Tibbiyot psixologiyasi
Odam organizmning immunitet xususiyatini mustahkamlashga yo`naltirilgan tadbirlar
Download 140.93 Kb.
|
kurs ishi tibbiyot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dezinfeksiya
Odam organizmning immunitet xususiyatini mustahkamlashga yo`naltirilgan tadbirlar. Yuqoridan bayon etilgandek, biror yuqumli kasallik bilan xastalanib tuzalish natijasida shu kasallikni qo`zg`atuvchi mikroor-ganizmga qarshi organizmda spetsifik tabiiy faol immunitet paydo bo`ladi. Sog` bolalar va odamlarni vaksinatsiya qilish yo’li bilan ularda ba’zi kasalliklar, aniqrog’i hamma odamlarda 8 ta yuqumli kasallikka qarshi spetsifik sun`iy immunitetni hosil qilinadi. Sog` odam, ya`ni donorni vaksinatsiya qilish natijasida uning organizmida sun`iy immunitet hosil qilinadi. Bu odamning qon plazmasini yoki qonidan tayyorlangan gammaglobulinni davolash maqsadida bemorga yuborish natijasida uning organizmida vaqtincha foyda beradigan passiv (nofaol) immunitet hosil qilinadi. Bulardan tashqari odam organizmi immunitet xususiyatini, umuman tashqi muhitning hamma noqulay ta`sirlariga qarshi o`z-o`zini himoya qilish xususiyatini (chidamliligini) mustahkamlashga gigiyena qoida va talablariga asoslangan quyidagi tadbirlar asosida erishish mumkin;
- har bir odam o`zida sog`lom turmush tarzini shakllantirishi; - gigiyena qoidalariga asoslangan kun tartibiga rioya qilish, oqilona ovqatlanish; - jismoniy va aqliy mehnatni organizmning imkoniyatlarini hisobga olgan holda me`yorida bajarish, organizmni chiniqtirish; - jismoniy tarbiya mashg`ulotlari bilan muntazam shug`ul-lanish; - zararli odatlar (tamaki chekish, nos otish, giyohvandlik)ga berilmaslik; - yuqumli kasalliklarning yuqish yo`llari, himoyalanish qoidalarini bilish va ularga amal qilish; Kundalik ijtimoiy hayotda yuqorida bayon qilingan gigiyenik qoida va talablarga amal qilish, sanitariya madaniyatiga ega bo`lish kabilar odam organizmining kuch-quvvatini, chidamliligini oshirib, nospetsifik immunitet xususiyatini mustahkamlaydi. Uning yuqumli va yuqumli bo`lmagan turli xil kasalliklardan o`zini-o`zi himoya qilishiga imkon yaratadi. Dezinfeksiya – mikroblar va viruslar bilan zararlangan buyumlarni, asboblarni, idishlarni, kiyim-kechaklarni zararsizlantirish. Dezinfeksiya 3 usulda o‘tkaziladi: 1. Mexanik usul – zararlangan buyumlarni, idish-tovoqlar, kiyim, ko‘rpa-to‘shaklarni yuvish, supirish, qoqish, artish yo‘llari bilan zararsizlantirish. 2. Fizik usul – zararlangan buyumlarni nurlar ta’sirida, qaynatish, bug‘lash yo‘llari bilan zararsizlantirish. 3. Kimyoviy usul – zararlangan buyumlarni kimyoviy mod-dalar ta’sirida zararsizlantirish. Quyidagi kimyoviy moddalar dezinfeksiyalash uchun qo‘lla-niladi: xloramin va xlorli ohak eritmalari 0,1, 0,2, 0,5, 1,0, 2,0 10%, 20% lik, furatsillin 1:5000 eritmasi, margansovka 1:1000 eritmasi, lizol, fenol, sulema, formalin va boshqalar. Bu eritmalar yordamida bino eshik-derazalari, poli artiladi, yuviladi, chiqindilarga eritma yoki kukun shaklida sepiladi, jarrohlik asboblari kimyoviy moddalarning eritmalariga botirib qo‘yiladi. Download 140.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling