Tibbiyot psixologiyasi


Dezinfeksiya o‘tkazish vaqtiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi


Download 140.93 Kb.
bet7/12
Sana23.04.2023
Hajmi140.93 Kb.
#1390043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi tibbiyot

Dezinfeksiya o‘tkazish vaqtiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi:

  1. Profilaktik dezinfeksiya – bunda har bir odam foydalanishi mumkin bo‘lgan buyumlar, idish-tovoqlar muntazam ravishda zararsizlantiriladi.
    2. Joriy dezinfeksiya – bemor yashab turgan xona u foydalangan buyumlar, asboblar, idish-tovoqlar muntazam ravishda zararsizlantirib turiladi.
    3. Yakunlovchi dezinfeksiya – bemor uyidan shifoxonaga yuborilganda u yashab turgan uydagi xona dezinfeksiya qilinadi, yoki bemor shifoxonada yotgan xonadan boshqa xona yoki boshqa bo‘limga ko‘chirilsa, yoki uyiga javob berilsa, u yotgan xona dezinfeksiya qilinadi.

Dezinseksiya - hashoratlarga qarshi kurashishdir. Dezinseksiya 3 usulda o‘tkaziladi: mexanik, fizik, kimyoviy. Amaliyotda kimyoviy dezinseksiya ko‘p ishlatiladi. Buning uchun hashoratlarga qarshi xlorofos, dixlofos, muksin va boshqa kimyoviy moddalar qo‘llaniladi.
Deratizatsiya - kemiruvchilarga (sichqon, kalamush, yum-ronqoziq va boshqalarga) qarshi kurashish tadbiridir. Deratizatsiya 3 usulda o‘tkaziladi:



    1. Mexanik usul – kemiruvchilarga tuzoq, qopqon, to‘r qo‘yiladi.

    2. Kimyoviy usul – rux, fosfid, zookumarin, margumush kabi zaharli moddalar kemiruvchilarning iniga qo`yiladi.

    3. Biologik usul-kemiruvchilarga turli xil kasallik mikroblari yuqtiriladi. Bu mikroblar ularning ovqat moddalariga aralashtirib inlariga qo‘yiladi. Natijada kemiruvchilar kasallanadi va nobud bo‘ladi. Epidemiologiya-tibbiy fan bo‘lib, yuqumli kasalliklarni yuzaga kelish sabablarini, kasalliklarni ayrim hududlarning aholisi o‘rtasida tarqalishini o‘rganadi. Shuningdek, yuqumli kasalliklar-ning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqadi. Bu tadbirlarning bajaralishini sanitariya fani bilan birgalikda nazorat qiladi, bunga sanitariya-epidemiologiya nazorati deyiladi.


I Bob yuzasidan xulosa
Yuqumli va surunkali kasalliklarning tarqalish o`choqlari dunyo mamlakatlarining turli yeridagi geografik joylashuvlar va doimiy iqlim ozgarishlari tabiy ofat hududlaridir.Buning natijasida kelib chiqadigan taqchillik ocharchilik oqibatida inson organizimida kasallikka kurashishning pasayib ketishi yuz beradiva infeksiyaning tarqalish tezligi oshib boradi. Infeksiyalar inson ko`ziga ko`rinmaydigan mitti mikroorganizmlar bo`lib ular oz tasirini boshlangich davri otib ketmagungacha bilintirmaydi. Infeksion kasalliklarning yuqish yollari juda kop bolib ularning yuqish yollari zararlangan havo-nafas a’zolari orqali,
zararlangan suv, oziq-ovqat, idish-tovoq, yuvilmagan qo‘l bilan ta’omlarni iste`mol qilish orqali (qorin tifi, salmonellyoz, ichburug`, gepatit “A” va boshqalar…);
odam tanasi jarohatlanganda, ya’ni teri kesilganda, qiril-ganda, kuyganida tashqi muhit (havo, suv, tuproq) lardagi, zararlangan buyumlardagi mikrob va viruslar terining jarohati orqali odam tanasiga kiradi (qoqshol, saramas, kuydirgi va boshqalar);
Avvalo mikrob organizmga yuqqanidan so`ng uning rivojlanishidagi asosiy sabab bu uning viruentligi va toksigenligir. Yuqumli va infeksion kasalliklar bugungi kunga kelib paydo bolgan kassallik emas Ularning otgan asrda ham o`lat vabo va hozirgi kunda boshqa nom bilan atalayotgan turli turlarini uchratish mumkin bolgan va bu o`sha davr olimlari tibbiyot hodimlari tomonidan o`rganib kelingan.Inson organizmi tomonidan mikroblarga qarshi kurashuvchi tosiq bo`lib bu immunitet deb ataladi. Immunitet nasliy bo`lish bilan bir qatorda tabiy va suniy yollar bilan ham ortirilgan bo`ladi. Bulardan tashqari odam organizmi immunitet xususiyatini, umuman tashqi muhitning hamma noqulay ta`sirlariga qarshi o`z-o`zini himoya qilish xususiyatini (chidamliligini) mustahkamlashga gigiyena qoida va talablariga asoslangan quyidagi tadbirlar asosida erishish mumkin.Yuqumli va infeksion kasalliklarga organizm immunitetini yaxshilash bilan bir qatorda turli mehanik, fizik , kimyoviy usullar bilan yani dizenfeksiyalash yoli bilan ularning tarqalishiga qarshilik qilish mumkin
Insonning ma’naviy barkamolligi ularning salomatligiga, sog‘lom turmush tarzi malakalariga ega ekanligiga ham bog‘liq. Bunda insonlarning sog‘lom turmush tarzi haqidagi tasavvurlari qanchalik aniq va ularning kundalik turmushda salomatlikni asrash kо‘nikmalariga ega ekanliklari katta ahamiyat kasb etadi.


Download 140.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling