Tibbiyot xodimlari va xirurgik opiratsiya tushunchasi va turlari


Download 24.83 Kb.
bet3/6
Sana20.01.2023
Hajmi24.83 Kb.
#1104117
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
tibbiyot xodimlari va xirurgik opiratsiya tushunchasi va turlari

Operatsiyalarning tasnifi:
Oldinga qo’yilgan maqsadga ko’ra operatsiyalarning quyidagi turlari tafovut qilinadi:
1. Diagnostik
2. Davolovchi (lechebno’e)
a) radikal
b) palliativ
Vaqtiga ko’ra (po srochnosti):
1. Kechiktirib bo’lmaydigan (neotlojno’e iliekstrenno’e).
2. Shoshilinch (urgent).
3. Rejali (planovo’e).
Bosqichlariga ko’ra (po etapnosti):
1. Bir bosqichli operatsiyalar
2. Ikki bosqichli operatsiyalar
3. Ko’p bosqichli operatsiyalar
Tozalik darajasiga ko’ra (po stepeni aseptichnosti):
1. Toza operatsiyalar.
2. Shartli ravishda toza operatsiyalar. (uslovno-chisto’e).
3. Ifloslangan operatsiyalar (zagryaznenno’e).
4. Iflos yoki birlamchi infitsirlargan operatsiyalar (gryazno’e ili pervichnoinfitsirovanno’e).
Odatda xirurgik operatsiyalar davo maqsadda qilinadi, lekin diagnostik maqsadda qilinadigan operatsiyalar ham mavjud. Diagnostik operatsiyalarga biopsiyalar olish, qorin, plevra, bo’g’imlar bo’shliqlarini punktsiya qilish, peridural punktsiya va boshqalar, endoskopik tekshiruvlar (tsistoskopiya, bronxoskopiya, ezofagoskopiya, gastroskopiya, torakoskopiya, laparoskopiya va boshqalar), angiografiya va yurakni kateterizatsiya qilish, diagnostik torakotomiya va laparotomiyalar kiradi.
Radikal operatsiyalar
Radikal operatsiyalar deb zararlangan a’zo yoki to’qimalar kesib olinadigan yoki olib tashlanadigan operatsiyalarga (appendektomiya, oshqozon rezektsiyasi) aytiladi va bunda kasallikning qaytalanishi kuzatilmaydi. Radikal operatsiyalar kengaytirilgan (rasshirenno’e) va kombinirlangan (oshqozonning atrof a’zolarga o’sgan xavfli o’smasida bir vaqtning o’zida taloq, jigarning bir bo’lagi va limfa tugunlari olib tashlanadi) bo’ladi.
Palliativ operatsiyalar
Palliativ operatsiyalarda kasallikning keltirib chiqaruvchi sababi yo’qolmaydi, faqatgina bemorlarning axvoli engillashtiriladi xalos. Masalan xavfli o’sma yo’g’on ichak bo’shlig’ini yopib qo’ygan bo’lsa va uni radikal bartaraf qilishning iloji bo’lmasa ichak xalqasi qorin old devoriga chiqariladi. Bunda ichak o’smasi olib tashlanmaydi, lekin ichak tutilishi bartaraf bo’ladi va sun’iy tashki ichak oqmasi yaratiladi.

Download 24.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling