Tibbiyot psixologiy asi
Download 0.96 Mb.
|
tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siklotik shaxs
Emotsional shaxs. Bu toifaga kiruvchilarning xulq-atvoridagi xislatlar bir qaraganda xushchaqchaq toifaga kiruvchilarga o'xshab ketadi, biroq emotsional shaxslar o'zlarining his-tuyg'ularini yaqqol namoyon qilishavermaydi, ya’ni ular biroz niqoblangan holatda bo'ladi. Ular uchun hissiyotga beriluvchanlik, ta’sirchanlik, vahima, qo'rqoqlik, xavotir va ko'p so'zlash xosdir. Ularning xulq-atvorida yaqqol namoyon bo'luvchi xislatlar insonparvarlik, odamlar va hayvonlarga nisbatan mehr- shafqatlilik, mehribonlikdir. Ular boshqa birovlarning muvaffaqiyatidan quvonishadi. Ular tashqi ta’sirotlarga tez berilishadi, hayotda ro'y berayotgan voqea va hodisalar ularga tez ta’sir qiladi, yig'lab ham olishadi. Kinofilmlardagi zo'ravonliklar ularni qattiq larzaga soladi. Bu filmlardan so'ng kayfiyati uzoq vaqt buzilib yuradi, yomon tushlar ko'rib boshlaydi. U janjalli voqealarga kam qo'shiladi, xafa bo'lsa ichiga yutadi. Ularda burchga sadoqat kuchli ifodalangan bo'ladi, topshiriqlarni bajarishda doimo ilg'or bo'lishadi. Ular tabiatni yaxshi ko'rishadi, o'simliklar o'stirishni, hayvonlarni boqishni xush ko'rishadi.
Siklotik shaxs («siklotimiyci» - grekchadan kayfiyui, his-tuyg'u degani). Gipertimik (yuqori kayfiyat) va distimik (buzuq kayfiyat) holatlarning bir-biri bilan almashib turishi bilan kechadi. Bunday shaxslarning kayfiyati tez-tez o'zgarib turadi va ular tashqi ta’sirotlarga juda bog'liq bo'ladi. Ba’zan hech qanday sababsiz kayfiyati buzilishi mumkin, kayfiyatni ko'taruvchi voqealar ro'y bersa, ularning faolligi oshib juda ishchan bo'lib qolishadi, tashlab qo'ygan ishlarini zavqlanib qayta boshlab yuborishadi, o'zidagi bu faollikni ko'rib ko'tarinki kayfiyatda yuradi, so'zamon bo'lib qoladi, miyasiga zo'r g'oyalar kela boshlaydi. Bunday holat gipertimiya deb ataldi. Agar to'satdan g'amgin voqealar yuz bera boshlasa, barcha qilayotgan ishlarini to'xtatib qo'yadi, kayfiyati buziladi, fikri karaxt va kamgap bo'lib qoladi, ishtahasi yo'qoladi, janjal ko'taradi, g'azablanib yuradi. Bu holat distimiya deb ataladi. Shuning uchun ham ularga jiddiy ishlarni topshirib bo'lmaydi. 150 Siklotimiya maniakal-depressiv psixozlarda ko‘p kuzatiladi. Distimiyani depressiyadan ajratish ba’zan qiyin kechadi, shuning uchun ularni uzoq vaqt kuzatuvga olish zarur. Ayzenk shaxsni o'rganish bo'yicha o'z kuzatuvlariga asoslanib odamlarni 2 toifaga ajratib o'rgangan, ya’ni ekstravertlar va intravertlarga. Ekstravertlar. Ular juda dilkash, his-tuyg'ulari tashqariga yo'nalgan, sir-sanoatlarini boshqalarga yoyib yuradigan va odamlar bilan muloqotda bo'lishni xush ko'radigan insonlardir. Ular uchun birovlar bilan muloqotda bo'lish juda yoqimlidir, ular xushchaqchaq, quvnoq, tez qo'zg'aluvchan, serjahl va jizzaki shaxslardir. Ular kelajakka optimizm bilan qarashadi, o'ta ishchan va faol bo'lishadi, lekin sir saqlay olishmaydi, o'z his-tuyg'ularini nazorat qila olishmaydi, jahli chiqsa tajovuzkor bo'lib qolishlari mumkin. Jiddiy ishlarga, ayniqsa, uzoq vaqt davom etuvchi ishlarga ularni sherik qilishda ehtiyotkorlik kerak. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling