Ekspluatatsiya (foydalanish) hujjatlari
Me‘yoriy hujjatlardan tashqari, xar bir tibbiy asbob-uskuna ishlab
chiqaruvchi korxona tomonidan foydalanish hujjatlari bilan butlanadi.
Dori vositalariga ulardan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar, qadoqlarning
yorliqlarida esa nomi, qabul qilish tartibi, yaroqlilik muddati, ishlab chiqarilgan
sana, turkumi va hokazolar ko‘rsatiladi.
68
Asboblar yoki buyumlar bilan birga qutiga solinadigan yoki qutining
qopqog‘iga elimlanadigan yorliq bilan ta‘minlanadi. Yorliqda buyumning nomi,
uning belgisi yoki indeksi, texnik ma‘lumotlar, standart raqami yoki TSH,
buyumni qabul qilish, bitta qadoqdagi mahsulot to‘g‘risidagi ma‘lumotlar, ishlab
chiqarilgan sanasi ko‘rsatiladi.
Murakkab mahsulotlarga pasport yoki formulyar –varaqa ilova qilinadi.
Pasport – mahsulotning asosiy ustuvorliklari va tavsiflarini o‘zida
jamlagan hujjatdir. Mazkur hujjatda mahsulot, uning texnik ma‘lumotlari, etkazib
berish to‘plami, qabul qilish shahodatnomasi, korxonaning kafolat majburiyati va
saqlash haqida qadoqlashga doir umumiy ma‘lumotlar kursatiladi.
Yangi mahsulotlarga ular uchun zarur bo‘lgan ishlatilganligi va
ishonchliligi haqidagi varaqa – formulyar ilova qilinadi. Unga asbobning
ishlatilganligini hisobga olish daftari va texnik xizmat ko‘rsatishi to‘g‘risidagi
varaqchalar va ma‘lumotlar kiritiladi.
Zarur hollarda mahsulot bilan birga texnik ta‘rifnoma va foydalanish
bo‘yicha yo‘riqnoma etkazib beriladi. Ko‘pincha ushbu hujjatlar bitta to‘plamga
birlashtiriladi. Murakkab mahsulotlar uchun foydalanish hujjatlari tarkibiga texnik
Do'stlaringiz bilan baham: |