Milliy Farmakopeyalar birinchi bo‘lib, Evropa davlatlarida yaratilgan edi:
Prussiyada(1789y.), Avstriyada (1812y.), Frantsiyada (1818y.), Britaniyada
(1864y.), Germaniyada (1872), shuningdek AQSh (1820y.)da.
2001 yilda Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Ukrainaning
Evropa Farmakopeyasi bilan uyg‘unlashtirilgan Davlat Farmakopeyasining 1-
nashri amalga kiritildi.
2- jadval
Texnik qo‟mitalar tomonidan xalqaro standartlarning ishlab chiqilishi
bo‟yicha ma‟lumotlar
Xalqaro texnik
Qo‟mitalar
Standartning yo‟nalishi
TK/MEK 62
TK/ISO 76
TK/ISO 84
TK/ISO 106
TK/ISO 121
TK/ISO 150
TK/ISO 168
Rossiya Federatsiyasi davlat farmakopeyasining 12-nashrini bosmadan
chiqarishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. MDH ning 12 ta davlatida milliy
farmakopeyani yaratish murakkab muammo. Lekin bu muammo dolzarb va
zamonaviy. MDH davlatlari-qatnashchilarining dori vositalari, tibbiy buyumlar va
tibbiy texnikani standartlash, ro‘yxatga olish va sifatini nazorat qilish bo‘yicha
Davlatlararo majlisi (2002 yil, may) da MDH farmakopeyasini yaratish bo‘yicha
ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Belorussiya davlatining Evropa Farmakopeyasi bilan uyg‘unlashtirilgan
Milliy Farmakopeyasining 1-nashri 2007 yilning 1yanvaridan joriy etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |