Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standartlashtirish reja


Download 54.54 Kb.
bet13/20
Sana02.01.2022
Hajmi54.54 Kb.
#199271
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standar-fayllar.org

Tarmoq  standartlari  ushbu  sohaning  barcha  korxonalari,  shuningdek  
soha  mahsulotlaridan  foydalanuvchi  korxonalar  va  boshqa    tarmoqlarga  mansub 
tashkilotlar  uchun  majburiydir.  Masalan,  tibbiyot  texnikasi  tarmog‘i  tibbiy-texnik  
vositalarini ishlab chiqaruvchi barcha korxonalarni qamrab oladi. 
Korxona  standarti-  korxona  tomonidan    tayyorlanadi  va  qabulqilinadi. 
Tovarlarni  ishlab  chiqarish  jarayonini  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  aks  ettiradigan 
hujjat bo‘lib, o‘z ichida sifatiga qo‘yiladigan talablarni mujassam ettiradi(ГOСT va 
tarmoq standartlari talablaridan past bo‘lmasligi kerak). 
Tayyor  tibbiy  tovarlar  sifatini  nazorat  qilish  amalga  oshiriladigan  asosiy 
me‘yoriy  hujjat,  bu  –  Texnik  shartlar  (O‟z  TSH).  Tibbiy  buyumlarga  nisbatan 
TSH da quyidagilar belgilanadi:  
a) buyumning vazifasi;  
b) toifalash;  
v)asosiy o‘lchov-hajmlari;  
g) texnik talablar;  
d) butlanganlik;  
e) qabul qilish qoidalari va sinov usullari;  
j) rusumlash, qadoqlash va saqlash.  
Tibbiyot  asboblariga  nisbatan  texnik  shartlarda  avvalo  tayyorlanishi  lozim 
bo‘lgan  ashyo,  mazkur  ashyoning  GOSTga  taalluqli  rusumi,  termik  ishlov 
berilganidan  keyingi  mustahkamligi,  ishlov  berish  ko‘rsatkichlari  ko‘rsatiladi. 
Asbobning funktsional vazifasi bilan aniqlanadigan talablar va TSHlarning har bir 
talabini  tekshirishda  qo‘llaniladigan  tekshirish  va  sinov  usullari  bayon  etiladi. 
Masalan, pichoqlar va skalpellar o‘tkir bo‘lishi lozim, ularga mazkur o‘tkirlikning 
teshirish muayyan usullari keltiriladi.  
―Buyumlarning  butlanganligi‖  bo‘limida  buyumlar  to‘plamiga  kiradigan 
buyumlar  ro‘yxati:  g‘ilof,  ehtiyot  qismlar,  butlash,  ajratish  va  tozalash  uchun 
asboblar, shuningdek texnik hujjatlar (yorliq, pasport yoki formulyar) beriladi.  
―Qabul  qilish  qoidalari  va  sinov  usullari‖  bo‘limida  qabul  qilish  va  sinov 
usullari,  shuningdek  taqdim  etilgan  asbob-uskunalarning  tekshiriladigan  foizi,  
yaroqsizlik shartlari ko‘rsatiladi.  

63  
  


―Rusumlash,  qadoqlash  va  saqlash‖  bo‘limida  qutilarga  buyumlarni 


qadoqlanishi,  qutiga    yorliq    yopishtirilish  haqida  ko‘rsatmalar  beriladi.  Odatda, 
qutida  tayyorovchi  korxona  nomi,  buyum  turi,  TSH  raqami,  donalar  miqdori, 
ishlab chiqarilgan yili ko‘rsatiladi. Mazkur bo‘limda qadoqlash talablari va saqlash 
shartlari ham bayon etiladi.  
Tarmoq  standartlari  O‘zbekiston  Respublikasi  Sog‘liqni  saqlash  vazirligi 
tomonidan  tasdiqlanadi, dori  vositalar  xamda  tibbiy  buyumlar  va  tibbiy  texnikani  
ishlab chiqaruvchilar uchun majburiydir.  
Dori  vositalar  xamda  o‘simlik  xom  ashyosi  uchun  kuyidagi  me‘yoriy 
hujjatlar  ishlatiladi:  umumiy  farmakopeya  maqolalari(UFM),  farmakopeya 
maqolalari(FM),  
vaqtinchalik  
farmakopeya  
maqolalari(VFM),  
korxona  
varmakopeya maqolalari (KFM).  
UFM- dori vosita sifati uchun davlat standarti, dori shakli uchun aniq sinov 
usullari  va  me‘yoriy  ko‘rsatkichlarni,  fizik  kimyoviy,  biologik,  mikrobiologik 
tahlil usullarini o‘z ichiga oladi.  
FM-  dori  vositasi  uchun  davlat  standarti  bo‘lib  davlat  farmakopeyasiga 
kiritiladi.  FM  tibbiyot  amaliyotida  keng  ishlatiladigan    va  yuqori  sifat 
ko‘rsatkichlarga ega DVga tasdiqlanadi.  

Download 54.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling