Tibbiyot psixologiyasi


– 14 kun Ko’pgina bemorlar sog’ayishni boshlaydilar. 21 – 30 kun


Download 140.93 Kb.
bet9/12
Sana23.04.2023
Hajmi140.93 Kb.
#1390043
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi tibbiyot

12 – 14 kun
Ko’pgina bemorlar sog’ayishni boshlaydilar.
21 – 30 kun
To’liq tiklanish 4 kasaldan 3 tasida kuzatiladi.
Koronavirusning og’ir shaklda bemorlarning umumiy sonining 5% da xavfli asorat qoldiradi – o’tkir respiratorli distress sindromi. Bunday holatda immunitet hujayralari nafaqat infeksiyaga, balki tananing sog’lom to’qimalariga ham hujum qila boshlaydi.
Ushbu holatda sun`iy nafas berishga (IVL) ehtiyoj tug`iladi .
2.2. Koronavurus infeksiyasi bolalar va o’smirlarda kechishi

Koronavirus alomatlari bolalarda yengil yuqumli kasallik sifatida o`tishi bilan ajralib turadi, ko’pincha yosh bemorlarda Covid-19 virusini yuqtirish asemptomatikdir ya`ni hech qanday belgilarsiz o`tadi. Sentyabr oyi boshida London Qirollik kolleji tadqiqotchilari koronavirusni aniqlagan bolalarning 52 foizida kasallikning odatiy belgilari yo’qligini xabar qilishdi. Bolalarda koronavirusning yangi turini yuqtirish 1-2 foizidan ko’prog’ini tashkil qiladi. Xavf shundaki, ular virusni tezda kattalarga, ayniqsa og’ir kasalliklarga duchor bo’lgan keksalarga yuqtirishadi. Shuning uchun bolada koronavirus alomatlarini iloji boricha tezroq aniqlash va keksa qarindoshlarini u bilan muloqot qilishdan himoya qilish muhimdir.


COVID-19 maktabgacha va boshlang'ich maktab yoshidagi bolalarda kuzatilishi
«COVID-19 Symptom tracker» ilovasi orqali yuzlab yosh bemorlarda yangi infeksiya namoyon bo’lishini kuzatgan ingliz olimlari, kasallikning kechishi kattalarnikidan juda farq qiladi. Bolalarda koronavirusning eng keng tarqalgan belgilari:

  • charchoqning kuchayishi (55%);

  • o'rtacha darajada bosh og'rig'i (53%);

  • tana haroratining ko'tarilishi (49%);

  • tomoq og'rig'i (38%);

  • ishtahani yo'qotish (35%);

  • qichiydigan teri toshmasi (17%).

O’smirlardan farqli o’laroq, kichik o’quvchilarda harorat kamdan-kam hollarda 38-38,5 gradusdan oshadi. Ularda kasallik yengil kechadi, suyaklar va bo’g’imlarda og’riqlar ko’rinishidagi kasalliklarga duchor bo’lmaydilar.
Nafas olishda qiyinchiliklar bo’lishi mumkin, ammo ular asosan immuniteti yetarli bo’lmagan yoki tug’ma xastaliklari bo’lgan bemorlarda paydo bo’ladi.
O'smirlarda koronavirus infeksiyasi 11-12 yoshdan oshgan bolalarda patologiya jarayoni ko’p jihatdan kattalardagi koronavirusning klinik ko’rinishiga o’xshashdir. O’smirlar haroratning 39-40 darajagacha ko’tarilishidan, zaiflik va uyquchanlikdan, mushaklar va bo’g’imlar og’rig’idan shikoyat qiladilar. Koronavirus tomoq va tomoq og’rig’i, quruq yo’tal bilan namoyon bo’ladi. Kasallikning noqulay jarayoni bilan pnevmoniya tufayli nafas olish qiyinlashuvi bir haftadan so’ng paydo bo’ladi.
Koronavirus asoratlari tez va to’liq tiklanish ehtimoli immunitet tizimining holatiga, surunkali kasalliklarning mavjudligiga va ko’rsatiladigan tibbiy yordamning o’z vaqtida berilganligiga bog’liq.
Immuniteti yaxshi bo’lgan yosh va o’rta yoshdagi odamlarda kasallik yengil yoki alomatlarsiz o`tadi. Bunday holda, koronavirus infeksiyasi boshqa o’tkir respirator virusli infeksiyalardan farq qilmaydi, u asoratlarsiz bo’ladi. Bunday bemorlarda kasallikning davomiyligi taxminan 10 kunni tashkil qiladi, ammo yo’tal biroz ko’proq davom etishi mumkin.
Virusli infeksiyaning murakkab kechishi bilan kasallikning namoyon bo’lishidan o’pka tizimining patologiyalarini rivojlanishigacha 7-8 kun davom etadi. Kasallikning og’ir va o`ta og`ir shakllarining davomiyligi 3-6 hafta, o’lim esa kasallik boshlangandan 2-8 hafta o’tgach kuzatilgan.
Xavf ostidagilar guruhiga:

  • keksa odamlar;

  • birlamchi va ikkilamchi immunitet tanqisligi bo'lgan bemorlar;

  • Nafas yo`llarida surunkali kasalliklarga chalingan odamlar;

  • qandli diabet bilan og'rigan bemorlar;

Koronavirus infeksiyasining asoratlari patogenning o’pka to’qimalariga o’ziga xos ta’siri bilan bog’liq. COVID-19 o`pkada faol moddalar ishlab chiqarishni kamaytiradi, bu nafas olish paytida o’pkaning yaxshi ishlashiga yo’l qo’ymaydi. Bunday holda, bemorda nafas olish etishmovchiligi, to’qimalarning kislorodga to`yinmasligiga olib keladi. Dunyoda virusni yo’q qilish uchun rasmiy ravishda ishlatiladigan ro’yxatdan o’tgan dorilar yo’q. Virusga qarshi mavjud antivirusli preparatlar yangi infeksiyani yengishda samarasiz.
2019-yil koronavirus infeksiyasi (COVID-19) — SARS-CoV-2, yaʼni ogʻir oʻtkir nafas olish sindromi koronavirusi 2 keltirib chiqaradigan yuqumli kasallik. Kasallik ilk marotaba 2019-yilda Xitoyning Uxan shahrida aniqlandi va global miqyosda tarqalib, 2019–2020-yillardagi koronavirus pandemiyasini keltirib chiqardi. Kasallik yuqori harorat, yoʻtal hamda nafas olishni mushkullashishi kabi simptomlarni keltirib chiqaradi. Ayrim holatlar mushaklar ogʻrishi, balgʻam ajralishi hamda tomoq ogʻrishi kuzatiladi. Virus yuqtirganlarning aksarida yengil simptomlar yuzaga kelsa-da, ayrim bemorlarda kasallik ogʻir pnevmoniya hamda bir necha organ faoliyatining ishdan chiqishiga olib keladi. Diagnoz qoʻyilgan holatlar orasida oʻlimlar koʻrsatkichi oʻrtacha 3,4 foizni tashkil qiladi. 20 yoshga toʻlmaganlar orasida bu koʻrsatkich 0,2 foizni, 80 yoshdan oʻtganlar orasida 15 foizni tashkil qiladi. COVID-19 koronavirus infeksiyasi odatda shaxsdan-shaxsga yoʻtal va aksa berish davomida chiqariladigan tomchilar orqali yuqadi. Virusni yuqtirgandan keyin kasallik simptomlar yuzaga kela boshlagunicha oʻrtacha 5 kun oʻtadi. Bu davr 2 kundan 14 kungacha davom etishi mumkin. Tashxis qoʻyishning standart uslubi burun boʻshligʻi yoki tomoqdan olingan suyuqlikni teskari transkripsiyali polimeraza zanjiri reaksiyasi (inglizcha: Reverse transcription polymerase chain reaction (rRT-PCR)) yordamida tekshirishdan iborat. Shuningdek, bemorga simptomlar, risk unsurlari hamda pnevmoniya belgilarini aniqlash uchun kompyuter tomograf yordamida tashxis qoʻyish mumkin.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti SARS-CoV-2 koronavirusi koʻrshapalaklardan odamga boshqa hayvon orqali yuqqan paytda paydo boʻlganini ma’lum qildi. tadqiqotchilar koronavirus paydo boʻlishi bilan bogʻliq 4 ta taxminni ehtimollik koʻrsatkichi boʻyicha roʻyxatlagan. Ularning orasida koronavirusning koʻrshapalaklardan odamga boshqa hayvon orqali yuqqan paytida paydo boʻlganligiga asosiy e’tibor qaratilgan. Virusning koʻrshapalaklardan odamlarga toʻgʻridan-toʻgʻri uzatilishi nisbatan past darajada baholangan boʻlsa, oziq-ovqat hamda laboratoriyadan tarqalish taxmini ehtimoldan yiroq qarash sifatida qayd etilgan. COVID-19’ni keltirib chiqaradigan virusning eng yaqin qarindoshi koʻrshapalaklardan topilgan. Ammo, hisobotda aytilishicha, koʻrshapalaklarda aniqlangan viruslar va SARS-CoV-2 oʻrtasidagi evolyusion masofa bir necha oʻn yilliklarga teng boʻlib, bu, oʻz navbatida, virusning ulardan tarqalmaganini koʻrsatadi.
Buyuk Britaniyada 2021-yil mart oyidan koʻngillilar orasida SARS-CoV-2 koronavirusining organizmga ta’sirini oʻrganish dasturi — «Human Challenge Program» doirasidagi tibbiy tadqiqotlar boshlandi. Hukumat ushbu tadqiqot koʻngillilarga SARS-CoV-2 koronavirusi ataylab yuqtirilgan dunyodagi birinchi izlanish ekanligini ta’kidlagan. Uning maqsadi COVID-19’ga qarshi vaksinalar va ushbu kasallikni davolash usullarini takomillashtirish hamda rivojlantirishni oʻz ichiga oladi. Birinchi koʻngillilar guruhi bilan koronavirus xususiyatlarini oʻrganayotgan Londonning «Royal Free Hospital» kasalxonasi mutaxassislari ish olib borgan. Tadqiqot ishtirokchilariga koronavirus xavfsiz hamda doimiy nazorat ostida boʻladigan muhitda yuqtirildi. Ishtirokchilar shifokorlar va mutaxassislarning uzluksiz kuzatuviga olingan. Izlanish davomida inson immunitet tizimining Sars-CoV-2 virusiga qanday javob qaytarishini va virus yuqtirilgan bemor uning zarralarini qanday atrofga tarqatishini aniqlash koʻzlangan. Sogʻlom koʻngillilar orasida bu kabi tadqiqot gripp va bezgakka qarshi vaksinalarni ishlab chiqishda ham oʻtkazilgan. Ammo ushbu tadqiqotdan farqli tomoni shundaki, ushbu sinovlarning ishtirokchilari dastlab tegishli vaksina bilan emlangan. Infeksiya oldini olish uchun qoʻllarni tez-tez yuvish, boshqalardan uzoqroq masofada boʻlish hamda yuzni qoʻllar bilan ushlamaslik tavsiya qilinadi. Niqoblardan foydalanish esa hamma uchun emas, balki virusni yuqtirganini shubha qilayotganlar hamda ularga qarayotganlargagina tavsiya qilinadi. Ayni damda COVID-19 ga qarshi vaksina yoki preparat bor . Kasallikni boshqarish simptomlarni davolash, izolyatsiya hamda eksperimental choralardan iborat.
Koronaviruslar (CoV) — bu oddiy shamollashdan tortib jiddiy kasalliklarga, masalan, Yaqin Sharq respirator sindromi (MERS-CoV) va og’ir o’tkir respirator sindrom (SARS-CoV) kabi kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan viruslar oilasidir. Yangi koronavirus (nCoV) — bu virusning ilgari odamlarda aniqlanmagan yangi shtammidir.
Koronaviruslar — bu zoonozlar, ya’ni hayvonlardan odamlarga yuqadigan patogenlar sanaladi. Puxta o’tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko’ra, odamlarda SARS-CoV bilan kasallanish manbai viverra, MERS-CoV esa — bir o’rkachli tuyalar ekanligi aniqlangan. Eng so’nggi bo’lib Xitoyda aniqlangan koronavirus COVID-19 deb nomlangan va u juda jiddiy kasallikka olib kelishga qodir.

Aksariyat odamlarda (taxminan 80%) kasallik tiklanish bilan yakunlanadi, bunda aniq terapevtik choralar talab qilinmaydi.


COVID-19 kasalligi holatlarining har oltitadan bittasida nafas olish yetishmovchiligi rivojlanishi tufayli jiddiy alomatlar kuzatiladi. Keksalarda, shuningdek, arterial gipertenziya, yurak kasalligi yoki diabet  kabi somatik kasalliklarga chalingan odamlarda kasallikning og’ir kechishi ehtimoli yuqori ko’rsatkichga ega. Kasallikning o’lim bilan yakunlanishi taxminan 2% hollarda qayd etiladi. Isitma, yo’tal yoki nafas olish qiyinligi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.


Download 140.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling