«Ona-o‘g‘il» toifasidagi oila. Bunday oilada ayol kishi oilani boshqarishni deyarli butunlay qo'lga oladi, uning huquqlari beqiyos bo'ladi. U hattoki erkak kishi bajarishi lozim bo'lgan oila yumushlarini ham o'zi bajaradi, ya’ni u xotin emas, balki Ona rolini ijro etadi. Erning haq-huquqlari esa bu yerda juda kam ifodalangan bo'ladi, oilani boshqarish ishlariga u deyarli aralashmaydi, ya’ni u oilada er emas, balki o‘g‘il vazifasini ijro etadi. Oilani boshqarishning bunday usuli ikkala tomonni ham qoniqtiradi, ya’ni er-xotin orasidagi munosabatlar shunday vaziyatni yuzaga keltiradi. Xotin erini o'z himoyasiga oladi, uni boshqa erkaklardan asravdi. unga doimo maslahat berib yuradi. Shuning uchun ham bunday oilalami «Ona-o‘g‘il» toifasidagi oila deb qarashadi. Bunday oilalarda so'ngi qaror xotin tomondan qabul qilinadi, eri esa uning aytganlarini so'zsiz ijro etadi.
«Ota-qiz» toifasidagi oila. Oiladagi barcha yumushlami erkak kishi bajaradi, erning huquqlari beqiyos bo'ladi, u hattoki ayol kishi bajarishi lozim bo'lgan ishlarga ham aralashaveradi, xotiniga qiz bolaga qaragandek munosabatda bo'ladi, ya’ni u er emas, balki Ota vazifasini bajaradi. Xotinning haq-huquqlari esa bu yerda juda kam ifodalangan bo'ladi, oilani boshqarish jarayoniga deyarli u aralashmaydi, ayol kishi bajarishi lozim bo'lgan ishlarga ham eridan beruxsat qo'l urmaydi, ya’ni u oilada ona emas, balki qiz vazifasini ijro etadi. Oilani boshqarishning bunday usuli ikkala tomonni ham qoniqtiradi, ya’ni er-xotin orasidagi munosabatlar shunday vaziyatni yuzaga keltiradi. Shuning uchun ham bunday oilalami «Ota-qiz» toifasidagi oila deb atashadi.
152
Psixologik nuqtai nazardan olganda «Ona-o‘g‘il» va «Ota-qiz» toifasidagi oilada voyaga yetgan farzandlarning hayoti keyinchalik xavf ostida qolishi mumkin. Ularning keyingi taqdirini 2 xil variantda o'rganib chiqamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |