Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standartlashtirish reja
Download 54.54 Kb.
|
Tibbiyot va farmatsevtika tovarlarning sifat nazorati va standar-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kanada Canadion Standards Association CSA Germaniya Deutsches Institut fur Normung DIN Ispaniya
- Frantsiya Assotiation Francaise de AFNOR 64 Normalisation Velikobritaniya
- Shvetsiya Metallnormcentralen VNC AQSh American Sosiety for Testing and Materials ASTM Obsheevropeyskiy
- Mejdunarodniy standart International Organization for Standardisanion ISO 1- jadval. Xalqaro standartlar
- Xalqaro Farmakopeya
- Evropa Farmakopeyasi
Davlat
Standartlarni ishlab chiqaruvchi tashkilot Standartning nomi Rossiya Federalnoe agentstvo po texnicheskomu regulirovaniyu i metrologii ГОСТ Kanada Canadion Standards Association CSA Germaniya Deutsches Institut fur Normung DIN Ispaniya Institute National de Rationalizationy Normalization UNE Frantsiya Assotiation Francaise de AFNOR 64
Normalisation Velikobritaniya British Standards Institution BSI Italiya Ente National Italiano de Unificazation UNI Yaponiya Japanese Institute for Standardization JIS Shvetsiya Metallnormcentralen VNC AQSh American Sosiety for Testing and Materials ASTM Obsheevropeyskiy standart Remmision der Europaischen Gemeinschaften Koordinierungsausschuss fur die Nomenklatur der Eisen-und Stahlerzeignisse EURO Mejdunarodniy standart International Organization for Standardisanion ISO 1- jadval. Xalqaro standartlar Xalqaro standartlar 1946 yilning oktyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti(OON) tomonidan standartlash bo‘yicha Halqaro tashkilot (ISO-ISO) tashkil topgan. ISOning asosiy vazifasi-xalqaro savdoga va ilmiy- texnik taraqqiyotga ko‘maklashish va rivojlantirish maqsadida xalqaro tavsiya (standart)lar ishlab chiqishdir. ISO va uning texnik qo‘mitalari , xay‘atlari guruhlari tomonidan standartlash bo‘yicha xalqaro tavsiyalar loyihalarini yaratish, kelishish va tasdiqlash bo‘yicha katta ishlar qilingan. Bular qatorida xalqaro elektr xay‘ati (IEC) (MJ); Me‘yorlash Evropa qo‘mitasi (CEN, EKH); Sifatni nazorat qilish Evropa tashkiloti (EOKK); Metrologiya xalqaro tashkiloti (MOZM) va boshqalar. Xalqaro elektr hay‘ati (komissiyasi) (MEK –XEK) va Xalqaro standartlash tashkiloti (ISO – XST) standartlash borasida dunyoda eng nufuzli tashkilotlardir. XEK tibbiy elektr uskunalar xavfsizligiga nisbatan talablarni tartibga soluvchi standartlar ustida ishlaydi, XST ISO esa mahsulotning boshqa barcha turlari bo‘yicha standartlarni ishlab chiqadi. Jami bo‘lib XEK va XST da tibbiy mahsulotlarni standartlash bo‘yicha 14 ta texnik qo‘mita, kotibiyatlar tashkil etilgan, ulardan 7 tasini Germaniya, 3 tasini AQSH, 2 tasini Buyuk Britaniya, 1 tadan qo‘mitani esa SHvetsiya va Daniya boshqarmoqda. Xalqaro standartlarning umumiy soni 586 ta bo‘lib, ularning texnik qo‘mitalar bo‘yicha taqsimoti 1-jadvalda ko‘rsatilgan. Standartlash ayniqsa faol rivojlanayotgan qo‘mita va komissiyalar: TK/MEK da (62 -ta), Tibbiy elektr uskunalar va apparatlar qo‘mitasi bo‘yicha 100 ta hujjat, TK/ISO – 106 tani tashkil etadi. 65
Xalqaro bozorga kelib tushayotgan tibbiyot mahsulotlarning ta‘sirchanligi, tozaligi va sifatining maqbul standartlarini belgilovchi Xalqaro Farmakopeya (dori tayyorlash, tekshirish, saqlash va bemorlarga yozib berishga oid qoidalar to‘plami) xalqaro standartlarning asosini tashkil qiladi. Ushbu standartlar BSST(VOZ) ustaviga muvofiq BSSTga a‘zo mamlakatlar tomonidan qabul qilinishiga qulaydir. 1951 yildan boshlab BSST Xalqaro Farmakopeyani nashr qilib kelmoqda.Xozirgi kunga qadar uning uchta nashri chiqqan(1967, 1981,1988y.y). Ko‘plab davlatlar o‘zlarining milliy farmakopeyalarini yaratishgan. Milliy farmakopeyalar asosan qimmat turadigan asbob-uskunalar va yuqori malakali xodimlarni talab qiladigan murakkab tahlil usullariga tayanadi. SHu bois ularning talablari iqtisodi etarlicha rivojlanmagan mamlakatlar uchun maqbul emas. Xalqaro farmakopeya usullari oddiy va kam xarajatlidir. Shunday qilib, Xalqaro Farmakopeya ayrim keng qo‘llaniladigan milliy va mintaqaviy Farmakopeyalarning muqobilini o‘zida mujassamlashtiradi. Uning asosiy maqsadi klassik uslublar negizida sifatning ishonchli standartlarini taklif qilib, rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlariga moslashishdan iboratdir. Boshqa standart, bu – Evropa Farmakopeyasi bo‘lib, u 1964 yilda Evropa Kengashi (EC-ruscha) nomidan tatbiq etilgan. Evropa Kengashining direktivasiga binoan (20.05.1975) Evropa farmakopeyasining monografiyalari savdo litsenziyasi uchun hujjatlarni tuzishda (ya‘ni, dori vositalarni ro‘yxatga olish) majburiy hisoblanadi. Evropa Farmakopeyasining maqsadi – jamoatchilik salomatligini saqlashda dori preparatlar sifatini kafolatlovchi ijtimoiy standartlarni ta‘minlashga ko‘maklashishdan iborat. Download 54.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling