolg'onchi, kamsuqum, qasoskor, xasis, dovyurak, bag‘ri keng, qat’iyatli. Agar temperament tug‘ma xususiyat bo'lsa, xarakter ko‘p jihatdan tarbiyaga va kishining hayot tajribasiga aloqador bo'ladi. Xarakterni shakllantirishda tarbiya, ta’lim berish va oilaning tutgan o'mini ham eslatib o'tish joizdir. Xarakter tana tuzilishiga bog'liqmi? Bu savol qadimdan ko'pchilikni qiziqtirib kelgan. 1921-yili Ernst Krechmer shu masalaga oid «Gavda tuzilishi va xarakter» nomli asarini chop qildiradi. Ushbu monografiyada olim turli somatik konstitutsiyalami bayon qilgan. Uning asarida pikniklar o'rta bo'yli, boshi, ko'kragi va qorni nisbatan katta va semizlikka moyil bo'lgan kishilar deb ta’riflanadi. Leptosomlar esa uzun gavdali, chayir bo'lishadi. Bu gavda tuzilishi atletik tuzilishdan kam farq qiladi. Diplastik gavdali kishilarda tana nomutanosib tuzilishi bilan ajralib turadi. Bunday holat yevnuxoidizm va boshqa nuqsonlari bo'lgan endokrinopatiyalarda kuzatiladi. E. Krechmerning fikricha, Ieptosom, astenik, atletik va shuningdek, displastik gavda tuzilishiga ega bo'lgan kishilar shizofreniya kabi kasalliklarga moyil bo'lishadi. Keyinroq E. Krechmer shizoid va sikloidlarga quyidagicha ta’rif bergan: shizoidlar uchun auiizm (yolg'izlikka moyillik), injiqlik, sovuqqonlik xosdir. Sikloid-pikniklarda kayfiyat o'zgarib turadi, ya'ni tushkunlik va gipomaniakal elementlar bir-biri bilan almashinib turadi. Xulq- atvorning xuddi shu xususiyatlari shizotimik va siklotimiklarda ham kuzatiladi. Uning fikricha, sog'lom shizotimiklar shizofreniyaga uchragan bemorlarning qarindoshlari orasida uchrab turadi, ayni paytda, shizofreniyaga chalinganlar kasal bo‘lmasidan avval shizoidlar va shizotimiklar hisoblangan. Sog'lom siklotimiklar, psixopatik sikloidlar va maniakal depressiv psixozga uchragan bemorlar o'rtasida ham xuddi shunday bogianish bor. E. Krechmerning bu nazariyasiga qarshi e’tirozlar ko'p bo‘lgan va psixologlar sog'lom odam xarakterini tana tuzilishiga bog'lab o'rganish noto'g'ri deb hisoblashgan. Sheldon gavda tuzilishini normal va patologik xulq bilan bog'lab o‘rgangan. Sheldonning tipologiyasi u yoki bu embriologik tuzilxnalarning ustun kelishiga asoslangan. U quyidagi uch tipni ajratadi: 158 Endodermadan taraqqiy etuvchi ovqat hazm qilish sistemasining ustun turishi (endomorfizm). Bu tipga ishtahaning zo‘r bo'lishi, quvnoqlik, shirinsuxanlik xos bo'ladi. Bu temperamentni Sheldon vitsserotoniya deb atadi. Mezomorfizmda mezodermadan yo‘l oladigan suyak-mushak sistemasining taraqqiy etishi ustun keladi. Bu temperament (samototoniya) faollik, hukmronlik bilan tavsiflanadi. Ektomorfizmda ektodermadan rivojlanuvchi asab sistemasi taraqqiy etishi ustun turadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling