Tibbiyot psixologiy asi


Download 0.96 Mb.
bet82/158
Sana17.01.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1096903
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158
Bog'liq
tibbiyot

221




bilan ajrashmoqchi bo'ladi, lekin boshqasini ham «qoniqtira» olmayman, deb bu qaroridan voz kechadi.
Bemor doktorga murojaat qiladi. Bemorning psixonevrologik va urologik statusi tekshirilgandan so'ng unga nevrasteniya tashxisi qo'yiladi va keyingi safar rafiqasi bilan birga kelish buyuriladi. Bemorning rafiqasi bilan alohida jinsiy munosabatlari haqida suhbat o'tkaziladi. Ayol bu uning ikkinchi turmushi ekanini, oldingi turmushida ham jinsiy aloqadan hech qanday qoniqish sezmaganini aytadi. Shunday qilib, ayolda frigidlik, ya’ni jinsiy sovuqqonlik aniqlanadi. Bu ayolga turmush o'rtog'idagi nevrasteniyaningsababi uning frigidligi hisobiga, turmush o'rtog'ida jinsiy ojizlikka olib keladigan hech qanday urologik kasallik yo'qligi aytiladi. Unga yo ajralish kerakligi, yoki jinsiy aloqadan o'zini o'ta qoniqqandek ko'rsatishi zarurligi aytiladi. Ayol ikkinchi maslahatni qabul qiladi. Bemor V.ga esa umumiy quvvatni oshiruvchi, tinchlantiruvchi dorilar berilib 1 oy davolash kursi o'tkaziladi. Bir oydan so'ng V.ning jinsiy quvvati yana kuchayib, tuzalib ketadi. Bemorning rafiqasi doktorga chaqirilib, ular orasidagi munosabat so'ralganda, turmush o'rtog'ida jinsiy quvvat to'la tiklanganini, o'zi esa avvalgidek jinsiy yaqinlikka sovuqligini va buni sezdirmayotganini aytadi.
Bu misolda biz erkakda rivojlangan impotensiyaning asl sababi ayol kishining frigidligidan ekanini ko'rdik. Quyida o'zimiz guvohi bo'lgan bir voqeani keltiramiz.
Bemor O., 23 yoshda, talaba, hissiyotga beriluvchan va ta’sirchan yigit. Uylanadi. To'y tugagach, kelin-kuyov o'zlari uchun tayyorlangan go'shangaga kirishadi. Yigit avval bir ayol bilan jinsiy yaqinlikka urinib ko'rgan, lekin kuchli hayajonlanganidan eyakulyatsiya boshlanib ketgan. Shundan so'ng u boshqa jinsiy yaqinlikka intilmagan Yechinish oldidan juda hayajonlanadi. Qizga yechinishni buyuradi, lekin u «Bugun shu ishni qilmay qo'ya qolaylik», deydi. Biroq yigit udum bo'yicha kelinning haqiqatan ham qiz ekanligini to'y kuni tasdiqlashi lozim edi. U boshqa xonada kutib o'tirgan yangalarga belgini ko'rsatish zarurligini aytadi. Uzoq bahsdan so'ng yigit kelinni jinsiy yaqinlikka ko'ndiradi. Yigitda ereksiya paydo bo'ladi. Lekin uning olati kelinning qiniga hech qanday to'siqsiz kiradi va bunda qin atrofidan qon paydo bo'lmaydi. Ereksiya shu zahoti so'nadi. Yigit yorining qiz ekanligini isbotlash uchun jinsiy aloqa qilishga yana urinib ko'radi. Lekin yo'qolgan ereksiya qaytadan paydo bo'lmaydi.
«Qiz» fursatdan foydalanib, yigitni «Sen impotentsan, jinsiy aloqa boshlamasdan turib, ereksiyang yo'qoldi (qiz tibbiyot instituti talabasi), avval qizlar bilan yurib, o'zingga kasal orttirgansan, senda zaxm bo‘Isa kerak», deb yigitni haqorat qiladi. Yigitning avval jinsiy yaqinlikka urinib ko'rgani esiga tushib, «Haqiqatan ham zaxm yuqtirgan bo'lsam kerak», deb xavotirga



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling