Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
Intravertlar. O'ta kamgap, muloyim, uyatchan, his-tuyg'ulari ichkariga yo'naltirilgan shaxslar. Ularning sirlarini bilib olish juda qiyin, darrov muloqotga boravermaydi, qaysi bir jamoada suhbatlarga aralashib qolsa kam so'zlaydi yoki indamay o'tirishni xush ko'radi. O'z xatti- harakatlarini tahlil qilib yuradi. Hammaga ham qo'shilavermaydi, do'stlari kam bo'ladi. Qilinishi kerak bo'lgan ishlarni yaxshilab o'ylab oladi, keyin rejasini tuzadi, uning biror qarorga kelishi qiyin, o'z his- tuyg'ularini nazorat qila oladi, uning jahlini chiqarish ham qiyin. Axloqiy normalarga amal qiluvchi bu shaxslarda optimizmga qaraganda pessimizm ustunlik qiladi.
Odamlar shaxsini turli usullar bilan tahlil qilib psixologlar psixologik yosh va biologik yosh degan atamalarni ham taklif qilishgan. Agar odamning xulq-atvoridagi xislatlari uning biologik yoshidan ancha ustun kelib katta odamlarning xulq-atvorini eslatsa, demak uning psixologik yoshi biologik yoshdan ustun deb qabul qilinadi. Masalan, 5 yashar bolaning gap-so'zlari, o'zini tutishi 10 yashar bolani yoki 20 yashar talaba 30-35 yashar kishining xulq-atvorini eslatsa, demak psixologik yosh biologik yoshdan ancha ilgarilab ketgan bo'ladi. Bundaylarni odatda aqlli bola yoki aqlli inson deb ta’riflashadi, ularni hamma hurmat qiladi. Ular o'ta ma’suliyatli bo'lishadi, mustaqil hayotga erta qo'l urishadi, ota-onasining engyaqin yordamchisi bo'lishadi, kattalar bilan bemalol muloqotga kirishib keta olishadi. Ma’suliyatli ishlarni doimo ularga topshirishadi, yosh bo'lsada katta lavozimlarga taklif qilishadi. Agar odamning xulq-atvoridagi xislatlari uning biologik yoshidan ancha orqada qolib ketgan bo'lsa, o'zini tutishi bolalar yoki o'smirlaming qiliqlarini eslatsa, bunday shaxslarning psixologik yoshi biologik yoshidan 151 orqada qolgan hisoblanadi. Ayniqsa bolani juda erkalatib tarbiyalash yoki 14-15 yoshga kirib qolgan bolaga 4-5 yashar bolaga munosabat qilgandek munosabatda bo'lish psixologik yoshning orqada qolib ketishiga sabab bo'ladi, Ular ulg'ayganda mas’uliyatsiz bo'lib yetishadi, o'zlari biron bir ishni mustaqil eplay olishmaydi, birovga qaram bo'lib o'sishadi. Ularni maqtasa yosh boladek xursand bo'lib kulishadi, yoshiga mos bo'lmagan qiliqlar qilishadi. Bunday holatlarda puerilizm haqida so'z ketadi. Psixologik yosh orqada qolgan 10 yashar bolaning gap- so'zlari, o'zini tutishi 5 yashar bolani yoki 25 yashar talabaning o'zini tutishi maktab o'quvchisining qiliqlarini eslatadi. Ular o'zidan kichik yoshdagilar bilan o'ynashni xush qo'rishadi, xatti-harakatlari isterik bemorlarni eslatadi, yengiltak bo'lishadi, jiddiy ishlarga yuzaki qarashadi yoki qo'l urishmaydi, tengdoshlari ularga (ayniqsa, qiz bola bo'lsa) tegajoqlik qilib yurishni xush qo'rishadi. Psixologlar er-xotin orasidagi munosabotlarga qarab oilaning 3 xil toifasini ajratishgan: «Опа-o'g'il», «Ota-qiz» va «Ака-singil» toifasidagi oilalar. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling