Tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish
Download 1.99 Mb.
|
huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Natija
- Tibbiy punkt
- E’tiboringiz uchun tashakkur!
Meʼyoriy hujjatda belgilangani kabi ehtiyoj mavjud boʻlgan ogʻir sharoitli tuman va shahar tibbiyot birlashmalariga malakali rahbar xodimlar va mutaxassislar jalb qilinishi uzoq va chekka hududlarda ham xalqimizga sifatli, samarali tibbiy xizmat tizimi yaratilayotganidan dalolat beradi.Oliy oʻquv yurtini tugatgan mutaxassis klinik ordinaturada ilmiy tadqiqot olib borish bilan birga, muassasalarda amaliyot oʻtaydi. U ham shifokor sifatida ishlaydi, ham bilimi va malakasini oshiradi. Bu esa, oʻz navbatida, ikkita masalaga yechim boʻladi. Deylik, u oliy oʻquv yurtini umumiy amaliyot shifokori mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan boʻlsa, endi endokrinolog boʻlib shakllanishi uchun shu yoʻnalishdagi klinik ordinaturaga oʻqishga kiradi. Oʻz hududidagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikada endokrinolog boʻlib ishlagan mutaxassis oʻsha hududda shu yoʻnalishdagi shifokorga boʻlgan ehtiyojni qondiradi, ordinaturani bitirgandan keyin endokrinolog diplomiga ega boʻladi. Natija2021-2022 oʻquv yilidan boshlab klinik ordinatura mutaxassisliklari boʻyicha qabul kvotasi ikki baravarga oshiriladi.Natijada ushbu shifoxonalarda amalga oshiriladigan turli ixtisoslikdagi statsionar xizmatiga boʻlgan aholining talabi tumanning oʻzida qondiriladi.Tibbiy punkt2021-yil 1-iyuldan boshlab nodavlat tibbiyot tashkilotlariga maxsus avtotransport vositasida tashkil etiladigan “mobil tibbiyot” xizmati yordamida joyiga chiqqan holda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish, nodavlat tibbiyot tashkilotining oʻrta tibbiyot xodimlaridan iborat “tibbiy punkt”larini tashkil etishga ruxsat berildi.Yana bir muhim yangilik — iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qoʻllab-quvvatlash uchun yangi jamgʻarma tuzilishi boʻldi.Sog‘liqni saqlash vazirligida Iqtidorli va malakali tibbiyot mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiyot muassasalariga jalb qilish jamg‘armasi tashkil etilsin.
E’tiboringiz uchun tashakkur!Download 1.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling